Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Talaba amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi. Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar quyidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: talabada o‘tilgan mavzu bo‘yicha hosil bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan muammoli topshiriqlar, fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ma’lum miqdordagi topshiriqlar va hokazo.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
XX asrning 80-yillaridan keyin Sharq mamlakatlarining jadal ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari
Sharq mamlakatlarining taraqqiyot modellari
G‘arbiy va Sharq: iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yangi bosqichda
Sharq va G‘arb mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tizimlari va siyosiy madaniyatlarining qiyosiy tahlili
An’anaviy siyosiy madaniyatning o‘ziga xos jihatlari
Sharq mamlakatlari siyosiy tizim va siyosiy madaniyati shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Hindiston siyosiy tizimi va siyosiy madaniyatining o‘ziga xos jihatlari
Pokiston siyosiy rivojlanishining asosiy bosqichlari
Janubi-Sharqiy osiyo davlatlari siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati
O‘rta Sharq mamlakatlari siyosiy tizimlarining xususiyati
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tajribalar o‘tqazish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayerlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |