Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari


Download 128.1 Kb.
bet2/19
Sana20.11.2023
Hajmi128.1 Kb.
#1789371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.

Eramizdan avvalgi yillar.
2357 – 2255 – Yaolar afsonaviy sulolasi.
2255 – 2205 – Shun afsonaviy sulolasi.
2205 – 1766 – Syalar afsonaviy sulolasi.
1766 – 1122 – Shan – Inlar afsonaviy sulolasi.
1122 – 247 – Chjoular sulolasi an’anaviy davri.
246 – 207 – Sinlar sulolasi an’anaviy davri.
Eramizning 206 – 220 – Xanlar sulolasi an’anaviy davr.
Bizning era yillari.
420 – 479 – Sun sulolasi.
479 – 501 – Si sulolasi.
502 – 556 – Lyan sulolasi.
557 – 588 – Chen sulolasi.
589 – 618 – Suy sulolasi.
618 – 907 – Tan sulolasi.
907 – 959 – Besh sulola davri.
960 – 1279 – Sun sulolasi.
1280 –1368 – Yuan sulolasi (mo‘gullar).
1368 – 1644 – Min sulolasi.
1644 – 1911 – Sin sulolasi (manjuriya).
1912 – 1949 – Xitoy Respublikasi.
1949 yil 30 sentabr – Xitoy Xalq Respublikasi.
1 oktabr – Xitoyda milliy mustaqillik kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar hisoblanadi. Oltmish yillik davriy kalendar eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mo'g'ulistonda keng tarqalgan.





Xitoycha oy nomlari



Oylarning tarjimasi



Grigoriy kalendari
bo’yicha mavsumning
boshlanish sanasi


Lichun

Bahorning boshlanishi

4-5- fevral


Yuyshuy

Yomg’ir suvi

19-20 – may


Dzinchle

Hashoratlarning uyg’onishi

5-6 – mart


Chunfen

Bahorgi tengkunlik

20-21- mart


Sinmin

Yorug’

5-6- aprel


Guyuy

Boshoqlar uchun yomg’ir

20-21- aprel


Lisya

Yozning boshlanishi

6-7 – may


Syaoman

To’kinlik

21-22- may


Manchjun

Bug’doy boshoqlari

6-7- iyun


Syachji

Yozgi tenkunlik

21-22- iyun


Syaoshu

Issiq

7-8- iyul


Dashu

Jazirama

23-24- iyul


Lisyu

Kuzning boshlanishi

8-9- avgust


Chushu

Issiqlikning tugashi

23-24 - avgust


Baylu

Oq shudring

8-9- sentabr


Syufen

Kuzgi tenkunlik

23-24 sentabr


Xanlu

Sovuq shudring

8-9- oktabr


Shuansziyan

Qirovning tushishi

23-24- oktabr


Lidun

Qishning boshlanishi

7-8 - noyabr


Syaosyue

Oz qor

22-23- noyabr


Dasyue

Ko’p qor

7-8 - dekabr


Dunchji

Qishgi tenkunlik

22-23- dekabr


Syaoxan

Sovuq

6-7- yanvar


Daxan

Qahraton

20- 21- yanvar

(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)

Kalendar boshqa kalendarlardan tuzilishi jihatidan butunlay farq qiladi. Unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki «yer» va «fazoviy» tarmoqlarga bo'Iinadi. Davriylikda beshta «fazoviy tarmoq» mavjud. Bular: daraxt (mu), olov (xo), yer (gill), metall (szin), suv (shuy)dir. Har bir fazoviy tarmoq ham ikkiga bo'linadi. Masalan, daraxt - o'simlik, daraxt - buyum shaklidagi, olov - tabiiy olov va yoqilgan olov, metall - tabiatdagi va metall buyum, yer - haydalgan va haydalmagan yer, suv - oqayotgan va oqmayotgan suv tarzida.


Oltmish yillik davriylik kalendarida o'n ikkita yer tarmoqlari ham bo'lgan. Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan; sichqon (szi), sigir (chou), yo'lbars (in), quyon (mao), ilon (chen), ot (u), qo'y (vey), maymun (shen), tovuq (yu), it (syuy), to'ng;iz (xay). Kalendarda oltmish yil davomida «yer tarmoqlar»i besh marta takrorlanadi. Oltmish yil davomida «fazoviy» va «yer» tarmoqlaridagi uyg'unlik hech takrorlanmaydi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv, olov, tuproq, metall va yog'och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitoy davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan.

(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)

Yupiterning 12 yillik harakat yo'li 30° dan qilib, 12 bo'lakka bo'lingan (360°·12 = 360°) va har bir bo'lagiga «fazoviy tarmoq» deb ataluvchi o'n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Keyin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Quyoshning yillik ko'rinma harakati yo'lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: hamal, sarv, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv va hut.


Savol va topshiriqlar.
1.Xitoy kalendarining o’ziga xos jihatlari nimadan iborat?
2.Xitoy mavsumiy qishloq xo’jaligi kalendari to’g’risida ma’lumot bering.
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
О‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri:
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.//Xalq so’zi. 2016 yil 19 oktabr. № 206 (6641).
2. Ilm-fan yutuqlari–taraqqiyotning muhim omili: (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida–2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashdi) // Xalq so‘zi.2016. 31 dekabr.
Asosiy adabiyotlar
1. Z.Raxmonqulova. Xronologiya. (Darslik) T., 2017.
2. Z.Raxmonqulova. Xronologiya. T.,2013.
3. Rahmonqulova Z. Xronologiya.T.:A.Navoiy nomidagi davlat nashriyoti. 2006.
4. Иофе В.Г., Чориев З.У. Хронология ва метрология. Т.,2003.
5. A.Do'stov. Metrologiya. T-"Yangi asr avlodi" - 2008.
6. A.Do 'stov. Xronologiya va metrologiya. Qarshi davlat universiteti-2012

Download 128.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling