13
Olam borliqda inson insondan aziz insondan mukarram zot yo’q.
Hayotdan murod uning
o’zligini anglashi. Insonning o’zligini oliy xilqat ekanligini anglashi buyuk ne’mat, baxt. Navoiy
merosi xususan “Hayrat ul Abror”i ayni fazilatlarni anglatishi bilan abadiy bo’lib qolaveradi.
Barchasini garchi latif aylading
Barchadin insonni sharif aylading
14. Gulchehra Imomova. O’zbek hikoyalarida inson an’anaviy sathidagi badiiy uyg’unlik.
Sharq yulduzi 2008\5-6
Hikoyada insof va andishaga to’liq soddalik o’zbek harakterining
yetakchi hislati va bu
hislat esa uzoq ajdodlardan o’tib kelayotgan barqaror an’ana ekanligiga urg’u beriladi. Adib
an’analar sathidagi badiiy sintez uchun xalqimizning o’tkinchi muvaqqat hislatlariga emas balki
hech qachon o’lmaydigan fazilatlariga tayanib ish ko’radi. Sintezning
ushbu satxi kishilarni
ma’naviy jihatdan yuksalishlarida muhim o’rin tutishini anglatadi.
15. Nilufar Dilmurodova “Ruhiy olam tebranishlari”. Sharq yulduzi 2008\5-6
Xurshid Do’stmuhammadning “Bozor” romanida ikki qutbda ezgulik va yovuzlik o’rtasida
kechadigan ziddiyatli ruhiy kurashlar va badiiy estetik mativlar bo’rtib ko’rinadi. Go’zallik, e’tiqod,
kitob va muhabbat,
poklik va halollik, olamu odamlarni manfurlik hamda qabohat changalidan
degan dolzarb estetik ideal roman mag’ziga
singdirib yuborilganligi, ayniqsa, taxsinga sazovor.
Do'stlaringiz bilan baham: