Sharq taronalari


Download 1.86 Mb.
bet2/6
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1438723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharq taronalari kurs ishi

SAMARQAND

Afrosiyob devoriy suratlarida do‘mbira, qo‘biz, sibizg‘a, chanqovuz, chang, rubob, tanbur, ud singari musiqa asboblarining bo‘lishi yoki vohamizning Mo‘minobod dahasida 3 ming yillik nay cholg‘usining topilishi Samarqand musiqa san’atining qadimiyligidan dalolat beradi.
Samarqandda yuksak rivojlangan og‘zaki an’analarning professional san’ati mavjud. Bu maskanda shashmaqomning ajoyib ustalari, mohir xonanda va sozandalar yetishib chiqqan. O‘zbek mumtoz kuy va qo‘shiqlarining mualliflari Hoji Abdulaziz Abdurasulov, uning shogirdlari Oqilxon, Levicha, Muhiddin Qoriyoqubov, Kamol Hofiz, Ma’rifatxon, Maqsadcha, Yunus Rajabiy, Qori Yunus Yusupov, Sharifjon Akramovlar shular jumlasidandir. O‘sha vaqtlarda Hoji Tam-tam nomi bilan mashhur bo‘lgan Hojiqurbon Homidov ham bir qancha o‘zbek sozanda va xonandalariga murabbiylik qilgan.

Samarqandda sharq navolari qadimdan rivoj topgani, bu hududda ko‘plab millatlarni birlashtirdi. Har ikki yilda o‘tkazilib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining nufuzi yildan-yilga oshib, turli millat va elatlar o‘rtasida madaniy ko‘prik vazifasini o‘tab kelmoqda. Zero, musiqa dillarni dillarga payvand qilib, jonga rohat baxsh etuvchi nafis bir tilki, u tilmoch-u tarjimaga o‘rin qoldirmaydi.
Sharq xalqlarining betakror milliy musiqasi va qo‘shiqlarini keng miqyosda targ‘ib etish, yosh avlodda milliy musiqa san’atiga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash hamda ijodiy hamkorlik va madaniy - ma’naviy aloqalarni kengaytirish "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Mazkur nufuzli festivalning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bir qator ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy sabablarga egadir. Chunonchi, Samarqand azaldan nafaqat Sharq, balki jahon ahamiyatiga molik siyosiy markaz bo‘lib kelmoqda. U asrlar davomida din va ma’rifat o‘choqlaridan biri sifatida e’tirof etilib kelingan.
Xalqaro musiqiy festival faqatgina ijrochilik mahorati ko‘rigi bilan chegaralanib qolmay, har galgi anjuman doirasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-ijodiy konferensiyalarni ham o‘z ichiga qamrab oldi. Festival doirasida xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi ham an’anaga aylangan. Bu konferensiyalarda Sharq xalqlari musiqa san’atining muhim va dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglanadi.

Anjumanlarning birida san’atshunos Shandor Saboning (Vengriya) “Venger maqomini tadqiq qilish” nomli ma’ruzasi ko‘pchilikda yangilik sifatida ulkan qiziqish uyg‘otadi. Muallif Venger xalqining uzoq o‘tmishi qadim shumer va ossuriylarning etnik ildizlari bilan tutash ekanligi va o‘z navbatida bu venger madaniy hayotida ham o‘z in’ikosini topib ulgurganligiga urg‘u berdi. U o‘z fikrlarining isboti sifatida Vengriyada keng tarqalgan udsimon, ammo ikki dastali “kobur” (qobuz, kobuz so‘zlaridan kelib chiqqan) cholg‘usida kuylar ijro etib, muayyan taassurotlar uyg‘otdi. Taniqli bastakorning betakror cholg‘usi sadolarini tinglar ekansiz, undagi nola va musiqiy bezaklarning ud va tanburga nihoyatda o‘xshashligini his qildik. 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 apreldagi qarori bilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Gran-pri sohibi 10 000 AQSh dollari bilan taqdirlanishi, nominatsiyalarga ham 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari berilishi festivalning nufuzini oshayotganidan, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayayotganidan dalolatdir.
O ’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan.
Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko’hna “Registon” maydonida avgust oyining 2-yarmi oxirida o’tkazilib kelinadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko’paymoqda. Jumladan, I festivalda 34 ta davlat, II festivalda 36ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o’z san’atlarini namoyish etdilar. Festivalga har yili katta tayyorgalik ko’riladi va rang-barang namoyishlarga boy ochilish marosimi dasturi bilan festival boshlanadi. Ochilish marosimida faxriy mehmonlar ,jumladan UNESCO prezidenti, O’zbekiston Prezidenti va hokimiyat vakillari o’z nutqlari bilan chiqishadi. Ochilish marosimidan keyin bir hafta mobaynida saralash bosqichlari bo’lib o’tadi. Har bir davlatning vakil guruhi uchun jami 30 daqiqa belgilangan bo’lib , shtirokchilar o’zlari uchun belgilangan muddat davomida quyidagi yo’nalishlarda ijro etishlari mumkin:
1. Xalq musiqiy ijodiyoti; 2. Milliy mumtoz musiqa; 3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari.
Barcha yo’nalishdagi ijrolar jonli tarzda bo’lishi shart.
Ko`rik tanlovi g`oliblari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi va ularga quyidagi mukofotlar ta`sis etilgan: Gran - Pri - 10000 ming AQSH dollari. 1 - mukofot (2) har bittasi 7000 AQSH dollaridan. 2 - mukofot (2) har bittasi 5000 AQSH dollaridan. 3 - mukofot (2) har bittasi 3000 AQSH dollaridan. Maxsus mukofotlar tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg`armalar va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin. Tanlov go`liblari ijro etgan qo`shiqlar yozilgan lazer disklar tayyorlanadi. Shuningdek tanlovning har bir ishtirokchisi uchun maxsus diplomlar beriladi.

II- Bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalida ishtiroki


2.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimidagi nutqi .
Prezident Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib berdi. Davlat rahbari mehmonlarni mamlakatimizda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, yig‘ilganlarni mazkur ayyom bilan muborakbod etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Davlat rahbari mehmonlarni mamlakatimizda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, yig‘ilganlarni mazkur ayyom bilan muborakbod etdi.


Ushbu anjuman turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar o‘rtasida o‘ziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoniga aylanganini, Registon maydoniga qadam qo‘ygan har bir san'atkor, millati, tili va dinidan qat'i nazar, bashariyat farzandi sifatida dillarni dillarga, ellarni ellarga bog‘lashini ta'kidladi. 


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling