8-dekabr Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir ishlanmasi


Download 21.75 Kb.
bet3/3
Sana05.02.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1167072
1   2   3
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasi

5-oʻquvchi.6-modda: Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri.
Ey koʻhna diyorim, ona Toshkentim,
Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!
Binkent-u, Banokat, koʻzi yosh kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!
6-oʻquvchi. 7-modda: Xalq davlat hokimiyatning birdan-bir manbaidir.
Adolatning qoʻyib tamal toshini,
Yoʻlboshchi koʻtardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birinchi oʻringa qoʻyib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas dedi undayin qonun,
Qonunda insondur zoti Humoyun.
Davlatning sharafi,shoni insondur
Tanasi, yuragi, joni insondir.
7-oʻquvchi. 29-modda: Har kim fikrlash, soʻz va e’tiqod erkinligiga ega. Har kim oʻzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
Fikrlash, soʻz, e’tiqod erkinligi bor bizda.
Tafakkur, erkin ijod joʻsh urar qonimizda
“Avval oʻyla”, deganlar, fikrlaymiz, oʻylaymiz.
Soʻzga navbat kelganda, odob bilan soʻzlaymiz.
8-oʻquvchi. 31-modda: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-oʻquvchi. 40-modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Sahna koʻrinishi
10-oʻquvchi. 41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Andijon poʻlka” raqsi
Konstitutsiyamizdan qisqacha lavhalar...
Xorazmcha” raqs
1-boshlovchi. Mana konstitutsiyaga bagʻishlangan tadbirimiz ham oʻz nihoyasiga yetmoqda
2-boshlovchi. Hozirgi soʻz navbatini maktabimiz direktori Oʻrazmetov Odilbek akaga beramiz...
1-boshlovchi. Tenglarning ichida bugun teng oʻzim,
Jahonoy toʻnlarga yoqa, yeng oʻzim
Dunyolar bagʻrimda bagʻri keng oʻzim
2-boshlovchi. Ey, mening oʻzligim, gʻurur, nomusim
Konstitutsiya - Oliy qomusim!
Tadbir soʻngida: “Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston” qoʻshigʻi.
Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling