«sharq» nashriyot-matbaa
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
OILA PSIXOLOGIYASI (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik)
cha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbaniza-
tsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi. Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulo- hazalarimizni bildirishdan oldin o‘zbek oilalarida ajralishlar- ning o‘ziga xos xarakteri, ya’ni boshqa (ayniqsa, chet mam- 185 www.ziyouz.com kutubxonasi lakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Bu quyidagi obyektiv omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko‘proq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgan- dan so‘ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o‘zbek millatidagi o‘ziga xos urf-odatlar o‘zbek ayoli- ning uy-joylarni eriga qoldirib, o‘z ota-onasinikiga (uning aka- ukalari o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrash- gan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo‘ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so‘ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu obyektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasida- gi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko‘nikib yashayveradilar. Ba’zi ayollar, aslida eri bilan birga yashama- yotgan bo‘lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsa- dida, uning boshqaga uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko‘nmaydilar. Qishloq joy- lardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan birmuncha imtiyozli vaziyatda bo‘ladilar: ular ajralishgandan so‘ng o‘z yaqinlari tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Bolasi yo‘q bo‘lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiq- magan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug‘dirmay- di. Bundan tashqari u ajralishdan so‘ng oldingi sharoitda — o‘z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralish- larning tashabbuskorlari ko‘proq erkaklar bo‘ladilar. Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko‘ra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo‘lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo‘lishi mumkin. Ayollar uchun: Ajralish = ozodlik + bola + aliment uy + yolg‘iz ona- larga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi. Erkaklar uchun: Ajralish = ozodlik bola aliment uy + yangi oila qurish imkoniyati. 186 www.ziyouz.com kutubxonasi Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko‘rsatadigan asosiy ta’sirlarini sanaydigan bo‘lsak, ular quyidagicha bo‘ladi: Jamiyat uchun — noto‘liq oilalar soni ko‘payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi, fohishabozlik ortadi, teri- tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi. Erkak uchun — yolg‘izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. Ayollar uchun — yolg‘izlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, o‘z joniga qasd qilish. Yuqoridagilar bilan birga, o‘zbek oilalar ajralishganda o‘zgacha xususiyatlar ham kuzatiladi. Psixolog olim Faxriddin Ro‘ziqulov ajralishning asoratlari mavzusida o‘tkazgan maxsus tadqiqot natijalariga ko‘ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol bo‘ladi. Ya’ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila budjetiga, ayolning salomatligiga, o‘z ota-onasi bilan bo‘lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini — qayta oila qurish va yolgizlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy xulq jihatdan birmuncha erkin bo‘lganlari hamda o‘z kasb faoliyatlari bilan faol shug‘ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolg‘izlikdan kamroq jabr ko‘radilar. Noto‘liq oiladagi bolalar tarbiyasi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia, avvalo, bu fojia hech kimning boshiga tush- masin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetim- lik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa, bolalar jamoalarida (bog‘- chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisabatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomo- 187 www.ziyouz.com kutubxonasi nidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o‘rtog‘i sha’niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo‘yoqlar beruvchi muno- sabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko‘proq bildiriladi. Bular, albatta, bu toifa noto‘liq oilalardagi o‘zaro munosabatlarning shaklla- nishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish natijasida otasiz o‘sayotgan qiz bolaning his-tuyg‘ulariga, otasiga bo‘lgan mehriga, qiz bolada shakllanadigan ota obraziga va otasiz o‘sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bola- ning bolalik davrida balki kelgusida o‘zi mustaqil oila qurganda ham o‘z asoratini ifodalashi mumkin. Ko‘p tadqiqot natijala- rining ko‘rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha hamda F.Ro‘ziqulov tadqiqotlarida ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini top- ganligi asosida o‘z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o‘rtog‘iga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi. Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralishgan oiladagi va otasiz o‘sayotgan o‘g‘il bolaning o‘qishiga va tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi kuchli bo‘lar ekan. Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obro‘si va oila budjetiga salbiy ta’sir qiladi. O‘ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko‘pgina mezonlar bo‘yicha kelin tomon, ya’ni kelin- ning ota-onalari ruhan ko‘proq jabrlanar ekan. Ma’lumki, o‘zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa mil- latlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to‘g‘ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o‘zbek oilalarida 2—2,5 martaga ko‘p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ni quyi saviyada ekanligi va o‘ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o‘zbek oilalarida ko‘proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko‘ra ajralishlar- ning salbiy asoratlari o‘zbek oilalarida boshqa millatlar oilala- ridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu o‘rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim 188 www.ziyouz.com kutubxonasi ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o‘tkaziladigan sud ishlarida ajral- moqchi bo‘lgan oilani buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. 8.6. AJRALISHLARGA SABAB BO‘LUVCHI OMILLAR Ko‘pincha ajrashayotganlardan ajralish sababini so‘ralsa, ular qandaydir hamma uchun standart bo‘lib qolgan sabablarni ko‘rsatishga harakat qilishadi. Masalan, «xarakterimiz mos tushmadi», «o‘zga shaxsning aralashuvi», «qo‘pollik», «moddiy qiyinchilik», «ichkilikbozlikka berilish», «yashash sharoitining noqulayligi», «ota-onalarning noo‘rin aralashuvi» va h. k. Agar tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, vaziyatga qarab, bunday ko‘rsat- kichlar ba’zilarda sabab, ba’zilar uchun esa bahona vazifasini o‘taydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oiladagi ma’naviy- ruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birini qan- chalik yaxshi tushunsalar bu «sabablar» (bahonalar) oilaning inqiroziga asosiy sabab bo‘la olmaydi. Yoshlar (er-xotin) o‘rtasidagi munosabat qanchalik noxush bo‘lsa bu bahonalar shunchalik kuchli va salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu holatlar ajra- lishlarning sababi bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbek oilalarida: «turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi», «tur- mush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish», «tur- mush o‘rtog‘ining ota-onasi va boshqa qarindoshlarining aralashuvi», «turmush o‘rtoqlardan birining oilani umumiy masalalariga befarq qarashi» kabilar ko‘proq sabab bo‘lsa, Yevropa xalqlari oilalari uchun esa ajralish sabablari sifatida aksariyat hollarda, ichkilikbozlikka berilish, er-xotin xiyonati, xarakterlarning mos kelmasligi kabilar qayd etiladi. Ajralishlarning sabablarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘zbek oilalarida ajralishlarning motivlari sifatida ko‘rsatilgan ta’sirlardan asosiylari, yuqorida qayd etilganidek, «turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi», «ota-onalar va boshqa qarindoshlarning aralashuvi», «bir-biriga nisbatan befarqlik», «er-xotindan birining oilaviy masalalarga nisbatan befarqligi» kabilar ajralish sabablari sifatida ko‘rsatilgan. Shunday qilib, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyat- ning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oilalarni ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda 189 www.ziyouz.com kutubxonasi ham keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga qaratib, bu muammo- ning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko‘rishga da’- vat etmoqda. Chunki yuqorida qayd etilganidek, ajralishlar natijasida millionlab odamlar — eng avvalo, farzandlar, ayollar, qolaversa erkaklar va hatto ajralishganlarning yaqinlari ham «ma’naviy jarohat» oladilar. Bularning barchasi o‘zbek oilasida ajralish masalasiga jid- diyroq e’tibor berish lozimligini va uning oldini olish, salbiy asoratlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan hol- da ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan qanday xulosa chiqarmog‘imiz va shaxsiy hayotimizda nimalarga amal qilmog‘imiz, nimalarga e’tibor bermog‘imiz lozim? 1. Turmush o‘rtoq tanlashda shoshilmang va adashmang. «Nikoh oldi omillari» va o‘zga mavzulardan tegishli xulosa chiqarib ish ko‘ring. 2. Hayot taqozosi bilan va tajribali kishilar maslahatlariga ko‘ra ajralishingiz muqarrar bo‘lsa, vaqtni cho‘zib o‘tirmang va farzand ko‘rishdan saqlaning. 3. Ajralish, Sizga, turmush o‘rtog‘ingizga, ota-onalaringiz- ga, (agar bo‘lsa) farzandlaringizga imkoni boricha salbiy ta’sir qilmasligi choralarini ko‘ring. Sizning ajralishingiz qarindoshlar orasiga sovuqchilik tushurmasligi, ular orasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelmasligi zarur. 4. Ajralishgan turmush o‘rtog‘ingiz bilan ijobiy munosabat- ni saqlab qolinishini ta’minlang. Bu avvalo Sizning farzand- laringiz, ota-onangiz, qolaversa shaxsan o‘zingizning man- faatingiz ekanligini unutmang. Er-xotin ajralishi bolalari otasiz yoki onasiz o‘sishiga, ota va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak. 5. Ajralib ketgan eringiz yoki xotiningiz haqida farzand- laringizga salbiy ma’lumotlar berib, u haqda salbiy tasavvur shakllantirishdan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakl- lanishi bolangizning kelgusi hayotiga, shaxsiy oila munosabat- lariga, qaynona-kelin munosabatlariga va farzand — ota-ona munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. 6. Ajralish eng so‘nggi chora! U faqat Sizning emas, balki yaqinlaringiz taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutmang. Shu sababli bu yuzasidan asossiz yengil qarorlar chiqarishdan 190 www.ziyouz.com kutubxonasi saqlaning. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan yaxshi kishilar bilan maslahatlashing. Imkoniyatingizdan kelib chiqib shu soha mutaxassisi bo‘lgan psixolog bilan maslahatlashing. Kim bilan maslahatlashishdan qat’i nazar qarorni har tomonlama o‘ylagan holda o‘zingiz chiqaring va qaror mas’- uliyatini o‘z bo‘yningizga oling. Bilimlarni tekshirish uchun savollar: 1. Oilaviy nizolar yaxshimi yoki yomonmi? 2. Oilaviy nizolar qanday turlarga farqlanadi? 3. Er-xotin nizolarining xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Biriktiruvchi va ajratuvchi nizolar qanday nizolar? 5. Er-xotin munosabatlarida nizolar qanday rivojlanadi? 6. Chegaralangan va chegaralanmagan nizolar qanday nizolar? 7. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar qanday xarakterda bo‘ladi? 8. Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar qanday yuzaga keladi va ularning sababi nima? 9. Qaynona-kuyov nizolari qanday xususiyatlarga ega? 10. Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nimalardan iborat? 11. Qanday sabablarga ko‘ra oilalar buziladi? 12. Ajralish qanday oqibatlarga ega? 13. Ajralishning oldini olish va ajralish yuzasidan nimalarga amal qilishimiz zarur? Mavzuga oid aforizmlar Nikoh uzugi bu oila zanjirining birinchi halqasidir. Jarko Petan Nikoh shunday bir romanki, uning bosh qahramoni bi- rinchi bobdayoq o‘ladi. Lorens Piter Ayollarning portlashiga ishonmasangiz, bittasini tashlab ko‘ring. Djerald Liberman 191 www.ziyouz.com kutubxonasi Rashk kasallik kabi kechga borganda kuchayadi. Pol Lotan Sevgi-muhabbatga kuch qolmaganda ham rashk qilish uchun kuch topiladi. Mariya Dombrovskaya Er-xotin mehmonlarni yaxshi ko‘rishardi, chunki mehmon bo‘lmagan kuni uyda janjal bo‘lardi. Tibbiyot fani kuzatuvlariga ko‘ra: bo‘ydoqlarning aksariyati aqldan ozib o‘ladilar. Uylanganlarning aksariyati esa bu yoshga yetishga ulgurmaydilar. A. Chexov Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi. Ular orasidagi farq ana shunda, xolos. Leonard Djevetskiy Beladonna: Italiyada bu go‘zal ayoldir, Angliyada esa kuchli zahardir. Ikki til asosidagi bu o‘xshashlik kishini hayrat- ga soladi. Ambroz Birs Dunyoda ayol kishini mendan ko‘p biladigan erkakning o‘zi yo‘q, men esa hech narsa bilmayman. Seymur Xiks Uylanishga qaror qilish erkak kishining hayotida so‘nggi mustaqil qabul qilgan qaroridir. Vanda Blonskaya Erkak kishini uydan haydash yaxshi emas, u qaytib kel- masligi ham mumkin. Mavzuga oid latifalar — Xotinimni sanatoriyaga yuborish uchun olgan putyovka menga juda qimmatga tushdi, biroq u o‘zini to‘la qopladi. 192 www.ziyouz.com kutubxonasi — Xotining davolanib, tuzalib ketdimi? — Yo‘q, u uyga qaytmadi. * * * Er xotiniga murojaat qilayapti: — Luiza, agar men sendan oldin o‘lsam, sen faqat Karelga turmushga chiq. — Nima uchun aynan Karelga? — Faqat Karelga, boshqa hech kimga emas! Boshqa hech kim menga hayotda unchalik yomonlik qilmagan. * * * — Ikki xotinlik nima bilan jazolanadi? — Ikkita qaynona bilan! * * * — Xudoyim-ey! Basharangga nima qildi? — Unga uchar tarelka tegdi. — Uchar tarelka?! U qayoqdan kelib qoldi? — Tasavvur qila olmayman, xotinim ularni qayoqdan xarid qilar ekan... * * * Er xotini bilan uzoq vaqt tortishib oxiri, noiloj bo‘l- ganidan: — Xo‘p!... mayli, hammasi sen aytgandek bo‘la qolsin... — Endi kech bo‘ldi! Men u fikrimdan allaqachon qaytdim! Boshqasini o‘yladim! Mavzuga oid rivoyatlar 1. O‘rta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o‘rta yoshlardagi bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu zotning axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko‘rar edi. Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat’iy, ilm-irfon sohibi edi. Avvaliga yosh xonim xojasining fe’l-atvorini juda yaxshi ko‘rar, unga qo‘lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko‘rsatar, 193 7 — Oila psixologiyasi www.ziyouz.com kutubxonasi xojasiga nisbatan o‘z vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichi- da barcha qo‘shnilari bilan tanishdi, qo‘shnilar uni, u esa qo‘shnilarni hurmat qilardi. Ammo o‘sha mahallada yomon fe’lli, hasadgo‘y bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga nisbatan hurmati bo‘lgani va shirin turmushlari ul xotinining rashkini keltirardi. Yosh xonim bilan qo‘shni bo‘lganlaridan beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi: — Qizim, sen juda yoshsan, go‘zalsan, shunday katta yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o‘zing kabi chiroylik erga turmushga chiqmabsan, — deb juvonning boshi- ni aylantirardi. Yosh xonim, «men xojamdan juda mamnun- man, fe’li, axloqini sevaman» desa ham, yomon ayoldan qutula olmaydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar ta’siridanmi, «erimdan ajralishaman» deydi. Yomon fe’lli, hasadgo‘y ayol: — Qo‘lingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang, xojangga yomon ko‘rinasan, uning sendan ko‘ngli soviydi, — deb ko‘nglini buzadi. Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota bosh- laydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli falon narsani, ertasiga — bugun bunday qimmatli narsani sot- dim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chi- royli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi bo‘lgan ul zot xotiniga: «jo- ning sog‘ bo‘lsin yangisini olarmiz», — der edi. Xonim uyida sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni foydalaniladigan o‘ttiz yillik obdastani toshga urib sindirdi. Kechqurun eri kelganida ul xonim: — Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parcha- parcha qilib tashladim, — dedi. — Ana xolos! Bu nimasi! — deb xojaning ko‘zlariga yosh keldi. — Men sizga hayronman, — dedi xonim. — Uydagi shun- cha qimmatli narsalarni yo‘qotganimda jahlingiz chiqmay, «o‘zing sog‘ bo‘lsang bas» degan edingiz. Endi hojatxonadagi oddiy ko‘za singanida, ko‘zingizdan yosh to‘kdingiz, nega? — Xonim, ul ko‘za o‘ttiz yildir-ki mening eng mahram yerlarimni ko‘radi. Hozir yangi bir ko‘za olib, unga mahram yerlarimni qanday ko‘rsataman? — deb javob berdi xoja yosh ayoliga. — Yosh xotin bir onda g‘aflatdan uyg‘ondi va kechirim 194 www.ziyouz.com kutubxonasi so‘rab erining qo‘llarini o‘pdi, oyog‘iga yiqildi. «Meni afv eting, sizning amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan ozgina bo‘lsada, itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi. Vazifa: Psixologik tahlil qilinsin. 2. Aqlli xotinlar erlar baxti Bir odam juda aqlli, odobli va yaxshi tarbiya olgan qizga uylandi. Ul odam xonimidan juda mamnun, uylarida g‘alva- g‘avg‘o yo‘q. Bu yigit bir kun do‘stlarining huzuriga bordi. U axloqsiz odamlarning xotinlarini «unday urdim, bunday urdim», deb maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan so‘radi: — Nega xotinlaringizni urasiz? Hech gunohi yo‘q xotinni qanday urib bo‘ladi? Do‘stlari: — Dunyoda bundan oson ish yo‘q. Uyga bir qadoq qiyma go‘sht olib kelasan. Qiymali suyuq ovqat tayyorlab kelsa, «boshqa ovqat yeyishni xohlayman», deysan, deb aql o‘rgatishibdi. Yigit ertasiga kechqurun uyiga kelib, dasturxon oldiga o‘tirdi. Xotini qiyma solib tayyorlangan sho‘rva olib keldi. Ul xotiniga jerkib: — Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman, — dedi. — Qiyma ham bor, — dedi xonimi. — Men tok bargiga o‘ralgan qiyma xohlardim. — U ham bor. Xojasining odatlarini juda yaxshi bilgan odobli xotin eri xush ko‘radigan barcha narsani qo‘lidan kelguncha harakat qilib, tayyorlagan va uning ko‘nglini olgan. Yigit ertasiga yana do‘stlari oldiga chiqdi. Ular darhol qi- ziqib so‘radilar: — Nima bo‘ldi? Xotiningni kaltakladingmi? Yigit bo‘lgan voqeani aytgan ekan, do‘stlari: — Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan, — debdilar. 195 www.ziyouz.com kutubxonasi 3. Mahkamada xotinining yuzini ochishni istamagan odam Bir vaqtlar uylangan bir odam, oylar o‘tdi, yillar o‘tdi, xo- tinining mahrini bermadi, shu burchini ado eta olmadi. Bir kuni xotini bilan kelisha olmay qoldilar. Xotini o‘sha zamon mahkamasiga shikoyat qilib, qozining huzuriga bordi va eridan mahrini talab qildi. Ayol yuzida chimmat (parda) bor edi. Qozi ul ayolga: — Ikki shohid lozim, — dedi. Ayol: — Shohidlarim bor, ular shu yerdalar, — dedi. Qozi: — Juda yaxshi, yuzingizni oching, so‘ng hukm chiqaza- man, — dedi. Shu yerda bo‘lgan eri darhol o‘rnidan turib: Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling