Dante aligerining «ilohiy komediya» asari zamonasiga oid masalalarni ramziy-majoziy usullar orqali aks ettirdi, inson va voqelik haqida yangi so'zini aytadi, shu tariqa butun o'rta asr madaniyatiga falsafiy-adabiy yakun yasadi. Angliyada uyg’onish davri adabiyoti Ingliz gumanistik adabiyoti uch bosqichga ajratiladi: - XV asrning oxirlari va XVI asrning 60—70- yillarini o'z ichiga oladi,
- Shekspir ijodi davri deb ham atash mumkin, bu davr XVI asrning oxirlaridan XVII asrning boshlarigacha, ya'ni shekspir o'limigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
- XVII asr boshlaridan shu asrning 40- yillarigacha davom etadi. Aynan shu yillari teatrlar yopila boshlaydi, uyg'onish g'oyalari tanazzulga yuz tutadi.
Shekspir uyg'onish davrining eng yirik vakillaridan biridir. U haqida yuzlab kitoblar yozilgan, ko'plab shekspirshunoslar yetishib chiqqan, uning ijodi turli, o'ta ziddiyatli fikr-mulohazalar uyg'otgan. Bizdan 400 yil oldin yashab ijod etgan bu buyuk dramaturg ushbu sohada egallagan cho'qqi hanuz zabt etilgani yo'q. Shekspir hayotiga oid uncha ko'p ma'lumotlar saqlanib qolmagan, borlari ham to'liq va aniq emas. Shekspir 1564- yil 23- aprelda eyvon daryosi sohilidagi stratford shahrida tug'ilgan. Shekspirning ajdodlari yemenlar — ya'ni, erkin dehqonlar bo'lganlar. Ular orasida jasur jangchilar, nayzadorlar, yoyandozlar bo'lganligi taxmin qilinadi. «Shekspir» so'zi — «nayza o'ynatuvchi” ma'nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |