Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari
OG'IRLIK O'LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI
Download 128.1 Kb.
|
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.
OG'IRLIK O'LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI.
(Jadval N. Axrorov kitobidan olindi.) Pitl – og’irlik o’lchov birligi, Agar 1 xorazm dirhami = 3,125g ligi hisobga olinsa, u holda 1 pitl = 330x3,125 = 1031,25g bo’ladi. Beruniy va ibn Sino asarlarida 1 ritl = 340 gramm deb berilgan. Misqol - og'irlik o'lchovi va o'lchov birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi mamlakatlarda qo'llanilgan. Bobokalonlarimiz oldida misqolning og'irligini belgilash muammosi ko'ndalang bo'lgan. Ular bu muammoni arpa va bug'doy donlaridan foydalanib hal qildilar. Ular 1 misqolning og'irligini o'zlari yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yo’z donasining og'irligiga tengladilar. Agar bir dona arpa donini qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olishganini hisobga olinsa, u holda 1m=100 arpa doni =100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri, joyi va sharoitga qarab, uning katta-kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. Quyida misqol qanday qiymatlarga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan: Xorazimda 14 - asrda va undan oldin 1 arpa doni 0,0455 g deb qabul qilingan, 1 m-4,55 bo'lgan, 19 - asrga kelib 1 arpa doni =0,0453 g, 1 m = 4,53 g bo'lgan. Buxoroda misqolning ikki xil qiymati bo'lgan : 1 misqol =96 arpa doni= 4,8 g; ikkinchisi 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan. Samarqand xalqi 6-8 -asrlardan, balki undan ham oldin og'irligi 4,46 g bo'lgan misqollarni qo'llashgan. Bu misqollar ( l misqol = 4,46 g) hozirgi kunda ham mamlakatimizda, shuningdek, ba'zi sharq mamlakatlari ham qo'llanilmoqda. Farg'ona vodiysida Xorazmning 100 arpa doniga teng va qiymati 4,55 g bo'lgan misqoli qo'llanilgan ( 1 misqol= 100 arpa doni = 4,55 g). Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25 g ga teng qilib berilgan. Misqolning boshqa mamlakatlardagi qiymatlari quyidagicha bo'lgan: Misrda uning qiymati 0,195 g li 24 karat bilan aniqlanadi. Bu holda 1 misqol = 24 karat = 24 x 0, 195 = 4,68 g. Suriyada misqolning qiymati 3,14 g bo'lgan dirhamni ko'paytirish yo'li bilan aniqlangan ; 1 misqol = dirham =17/12 x 3,14 = 4,4483 g bo'lgan. Iroqda bir misqol =4,46 g bo'lgan. Eronda 14-asrda 1 misqol 4,3 g ga,18 asrda 4,613 g ga , 1890 yildan keyin esa 4,639 g ga teng bo'lgan; lekin amalda 16 -asrdan boshlab misqolning 4,6 g li qiymati ko’proq qo'llanilgan. Qipchoqda 14-asrda 1 misqol = 4,41 g bo'lgan, lekin amalda og’irligi 4,46 g bo'lgan misqol ishlatilgan. Hindistonda 1 misqol = 4,583 g (Kalkutta shahrida 1 misqol = 4,415 g) bo'lgan. Shimoliy Afrikada 1 misqol = 4,72 g, Sharqiy Afrika (Mozambik)da 1 misqol = 4,41 g bo'lgan. 706 yilda Amudaryo tomon kelgan Qutayba boshliq arablar mafialliy aholining boyligiga hayratga qoldi. Ular juda katta o'ljaga - oltin idishlar, haykalcha va boshqa buyumlarga ega bo'ldi. Eritilgan tilloning o'zi 150 ming misqolga teng kelgan. Taxmin qilishlaricha, Qutayba xazinadagi barcha tillo buyumlarni bir joyga yig'ib eritishni buyurgan. Bundan 50 ming misqol oltin hosil bo'lgan ekan3. Qadoq - og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat jixatidan 1 funtga teng bo'lgan ; 1 qadoq = l funt. Funtning qiymati ishlatilishi joyiga qarab har xil bo'lgan. Masalan, Rossiyada 1 funt = 409,512 g bo'lsa, Angliya va AQSH da 1 funt = 0,45359237 kg, 453,592 g. O’rni kelganda shuni ta'kidlash kerakki, Angliya funti 453,592 g bo'lib, u Misr xinasi /Misr xinasi=0,454 kg hajmidagi suv og’irligiga teng. Bulardan ko'rinib turibdiki, o'zbek qadoqining qiymati qadimdan to hozirgacha o'zgarishsiz bo'lib, o'lchov birligi sifiatida qo'llanilib kelmoqda. Chunki 40 qadoqga tenglab olingan va qadimdan to hozirgi kungacha qo'llanib kelayotgan pud hozirgi kunda ham 16,3805 g ga teng. Bunga asosiy sabab, qadoqni 1 arpa doni = 0,0409512 g va 1 misqol =100 arpa doni bo'yicha aniqlash bo'lib, unda 1 qadoq = 100 misqol 100x100 Arpa doni=409,512g ekanligidir. Download 128.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling