Sharq va G‘arbda Uyg‘onish davri adabiyoti


Download 0.64 Mb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#233866
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sharq va G‘arbda Uyg‘onish 15

Turdi ham oʻz ijodini boshqa shoirlar kabi anʼanaviy ishq mavzuidan boshlagan. Uning:turkona xirom ayladi ul shoʻxi diloro, dil mulkini bir goʻshai chashm ayladi yagʻmo.Matlai bilan boshlangan ishqiy gʻazali lirikaning yaxshi namunalaridan hisoblanadi. T. Ning lirik gʻazallari boshqa shoirlarnikidan oʻzining nihoyatda ixchamligi, yaʼni 3—4—5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi.

g’arb uyg’onish davri adabiyoti

«Renessans» so'zi fransuzcha bo'lib (frans. Renaissanse), o'rta asrlar madaniyati, adabiyoti va san'atidagi buyuk o'zgarishlar davrini anglatadi. Antik madaniyat barham topgandan so'ng o'n asrdan ortiq vaqt o'tgach, g'arb tafakkurida yana bir ulkan ko'tarilish, yangilanish ro'y berdi, shu sababli ham bu davrni uyg'onish davri deb ataydilar. Uyg'onish davri XIV asrning ikkinchi choragida boshlanib, XVII asrgacha davom etdi. Renessans ilm-fan, madaniyat va san'atda o'zini namoyon qildi. Uyg'onish davrining buyuk namoyandalari inson shaxsini ulug'laydilar, uning qadr-qimmati, his-tuyg'ularini qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini yuqori qo'yadilar. Uyg'onish davri vakillarini gumanistlar ham deb ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan qaraganlar. Ular rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, ijodda ular yaratgan cho'qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan qadimgi qo'lyozmalarni qidirib topganlar, yunon va rim shoirlari asarlarini, gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy yevropada tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari o'qitilgan.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling