Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari


Yulian kalendaridagi kamchiliklar va Grigorian kalendari


Download 128.1 Kb.
bet12/19
Sana20.11.2023
Hajmi128.1 Kb.
#1789371
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.

Yulian kalendaridagi kamchiliklar va Grigorian kalendari. 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21 martni bahorgi teng kunlik kuniga mos keltirdik deb, о‘yladilar. Xristianlarda diniy pasxa bayramini о‘tkazishda buning ahamiyati katga edi. Ular bir necha asrdan sо‘ng xaqiqiy bahorgi teng kunlik nuqgasi kalendarga tо‘g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrniyet ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi teng kunlik nuktasi 21 mart emas, 11 martga tо‘g‘ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qо‘ydi, ya’ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi bu esa Nikey sobori karoriga zid edi. Pasxa bayrami 21 martdan keyingi tо‘lin oydan sо‘ng birinchi yakshanbada nishonlashi kerak edi. Yulian. kalendaridagi kamchiliklarni 1324 yilda vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi va bunga imperator Andronika S diqqatini qaratdi. Lekin imperator kalendarni isloh qilishga ruxsat bermadi.Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida Vizantiyada yashovchi olim - Matvey Vlastar ham ta’kidladi. 1373 yilda Vizantiyalik olim Isaak Argir kalendarini islox kilish zarurligini asoslab berdi. Yulian kalendarini qaytadan isloh qilish zaruratini katolik cherkovi vakillari ham ta’kidladilar. Bu fikrni Kliment VI ham qо‘llab-quvvatladi. 1414 yilning martida kardinal Pyer d'Ali tashabbusi bilan kalendar masalasi muhokama kilindi. 1437 yilda bu masala Bazzel soborida kо‘rib chikildi. Unda uyg‘onish davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) uzining loyihasi bilan tanishtiradi. 1457 yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini tо‘g‘rilashga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi Regiomont (1436-1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt о‘limi tufayli papa bu ishni keyinga surishga majbur bо‘ladi. XVI asrda kalendar masalasi bilan Lyuteran (1512-1517) va Triden (1545-1563) soborlari shug‘ullanadi. 1514 yilda Lyuteran sobori' kalendar islohot bо‘yicha maxsus komissiya tuzadi va Yevropada mashxur bо‘lgan astronom Nikolay Kopernik (1473-1543)ni Rimga taklif qiladi. Nikolay Kopernik о‘sha davrda tropik yilining uzunligi aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtiroq etishdan bosh tortadi.

Download 128.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling