Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi


Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari


Download 1.74 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1622994
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация2

Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi
Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – sao- datli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan hokim tabiatdan:
  • – sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi- yinchilik sezmasligi;
  • – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam,
  • – zehni o‘tkir,
  • – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,
  • – bilim-ma’rifatga havasli,
  • – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,
  • - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan,
  • – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,
  • – mol dunyo ketidan quvmaydigan,
  • – adolatparvar,
  • – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.

  • Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.

Ibn Sino (980–1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning «Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling