19
8.Olimjon Davlatov.Bir bayt sinoat Sharq yulduzi 2010\2
Uy bino aylab ajabtur elni mehmon aylamak,
Ulki bu uy ichra besh kun mehmone emas.
Alisher Navoiy she’riyatida tushunilishi oson bo’lgan bayt va g’azallar anchagina.
Jumladan , yuqorida keltirilgan baytda “besh kun” va “besh emas” iboralarida so’z o’yini –tajnis
o’yini qo’llanilgani bois aloxida diqqat talab qiladi.Navoiy besh kunlik dunyo haqiqatini teran
anglagan , ushbu haqiqat asosida hayot kechirgan va shu sabab ikki
dunyo saodatiga muyassar
bo’lgan ulug’ zot edi.
9.Xakimjon Karimov .Bugungi nasrning xususiyati va tamoyillari. Sharq yulduzi 2010\3
Bugungi romanlar kechagi romanlardan bir qancha xususiyati bilan keskin farq
qiladi.Ya’ni
odamning
qalb iztiroblari,quvonchlarining betakror tahlili va ruhiyatining turfa
ko’rinishlari bilan ,shuningdek voqea- xodisalar tasvirining batafsilligi
hamda ularning har biri
maqsad sari yo’naltirilgani haqida bayon qilinadi.Xozirgi davr adabiyotida yangicha shakllarni
qo’llash,shakllantirishda turli tajribalar qilib ko’rishga urinishlarni kuzatish mumkin.Xulosa
qilganda bugungi adabiyot o’z o’zaniga tushdi,ya’ni mavzular
bir xilligidan qochib ,o’z nigohini
keng olamga –inson qalbiga qaratdi.Ijodkor o’z asari orqali ilgari surmoqchi bo’lgan
konsepsiyasini plyuralizm tamoyiliga asoslanib aks ettirishi
bugungi adabiyotning bosh
xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: