Sharqiy osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: Xitoy kalendari
Download 128.1 Kb.
|
Xitoy va sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizning era yillari.
- (Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
- Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl.
- Jadva l Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.)
- Savol va topshiriqlar.
Eramizdan avvalgi yillar.
2357 – 2255 – Yaolar afsonaviy sulolasi. 2255 – 2205 – Shun afsonaviy sulolasi. 2205 – 1766 – Syalar afsonaviy sulolasi. 1766 – 1122 – Shan – Inlar afsonaviy sulolasi. 1122 – 247 – Chjoular sulolasi an’anaviy davri. 246 – 207 – Sinlar sulolasi an’anaviy davri. Eramizning 206 – 220 – Xanlar sulolasi an’anaviy davr. Bizning era yillari. 420 – 479 – Sun sulolasi. 479 – 501 – Si sulolasi. 502 – 556 – Lyan sulolasi. 557 – 588 – Chen sulolasi. 589 – 618 – Suy sulolasi. 618 – 907 – Tan sulolasi. 907 – 959 – Besh sulola davri. 960 – 1279 – Sun sulolasi. 1280 –1368 – Yuan sulolasi (mo‘gullar). 1368 – 1644 – Min sulolasi. 1644 – 1911 – Sin sulolasi (manjuriya). 1912 – 1949 – Xitoy Respublikasi. 1949 yil 30 sentabr – Xitoy Xalq Respublikasi. 1 oktabr – Xitoyda milliy mustaqillik kuni sifatida keng nishonlanadi. Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar hisoblanadi. Oltmish yillik davriy kalendar eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mo'g'ulistonda keng tarqalgan.
(Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.) Kalendar boshqa kalendarlardan tuzilishi jihatidan butunlay farq qiladi. Unda yil bir davriylik (sikl)ni tashkil qiladi va u oltmish yildan iborat. Butun oltmish yil ikki «yer» va «fazoviy» tarmoqlarga bo'Iinadi. Davriylikda beshta «fazoviy tarmoq» mavjud. Bular: daraxt (mu), olov (xo), yer (gill), metall (szin), suv (shuy)dir. Har bir fazoviy tarmoq ham ikkiga bo'linadi. Masalan, daraxt - o'simlik, daraxt - buyum shaklidagi, olov - tabiiy olov va yoqilgan olov, metall - tabiatdagi va metall buyum, yer - haydalgan va haydalmagan yer, suv - oqayotgan va oqmayotgan suv tarzida. Oltmish yillik davriylik kalendarida o'n ikkita yer tarmoqlari ham bo'lgan. Ular biror bir hayvon nomi bilan atalgan. Masalan; sichqon (szi), sigir (chou), yo'lbars (in), quyon (mao), ilon (chen), ot (u), qo'y (vey), maymun (shen), tovuq (yu), it (syuy), to'ng;iz (xay). Kalendarda oltmish yil davomida «yer tarmoqlar»i besh marta takrorlanadi. Oltmish yil davomida «fazoviy» va «yer» tarmoqlaridagi uyg'unlik hech takrorlanmaydi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarida oltmish yillik siklning kelib chiqish tarixi quyidagicha: qadimda olam suv, olov, tuproq, metall va yog'och kabi beshta unsurdan tashkil topgan deb hisoblangan hamda ular ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Quyidagi jadvalda oltmish yillik Xitoy davriy kalendaridagi yillarning nomlanishi berilgan. (Jadval Z.Rahmonquluva kitobidan olindi.) Yupiterning 12 yillik harakat yo'li 30° dan qilib, 12 bo'lakka bo'lingan (360°·12 = 360°) va har bir bo'lagiga «fazoviy tarmoq» deb ataluvchi o'n ikki oyning belgilari qo'yib chiqilgan. Keyin milod boshlarida bu belgilarga hayvonlarning nomlari qo'shib qo'yilgan. Bular Quyoshning yillik ko'rinma harakati yo'lida joylashgan ushbu yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos keladi: hamal, sarv, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv va hut. Savol va topshiriqlar. 1.Xitoy kalendarining o’ziga xos jihatlari nimadan iborat? 2.Xitoy mavsumiy qishloq xo’jaligi kalendari to’g’risida ma’lumot bering. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI О‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri: 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.//Xalq so’zi. 2016 yil 19 oktabr. № 206 (6641). 2. Ilm-fan yutuqlari–taraqqiyotning muhim omili: (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida–2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashdi) // Xalq so‘zi.2016. 31 dekabr. Asosiy adabiyotlar 1. Z.Raxmonqulova. Xronologiya. (Darslik) T., 2017. 2. Z.Raxmonqulova. Xronologiya. T.,2013. 3. Rahmonqulova Z. Xronologiya.T.:A.Navoiy nomidagi davlat nashriyoti. 2006. 4. Иофе В.Г., Чориев З.У. Хронология ва метрология. Т.,2003. 5. A.Do'stov. Metrologiya. T-"Yangi asr avlodi" - 2008. 6. A.Do 'stov. Xronologiya va metrologiya. Qarshi davlat universiteti-2012 Download 128.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling