Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Download 75.5 Kb.
|
ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s Talabalar soni
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- Pedagogik vazifalar
- O’quv faoliyati natijalari
- Ta’labalarning o’quv faoliyatini tashkil ettish shakli Ommaviy, individual Didaktik vositalar
- Ta’limni tashkil etish shroiti Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona Nazorat
- Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi ” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi
- Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchi
- 2-bosqich. Asosiy (Anglash bosqichi) (5 5 minut)
- 3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi) ( 2 0 minut)
- 1-ilova Mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi Reja
- Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar
- 2-ilova Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari Asarlari
- 3-ilova Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Asarlari
- 4-ilova Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Asarlari
- 5-ilova Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida Asarlari
2.2.4. “Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi” mavzusidagi ma’lumotli ta’lim texnologiyasi modeli
“Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi
1-ilova Mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi Reja: 1. . IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida. Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar: 1. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996. 2. Ҳасанбоев Ж., Ҳасанбоева О., Ҳомидов Ҳ. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1997. 3. Ҳошимов К., Сафо Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 2010. 4. Атаева Н., Расулова Ф., Ҳасанов С. Умумий педагогика (Педагогика тарихи). – Т.: “Fan va texnoligiya”, 2011. 6. Абу Райҳон Беруний. Тарайҳалар (Жавоҳирот китобидан). − Т.: Мерос, 1991. 7. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. −Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. 8. Хайруллаев М. Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавҳалар. – Т.: «Ўзбекистон», 1995.
Didaktik qarashlari: Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi. 3-ilova Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar. Pedagogik qarashlari: Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish. Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. 4. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi. 4-ilova Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar. Ilmiy-pedagogik qarashlari: Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga bilim berishda: -o’quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi. 5-ilova Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar. Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari: Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir. U fanlar tavsifi xakida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini ko’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan. Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga ori shorkali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling