Fanining maqsad va vazifalari
“Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati tarixi” deb nomlangan ushbu o‘quv fanining maqsadi:
Sharq olamidagi hozirgi siyosiy jarayonlarni sharq mamlakatlari tarixiy tajribasi va sivilizasion o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘rganishdan iborat.
Shu munosabat bilan quyidagilar fanning vazifalariga kiradi:
Sharq mamlakatlari siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlarining nazariy va tarixiy jihatlari haqida umumiy tushuncha berish; xorijiy davlatlarining siyosiy tizimlari va madaniyatlari hamda ularning bir-biridan farqi haqida tasavvur hosil qildirish; Sharq davlatlarining geosiyosiy, geogstrategik mavqeini ko‘rsatib berish; Sharq mamlakatlarining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘llari va ularning asosida muayyan davlatda shaklangan siyosiy tizim va siyosiy madaniyat haqida bilim berish. Sharq olamidagi siyosiy mojarolar, inqirozlar, etnik muammolarni hamda xorijiy Sharq mamlakatlarida tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda ta’minlash masalalarini ko‘rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |