Sharq mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti hind-ingliz guruhi IV kurs talabasi mamasoatov elyorning
Download 151.2 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO’YXATI
Ushbu taqsimot Xalqro Mehnat Tqasimoti va ixtisoslashuv, shuningdek texnologiyalarning autsorsingi evaziga ro’y berishi mumkin. Biroq, globallashuv sharoitida va TMKlar faoliyati natijasida mamlakatlarda farq qilmay qolishi mumkin. Kondratyov sikli qatorida texnologik uklad ham ba’zi iqtiosdchilar tomonidan tanqid ostiga olinib, ularning fikricha iqtisodiy o’sish texnologik zonalar bilan bog’liq. Bozor rivojlanishi ixtiososlashuvning maksimal darajadagi o’sishi bilan kechadi. Ushbu jarayon o’zining maksimal cho’qqisiga yetganda, hech qanday texnologik takomillashuvi navbatdagi iqtisodiy o’sishni ta’minlay olmaydi. Shunindgdek, Kondrtayov siklini takomillashtirishga urinishlar ham ko’p uchraydi. Masalan, Daniel Smihula texnologiyalar rivojlanishinig XXI asrdagi jadallashuvi, to’lqinlarni 40-60 yillik fazadan 20-30 yillik fazaga qisqartirgan. Uning izlanishlari natijasida Shmihula to’qinlari ham ishlab chiqilgan. Suhbu zamonaviy ko’rinishdagi siklni alohida nazariya yoki Kondratyov to’lqinlarining xususiy holdagi ko’rinishi deb qarash ham mumkin. Xulosa: Iqtiosdiyot va texnologiyalarning jadal rivojlanishi asnosida, odatda, tarix davomida, va hatto yaqin o’tmishdagi bo’lib o’tgan iqtiosdiy inqirozlar qayta takrorlanishi ehtimolligi hisobga olinmay, garchi hisobga olinsada, uning oqibatlariga yetarlicha baho berilmaydi. Masalan, XX asr davomida ro’y bergan bir necha inqirozlardan so’ng ham, 2008 yildagi inqiroz deyarli kutilmagan. Kondratyov va boshqa davriylik nazariyalari esa bunday kutilmalarni juda asosli ekanligini ta’kidlaydi. Inqiroz davrida biznes va uy ho’jalikalriga tushkun bo’lmasdan iqtisodiyotning jonlashuvini va yangilanishidan darak beradi. Shuningdek, iqtisodiyot o’ta “qizishib” ketishi allaqachon chora-tadbirlarni ko’rish vaqti kelganidan ham ogohlantiradi. Ayniqsa, bugungi kunda butun dunyo duch kelgan epidemiya inqirozi bunday tasavvurlarning qanchalik dolzarbligi ko’rsatmoqda. Kondaratyov ishlab chiqarishning ushbu davriylik xususiyatini nazarda tutib, uzoq muddatli hayotiylik tsikllarini taqdim etdi. Nazariyani o’rganish davomida, uning aksari hollarda o’z tasdig’ini topayotganini kuzatishimiz mumkin. Agar uning texnologik ukladlariga nazar tashlasak, 6-sikl ukladiga binoan ayni vaqt nanotexnologiyalar va axborotlashtirish davri bo’lishi kerak. Zamonaviy iqtisodiyotning biror sohasi ham bu turdagi texnologiyalardan holi emasligi, sun’iy intelektning tobora ommalashayotganligi bu gipoteza to’g’ri ekanligi tasdiqlaydi. ADABIYOTLAR RO’YXATI: Гринин Л.Е., Коротаев А.В. «Краткая история подъемов и кризисов»; Киреев Алексей «Международная экономика»; Кондратьев Н.Д., Опарин Д.И. «Большие циклы конъюнктуры»; Матвеева «Макроэкономика»; Меньшиков С.М., Клименко Л.А. «Длинные волны в экономике»; Download 151.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling