3.Ahmad Abdullayev. “ She’rimda uzoq bir ishqning siri bor” Sharq yulduzi 2010\1
Maqolada o’zbek xalq shoiri Usmon Azimning she’rlarida ishq va muhabbat zamonaviy
tarzda jiddiy va bardamlik uslubida ifodalanishi ,xususan, uning “Yoshlik” , “ Kichkina baxt”,
“Sarson qushlar” she’rlarida ko’rishimiz mumkin.
4. No’mon Rahimjonov .Tanqidiy tafakkur va estetik me’zonlarning yangilanishi. Sharq
yulduzi 2010\2
Bugungi kunda o’zbek badiiy so’zining milliy ruhiyati masalalari adabiy- tanqidiy
tafakkur e’tiboridan chetda qolmoqda.Adabiyotimizning milliyligini o’ziga xosligining
umumbashariy mohiyatini so’z san’atkorlarining onggi dunyoqarashidagi o’zgarishlar bilan
badiiy- estetik izlanishlarning falsafiy mazmuni bilan muqobillikda ko’rsatish ,ahamiyatini
belgilash borasida tanqidchiligimizning shashti pastligi haqida muloxazalar beriladi.
5.Abdurahim Soliyev.Satirik xarakter va mahorat. Sharq yulduzi 2010\2
Abdulla Qahhorning “Og’riq tishlar” satirik komediyasi yaratilgan davrda adabiyotimizda
teatr sohasida yangi bir hodisa bo’lganidek ,shu kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas.U
ayrim kishilardagi mansabini suiste’mol qilish hollariga zarba berishda , ota-onalardagi yosh
qizlarni balog’atga yetmasdan ,orzu- xavas deb turmushga chiqishlariga qarshi kurashda xozir
ham muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida bayon qilinadi.
6.Abdulla Ulug’ov. “Hur gulsan, hayot” Sharq yulduzi 2010\2
Insonning hayoti quvonch-u tashvishlardan iborat.Buni qalbdan his qilgan iste’dodli
shoira Xalima Ahmedova o’z she’rlarida insonning ko’ngil kechinmalariga murojat
etadi.Shoiraning aksariyat she’rlari o’zining ma’nodorligi ,ohangdorligi,ravonligi va badiiy
xususiyati jixatidan mukammal , uning she’rlari o’xshatishlarga boyligi, turli taqqoslashlarga
to’laligi bilan maftun etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |