Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti kafedrasi “Tarixiy tadqiqot asoslari” fanidan kurs ishi mavzu: Turk xoqonligi davri tarixshunosligi Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


Tarixiy, siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va ijtimoiy hayot


Download 209 Kb.
bet4/8
Sana05.05.2023
Hajmi209 Kb.
#1432637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti kafedrasi “Tarixiy tadq

2.1.Tarixiy, siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va ijtimoiy hayot.
Bu davrda So‘g‘d, Xorazm va Tohariston aholisining alohidaalohida yozuvlari bo‘lib, so‘g‘d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Tohar yozuvi baxtar yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, xujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog‘och va sopolga va kamdan-kam xollarda qog‘ozga bitilardi. Chunki qog‘ozning bahosi nihoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa xatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga ham yozilar edi. Ular orasida elchilijk maktublari, xo‘jalik kirim-chiqimlari, yuridik shartnomalari, astronomik xujjat, tarixiy yodnomalar hamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo‘lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan sug‘d yozuvlari Panjikent yaqinidagi qal’ai Mug‘da, Sharqiy Turkistondagi Turfon shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrrosiyobda qayd etilgan. 42 Ularda So‘g‘dning siyosiy, tarixiy, huquqiy qonunlari, iqtisodiy va diniy e‟tiqodlari xususida muhim ma‟lumotlar keltirilgan. So‘g‘dda o‘g‘il bolalar 5 yoshga to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular yigirma yoshga kirganlarida savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. So‘g‘d xati asosida uyg‘ur va turk yozuvlari shakllangan. Uyg‘ur yozuvidan esa o‘z navbatida keyinchalik mo‘g‘ul va manchjur xatlari paydo bo’lgan. So‘g‘diylarning kattagina guruhi doimo turk hoqonlarining qarorgohida yashagan. Ularning ayrimlari saroy ayonlar va ma’murlari qatoridan o‘rin egallab, maslahatchi, elchi xat va savdoga o‘rgatuvchi ustoz vazifasini bajarganlar. Shunugdek, ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan bo‘lib, turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketgan 38-40 ta harfdan iborat edi. U tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘k turk bitiklari (Qultegin va Bilgaxoqon bitiklari) Oltoy va Sharqiy Turkistondan Tashqari, Yettisuv, Farg‘ona va Zarafshon vodiylaridan topib o‘rganilgan. Ular qabr toshlari, sopol va metal buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam (shomonlik) kabi bir necha mahalliy dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Zardushtiy dinida yaratuvchanlik qudratiga ega tangriAxuramazda bo‘lib, u odam va odmzodning, tabiat va jamiyatdagi barxha hodisalarning yaratuvchisi sifatida targ‘ib qilingan. Axuramazda yorug‘lik, farovonlik, sihat-salomatlik, tinchlik va boshqa barcha ezgu hodisalar tangrisi sifatida, zulmat, ochlik, urush, o‘lim, yomon ishlar, qabih niyatlar va qabohatliklarning homiysi Axriman bilan doimo uzluksiz kurash olib borgan. Zardushtiylik e’tiqodi bo‘yicha olov nihoyatda muqaddas hisoblangan. Quyosh olamga hayot bag‘ishlaydi. Uning nuri bilan barcha jonzod uyg‘onadi va yashnaydi. Axuramazdadan tashqari, zardushtiylarning Mitra, Farna, Nana yoki Nohud, Mirrix va Xubbi kabi mahalliy ezgulik tangrilari ham bo‘lgan. Bu davrda aholi orasida budda dinining ham mavqei past emas edi. Garchi u So‘g‘dda juda kam tarqalgan, ammo O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarida, xususan Toharistonda, Farg‘ona va Yettisuvda hamda sharqiy Turkistonda, ayniqsa shahar aholisi o‘rtasida keng tarqalgan edi. VI asr oxiri, VII asr boshlarida ayrim G‘arbiy turk xoqonlari budda dinini qabul etib, butxonalarning qurilishida homiylik qiladilar.Yozma manbalardan ma‟lum bo‘lishicha, O‘rta Osiyo viloyatlarida bu davrda xristian dinining nestorian ta‟limotiga e‟tiqod qiluvchi jamoalarning soni ham oz emas edi.Samarqand viloyatining Urgut tumani So‘g‘ddagina emas, balki butun O‘rta Osiyoda nestorianlik markazlaridan hisoblanar edi. Qo‘shtepa yodgorligida topilgan xum parchasida xristianlikning asosiy udumlaridan biri – cho‘qintirish marosimi tasvir etilgan. Unda chap qo‘lida injil, o‘ng qo‘lida esa xoch tutgan uzun kiyimdagi rohib xochini boshyalang tiz cho‘kib turgan kishining boshi uzra tutib turibdi. Ilk o‘rta asrlarda Orta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida moniylik dini ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniylik dini ta’limoti bo‘yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorug‘lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir. Ibodat, ro‘za sadaqa moniylik dinining arkoni hisoblangan. Bu dinga asos slogan Moniy tarixiy shaxs bo‘lib, u Bobilda (216-274-y.) dunyoga kelgan. U o‘z targ‘ibotini Midiya va Forsda boshlagan. Biroq Eronda uning ta’limoti otashparastlarning ashaddiy ruhoniylari tomonidan qaashatgich zarbaga uchraydi. Keyinchalik bu mazhab tarafdorlari O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Sharqiy Turkistonda qaror topadi. VI-VII asrlarda Moniy dini Murg‘ob vohasi orqali Tohariston, So‘g‘d, Sharqiy Turkiston va Xitoyga yoyiladi. Moniy ta’limotida tasviriy san’atga va musiqaga katta ahamiyat beriladi10. Diniy targ‘ibot va marosimlarda, ayniqsa tasviriy san’atdan keng foydalanilgan. Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan moniylik diniga sig‘inib kelgan. Bu din jon va ruhlarga, ota bobolar ruhiga sig‘inish e‟tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o‘z dinini “qam” deb yuritganlar. Chunki ularda “shomon” degan so‘z bo‘lmagan. Bu din koinotni yo‘qlikdan bor qilgan Ko‘k Tangriga e‟tiqod qiluvchi yakka xudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko‘chmanchi aholi Tangriga bag‘ishlangan marosimlar o‘tkazib, qurbonliklar qilishgan. Masalan, Ko‘k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‘yilgan. Bu diniy e‟tiqodlarning omixtasi asosida O‘rta Osiyi xalqlarining moddiy va ma‟naviy madaniyati rivoj topdi. Tasviriy san‟atning rassomlik va haykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topdi. Ular o‘z davrida sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan dalolat beradi. Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Asfrosiyob, Farg‘ona vodiysida Quva xarobalarida hamda boshqa yodgorliklardan topib o‘rganilgan devoriy 44 suratlar, haykallar va ganchkoriy naqshlar o‘sha zamonning yuksak san‟at asarlaridan xisoblanadi. Devoriy tasvirlar o‘sha zamonning o‘ta murakkab hayoti, din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manba hamdir. Haykaltaroshlik rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta‟sir ko‘rsatgan. Farg‘ona vodiysida Quvadan hamda Qo‘rg‘ontepa yaqinida Ajinatepadan buddaning bahaybat haykallari topib o‘rganilgan. Ajinatepadan topilgan budda haykallarining bo‘yi 12 metrga boradi. Bu davrda badiiy yog‘och o‘ymakorligi san‟ati ham yuqori darajada turgan. Ilk o‘rta asr ganchkorligi san‟atining nodir yodgorligi namunalari Varaxsha topilmalari orqali tadqiq etildi. Turli xil geometrik shakllar, mevali daraxt va o‘simliklarning o‘ymakor naqshlari, ov manzarasi Buxoro hukmdorining Varaxshadagi qarorgohining hashamatli saroy devorlarini bezab turgan. O'rta Osiyoda musiqa, raqs, qo'shiqchilik, qiziqchilik, dorbozlik kabi san’atning turli sohalari ham rivojlangan edi. Bu davrda san'at sohasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent o'yinchi yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi. Choch o'yinchi yigitlari ijro etgan mashhur “Choch raqsi” yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o'ynoqi “doira raqsi” Xitoy ayonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi. Birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg‘u asboblari yasalgan. Shunday qilib, VI-VIII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotida yerga egalik munosabatlari shakllanib, mustahkamlanib bordi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik, sug‘orma dexqonchilik va chorvachilik rivoj topib, ichki va tashqi savdo kengaydi. Madaniy hayotda esa me‟morchilik, xat-savod, diniy e’tiqodlar, tasviriy san’at va musiqa ravnaq topib, madaniy aloqlar jonlandi. Natijada ilk o‘rta asrlarning ma’naviy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos serqirra madaniyat yaratildi.


Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling