8-dekabr Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir ishlanmasi


Download 21.75 Kb.
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1167072
  1   2   3
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasi


8-dekabr - Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir ishlanmasi (ssenariysi)
Tadbir oʻtkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga konstitutsiyamizga bagʻishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qoʻyilgan. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, oʻquvchilarning qomusimiz haqida yozgan maʼruzalari, ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etilgan. (Magnetofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha qatnashchilari chiqadi).
1-boshlovchi. Qoʻlingda erk, boshda yalov, tilingda shurud,
Vataning bor, maktab-bogʻchang, or-nomusing bor
2-boshlovchi. Oʻzbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
Oʻz davlating, qomusing, oʻz madhiyang bor.
Davlatimiz madhiyasi yangraydi
1-boshlovchi. Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun soʻz navbatini maktabimiz direktori Oʻrazmetov Odilbek akaga beramiz.
“Assalom” qoʻshigʻi yangraydi.
2-boshlovchi. Assalomu aleykum azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 32 yillik bayrami, shu munosabat bilan tashkillashtirgan tadbirimizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi. Baxtiyorman hur elimning adolatli shioridan
Xalqim dildan ulugʻlagan, tafakkuri, qaroridan
Qoyil qolsin roʻyi zamin, odillikdan, adolatdan
1-oʻquvchi. Mana koʻring, havas qiling,. Unib oʻsgan hidoyatdan
Saodatli elga baxt yor,
Iymon-u eʼtiqodim bor.
2-oʻquvchi. 1991-yil 31-avgust Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Mustaqillik kuni muborak boʻlsin.
Toabad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi eʼtiqod-u, teng imkoniyat.
Mustaqil Vatan” qoʻshigʻi
3-oʻquvchi. 1992-yil 2-mart Oʻzbekiston Respublikasi BMT aʼzoligiga qabul qilindi.
Sen ham endi tenglar ichida tengsan.
Bari butun yurtdan va bagʻri kengsan
Sendek xalqimning ham bari butundur,
Dunyo binosida bitta ustundir.
Millatlar uyida barcha qatori
Uning xos oʻrni bor - qatorda nori.

Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling