8-dekabr Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir ishlanmasi


Download 21.75 Kb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1167072
1   2   3
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasi

4-oʻquvchi. Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim
Eng oliy qomusga chekkanda imzo,
Yaxshilarni koʻrdi oʻzidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chogʻida.
U tugʻuldi yaxshilikning bogʻida
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
Oʻzbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz oliy chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!
1-boshlovchi. Asosiy qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari koʻrsatib berilgan. Chunki, hammamizga maʼlumki, davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy -iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.
Oʻquvchi. 1-modda. Oʻzbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston degan nomlari bir xil ma’noni anglatadi.
Karnay-surnay ovozi berdi jahonga,
Jahonni qaratadi Oʻzbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod
Yoʻlboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon boʻlmasin biz kezgan chaman
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.
Vatan” haqida qoʻshiq
2-oʻquvchi. 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining milliy davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Oʻzbekistonning davlat chegarasi daxlsiz va boʻlinmasdir.
3-oʻquvchi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo lashkarga buyruq bergan
Navoiy tuzgan navo, Bobur gavharlar tergan
“Til xalqning shavkat-shoni”, u bobolar kalomi
Ona tilim unvoni -Davlat tili maqomi.
4-oʻquvchi. 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan oʻz davlat ramzlari - bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega.
Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, doʻst-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin toʻriga,
Umr qoʻshdi Oʻzbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrogʻimiz sharori
Olamaro madhiyamiz yangradi
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
Oʻzbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!
Yurt bayrogʻi” qoʻshigʻi.

Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling