Sharq taronalari
Download 1.86 Mb.
|
sharq taronalari kurs ishi
Qadrli do‘stlar!
Aziz mehmonlar! Musiqa san'atiga sadoqatingiz, uni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lidagi mehnatu mahoratingiz, ulkan hissangiz uchun barchangizga yana bir bor cheksiz ehtiromimni bildiraman. Yangi ijodiy yutuqlar, millionlab muxlislarning olqishi va mehr-muhabbati sizlarga hamisha yor bo‘lsin! Jahonda tinchlik, xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik rishtalari barqaror bo‘lsin! E'tiboringiz uchun rahmat. YuNeSKO Bosh direktori Odri Azule o‘z chiqishida festival o‘tayotgan Samarqand Amir Temurning buyuk davlati, Registon maydoni esa Mirzo Ulug‘bek merosidan dalolat berishini, bu meros asrlar davomida olimlar, hunarmandlar, san'atkorlarni bu yerga yetaklaganini qayd etdi. Umumbashariy tarixni asrash, universal til bo‘lgan musiqani rivojlantirish YuNeSKOning mas'uliyat doirasiga kirishini, tashkilot O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini ta'kidladi. Shuningdek, marosimda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bangladesh, Polsha, Belarus, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan rasmiy shaxslar, faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bu yilgi festivalda 75ta davlatdan 340 nafar vakil qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari ularni san'atning chinakam fidoyilari, tinchlik va ezgulik elchilari deb atadi. Festival doirasida «Sharq xalqlari an'anaviy musiqa san'atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tdi. 2.2 "Sharq taronalari" haqida 10 fakt Shu kunlarda Samarqand shahrida "Sharq taronalari" 9-xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 50dan ziyod mamlakatlaridan san’atkorlar ishtirok etdi. 1. Samarqanddagi Registon maydonida 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinayotgan "Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 25-30 avgust kunlari to‘qqizinchi bor nishonlandi. 2. YUNESKO ishtirokidagi tashkil etiladigan ushbu yirik musiqa tadbirida bu yil 50dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi. Ilk bor o‘tkazilgan musiqiy festivalda 31 davlat vakillari qatnashgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib ishtirokchi davlatlar soni 56 taga etdi. 2013 yilgi festivalda ishtirok etish bo‘yicha eng ko‘p so‘rov Hindistondan tushgan bo‘lib (26ta), Erondan 13ta, Ozarbayjondan esa 5ta ariza kelgan. 3. Festival dasturidan an’anaviy vokal va milliy an’anaviy instrumental musiqa bo‘yicha ijrochilik mahorati tanlovlari o‘rin olgan. Bundan tashqari, festival doirasida Sharq musiqa an’analariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. 4. "Sharq taronalari”da raqqosalar chiqishi baletmeyster va pedagog Mukarrama Turg‘unboevaning 100 yillik to‘yiga bag‘ishlandi. Bosh baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Ravshanoy Sharipovaning ma’lumot berishicha, konsert dasturida Farg‘ona, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabidan eng iqtidorli va mahoratli to‘rt yuzga yaqin raqqosalar taklif etildi. 5. Konsert dasturiga O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorlik qildi. Festivalning ochilish marosimida elimizning ardoqli san’atkorlari, O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchieva, Beknazar Do‘stmurodov, Zulayho Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulsanam Mamazoitova, Alisher Fayz, Malika Egamberdieva µamda milliy va estrada yo‘nalishida ijod qilayotgan boshqa xonandalar ishtirok etishdi. 6. Shahardagi muzeylar, milliy hunarmandchilik markazlari yangi ekspozitsiyalar bilan boyitildi. Festival kunlari milliy cholg‘u asboblar ko‘rgazmasi hamda tarixiy liboslar namoyish etildi. 7. Festival doirasida yosh ijodkorlar, san’atshunos olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida Sharq xalqlari musiqa merosiga oid ilmiy anjuman ham o‘tkazildi. 8. To‘qqichinchi bor o‘tkazilayotgan "Sharq taronalari” musiqa festivali ishtirokchilari: Gohar Oganesyan — Armaniston, "Shirvan” mugam guruhi — Ozarbayjon, Triinu Taul, yakkaxon xonanda — Estoniya, Sayak Barua, yakkaxon sozanda — Hindiston, "Kerulen” guruhi — Qozog‘iston, "Assurd” guruhi — Italiya, Xitoy Milliy opera va raqs drama teatr orkestri — Xitoy, "Sorixuyun Kayagim Byungchangdan” guruhi — Janubiy Koreya, "Diyuta” guruhi — Litva, "Takideda” kvartet — Madagaskar, Sanam Marvi– yakkaxon xonanda — Pokiston, Ana Alkaide — Ispaniya, "Katch Pop String-Strong”Duet — Avstriya-Serbiya, "Bangladesh Shilpakala Akademiyasi” guruhi — Bangladesh, Milliy folklor dastasi — Misr, "Astrodjorjiya” guruhi — Gruziya, Rashmi Agarval – xonanda — Hindiston. 9. Festival tashkilotchilari "Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining asosiy ta’sischilari quyidagi tashkilotlar hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi; "O‘zbeknavo” estrada-birlashmasi; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi; O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi; Samarqand viloyati hokimligi. 10. Tanlov g‘oliblari uchun Festival tashkiliy qo‘mitasi tomonidan quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan: Gran-Pri – 10.000 ming AQSH dollari; 1 - mukofot (2 ta) har biri 7.000 AQSH dollaridan; 2 - mukofot (2 ta) har biri 5.000 AQSH dollaridan; 3 - mukofot (2 ta) har biri 3.000 AQSH dollaridan. Ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar, xalqaro va boshqa tashkilotlar maxsus mukofotlarini ta’sis qilishlari mumkin. Tanlovning har bir ishtirokchisiga maxsus diplomlar topshirildi. Xulosa
“Sharq taronalari” musiqa festivali tili, madaniyati, milliy qadriyatlari rang-barang bo‘lgan turli millat va elatlarni san’at vositasida mushtarak maqsadlar yo‘lida yaqinlashtirishga, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori ortishiga xizmat qilayotganini qayd etish zarur. Bu olijanob maqsadlar hayotda o`z ifodasini topmoqda. 1997 yildan buyon har ikki yilda o`tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali jahon ahlining o`zaro madaniy muloqotga bo`lgan hayotiy ehtiyojini ro`yobga chiqarishda beqiyos vosita bo`lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar I.A. Karimov “ Yuksak ma’naviyat vengilmas kuch” Toshkent, ma’naviyat. 2008-yil. I. Qudratov, N. Tolliboyev. “ Boshlang'ich sinf musiqa darslarida o'zbek xalq qo'shiqlarini o'rganish”.- Toshkekt. Fan, 2007-yil. Rtveladze E., Великий шелковый путь, Т., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 1998. PI. Nurmatov. “ Musiqa va estitik madaniyat” -Foshkent, F.D.P.U. 1995-yil. FA.Akbarov. “Musiqa lug’ati” - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-yil. 372-373 betlar. Internet saytlari WWW. Geogle. Uz WWW. Ziyonet. Uz Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling