Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taqdimoti. Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm


Download 11.26 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi11.26 Kb.
#1174516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharq yoki Gʼarb yozuvchilarining badiiy asarlari tahlili va taq-hozir.org

Voqealarning keyingi rivoji roman mualliflarining badiiy maqsadiga ko‘ra turlicha rivojlanadi. Martin kapitalizm sharoitida mumkin bo‘lgani singari kutilmagan muvaffaqiyatga, katta boylikka erishadi. Saidiy esa mustabid tuzumning minglab qurbonlaridan biriga aylanadi. Yechim esa har ikki asarda o‘xshash: tabiat tomonidan katta potensial kuch ato etilgan, yuksak orzu-maqsadlar bilan yashagan ikki navqiron yigit xudkushlikka yuz tutadilar.

«Martin Iden» va «Sarob»da motivlararo mushtaraklik ham ko‘zga tashlanadi. Binobarin, voqealar Martin va Saidiyning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan muhitga – birining o‘zi yot bo‘lgan tabaqa vakillari xonadoniga, ikkinchisining universitetga qadam qo‘yishi bilan boshlanadi. Rufni ham, Munisxonni ham birinchi ko‘rishdayoq yigitda barq urib turgan sog‘lom navqironlik o‘ziga jalb qiladi; umuman, har ikkala qiz ijtimoiy tafovut haqida o‘ylab ko‘rishga, bu yigitlarning yuksak ma’naviy dunyosi bilan tanishishga ulgurmay, tabiiy maylning asiri bo‘lib qoladilar. Har ikkala romanda birinchi uchrashuvdayoq maftun bo‘lish motivi bor. Bu romanlarda qahramonlar xarakterini ishlashda ham mushtaraklik ko‘zga tashlanadi.

Ikki yigit ma’shuqa nazariga tushish uchun favqulodda vaziyat tug‘ilishini orzu qiladi. Martin va Ruf, Saidiy va Munisxonning muloqot qilib turishlariga vosita bo‘ladigan badiiy detal – kitoblar, mutolaa edi. Kitob vosita bo‘lgani har ikki asarda bir-biriga o‘xshash epizod orqali muayyanlashtiriladi. Har ikki romandagi velosiped detali, velosipedda shahardan tashqariga sayrga chiqish epizodi, Martin va Saidiyning matbuotda chiqadigan asarlarini ustunlar bilan o‘lchashi, yozuvchilikdan maqsad – boylik orttirish orqali ma’shuqa vasliga erishish ekani, jamiki orzu-a’mollaridan judo bo‘lgan oshiqlarning bir payt qo‘l yetmas yuksaklikda deb tasavvur qilingan, pirovardida esa bosh egib kelgan mahbubani rad etishlari kabi motivlar ham mushtarak.


  • Ikki yigit ma’shuqa nazariga tushish uchun favqulodda vaziyat tug‘ilishini orzu qiladi. Martin va Ruf, Saidiy va Munisxonning muloqot qilib turishlariga vosita bo‘ladigan badiiy detal – kitoblar, mutolaa edi. Kitob vosita bo‘lgani har ikki asarda bir-biriga o‘xshash epizod orqali muayyanlashtiriladi. Har ikki romandagi velosiped detali, velosipedda shahardan tashqariga sayrga chiqish epizodi, Martin va Saidiyning matbuotda chiqadigan asarlarini ustunlar bilan o‘lchashi, yozuvchilikdan maqsad – boylik orttirish orqali ma’shuqa vasliga erishish ekani, jamiki orzu-a’mollaridan judo bo‘lgan oshiqlarning bir payt qo‘l yetmas yuksaklikda deb tasavvur qilingan, pirovardida esa bosh egib kelgan mahbubani rad etishlari kabi motivlar ham mushtarak.

Download 11.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling