Sharq va g`arb mutafakkirlarining inson tabiati to`G`risidagi qarashlari reja
Download 98 Kb.
|
SHARQ VA G`ARB MUTAFAKKIRLARINING INSON TABIATI TO`G`RISIDAGI QARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ya.A. Komenskiy
Zahiriddin Muhammad Bobur. Zahiriddin Mu-hammad Bobur 1483- yili Farg'ona hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keladi. U Amur Temur avlodidan bo'lib, otasi vafotidan (1494) keyin 12 yoshida podsho etib tayinlanadi. Bobur tadbirkor podsho bo'Jibgina qolmay, o'ta ma'lumotli olim ham edi. Uning «Boburnoma» asari tabiatshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
«Boburnoma» O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonning tabiiy geografik joylashishi, o'simliklar va hayvonot dunyosi haqidagi biografik asar hamdir. Asarda Bobur har bir joyning xarakterli jihatlari, o'simlik va u yerda tarqalgan hayvonlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli materiallarai bayon etgan. Bobur asariaridagi tabiat maskanlari va hodisalarc o'lkaga oid geografik ma'lumotlar, tasvirlar tabiatni o'ganishda yosh tabiatshunoslar va o'lkashunoslarga dastur bo'lib xizmat qiladi. Mirzo Ulug'bek. O'rta Osiyoning buyuk olimlari dunyoning tuzilishi to'g'risida to'g'ri fikr yuritgan ajoyib mutafakkirlarbo'libgina qolmay, balki mashhur mushohadachilar ham edilar. XV asrda Ulug'bek boshliq samarqandlik astronomlarning osmon jismlarini kuzatish sohasidagi ilmiy ishlari, ayniqsa, mashhurdir. Samarqand hokimi Mirzo Ulug'bek astronom olim, ma'rifat-parvar davlat arbobi ham edi. U o'z mamlakatida fanni rivojlantirish uchun doimo g'amxo'rlik qilib keldi. Ulug'bek Samarqandga turli joylardan olimlar olib kelib, ularning ishlashi uchun sharoit yaratdi. U Samarqandda ulkan rasadxona qurdirdi. Tepalikdagi ana shu rasadxona binosi ulug'vorligi bilan zamondoshlarini hayratda qoldirgan. Rasadxona o'sha zamondagi eng yaxshi, mukammal asboblar bilan jihozlangan edi. Ulug'bek rasadxonasida olingan ma'lumotlar eng aniq rna'lumotlar hisoblanib, bir yarim asr mobaynida butun dunyo olimlariga xizmat qilib kelgan. Rasadxonada koinot xaritalari va globuslar bo'lgan. Yer o'qining orbita tekisligiga nisbatan necha daraja og'ganligi Ulug'bek rasadxonasida aniqlangan. Ulug'bek hokim bo'lish bilan birga O'rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biridir. Uning rasadxonasida «Yangi astronomiya jadvallari» («Ziji Ko'ragoniy») yaratiladi. Ulug'bek «Ziji Ko'ragoniy» asari bilan butun dunyoda samoviy jismlarni tadqiq etuvchi olirn sifatida shuhrat topdi. Ulug'bek omma orasida ma'rifat tarqatish to'g'risida ko'p qayg'urgan. U Samarqand va boshqa shaharlarda o'quv yurtlari -madrasalar ochgan. Ulug'bek singari ko'plab o'zbek olimlarining asarlari dunyoga keng tarqalib, astronomiya, geografiya kabi fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. Abu Au Ibn Sino. Buyuk olim Abu All ibn Sino (980-1037) ham Beruniy kabi tabiiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. Abu Ali ibn Sino dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Mazkur asaf 5 t-a kitpbdan iborat. Ularda odam tanasi a'zolarining tuzilishi, vazifalari, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar, ularni tayyorlash va bu dorilarning tana a'zolariga ko'rsatadigan ta'siri haqida ma'lumotlar keltiriladi. Olim odamdagi ba'zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko'zga ko'rinmas organizmlar orqali paydo bo'lishini e'tirof etadi. Inson salomatligini yaxshilashda to'g'ri ovqatlanish, tana a'zolarini chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Uning fikricha, Yer asta-sekin o'zgaradi, dengiz va daryolar vaqti kelib o'z o'rnini quruqlikka bo'shatadi. Shu tufayli ko'pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi, chig'anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. Ibn Sino o'simlik, hayvon va odamda o'xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko'payishi, o'sishi haqida to'xtalib o'tadi. Shunday qilib, O'rta Osiyoda tabiat fanlarining rivojlanishida buyuk qomusiy olimlarning bajargan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiiyot tarixini o'rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A. Komenskiy bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rin olgan. U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliya- tini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiya- lashdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan. Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin. O‘zining «Buyuk didaktika», «Tillar hamma fanlarning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o‘zining muhim pedagogik g‘oya- larini ifodalagan. Ya.A. Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasliga o‘xshatgan. «Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi. «Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi. «Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l ho- silni yig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslini eslatadi.Va nihoyat, «Akademiya» yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflash- ni mo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi.Ya.A. Komenskiy «Onalar maktabi»da 18 ta fandan ma’lu- mot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha olti yashar bola:suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni;yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni; o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak.Ya.A. Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tu- shuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitob- larning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalab bergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namuna olishdir.Masalan, nega endi 1- sinf uchun bitilgan kitobni «Gu- nafsha jo‘yagi», 2- sinf kitobini — «Atirgul tupi», 3- sinf kitobini — «Istirohat bog‘i» va hokazo deb nomlash mumkin emas?Ya.A. Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning aha- miyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling