Ammo bu mushtarakliklar Abdulla Qahhor romanining original asar ekanini rad etishga asos bo‘lolmaydi. Chunki o‘xshash syujetlar boshqa yozuvchilar ijodida ham uchrab turadi1 . Har ikki romanda davr psixologiyasiga moslasha olmagan qahramonlarning tragik qismati qalamga olingan. Qiyoslanayotgan ikki romanda bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil milliy psixologiya tasvirlangan. Milliy psixologiya ko‘proq oilaviy-maishiy masalalarda namoyon etilgan Jek London qahramon ruhiy dunyosini batafsil, tadrijiy o‘sishda ko‘rsatadi va badiiy psixologizmning monolog,gallyutsinatsiya va psixologik parallelizm shakllaridan keng foydalanadi. Abdulla Qahhor esa o‘z qahramonlarining ruhiy-psixologik holatlarini ko‘proq ularning xatti-harakati, qiliqlari orqali ko‘rsatadi. Fikrlar, hislarning uzluksiz oqimini, dialektikasini ko‘rsatish (analitik prinsip) «Sarob»da ko‘p uchramaydi.
Jek London qahramon ruhiy dunyosini batafsil, tadrijiy o‘sishda ko‘rsatadi va badiiy psixologizmning monolog,gallyutsinatsiya va psixologik parallelizm shakllaridan keng foydalanadi. Abdulla Qahhor esa o‘z qahramonlarining ruhiy-psixologik holatlarini ko‘proq ularning xatti-harakati, qiliqlari orqali ko‘rsatadi. Fikrlar, hislarning uzluksiz oqimini, dialektikasini ko‘rsatish (analitik prinsip) «Sarob»da ko‘p uchramaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |