Turdi farog’iy (17-asr, Buxoro — taxminan 1699/1700, Xoʻjand) Turdi — shoir. Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Turdi oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilgan. "Dar mazammati sipohigari" sheʼrida oʻzining asosiy kasbkori sipohiylik (harbiylik) boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tamaʼ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan maʼlum qilgan. Turdining adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat boʻlib, ulardan 12 tasi gʻazal, 5 tasi muxammas va bittasi fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi subhonqulixon haqidagi mashhur hajviyani tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |