Sharqiy osiyoda islom dinining tarqalishiga oid tadqiqotlar tahlili


Download 58.54 Kb.
bet3/7
Sana28.01.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1136734
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Islom dini tarixi

Tasavvuf tariqati. Tasavvuf (arab.), uni sufiyliq sufizm deb ham yuritiladi. Tasavvuf – islomdagi diniy-falsafiy oqim bo'lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon mamlakatlari ijtimoiy taqqiyotining xususiyatlari bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan.
Tasavvuf ta'limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga munosabatidir. Yangi odamlarni xalolikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo'lib yashashga chorlagan. Ayniqsa bu ta'limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o'z halol mehnati evaziga yashashni talab qiladi.
Tasavvuf ta'limotining yuzaga kelishining yana muhim sabablaridan biri ko'p mamlakatlarni birlashtirgan arab imperiyasida fanlarni rivojlantirish, diniy ta'limotni hayotga tatbiq qilish borasida turli xil yondoshuvlar bo'ldi.
Tasavvuf vaxdat-ul mavjud va vaxdat-ul vujud diniy-falsafiy g'oyalar hamda Arastu qarashlaridan oziq olib rivojlangan Sharq falsafasi ta'sirida islomning alohida oqimi sifatida vujudga keldi. U murakkab diniy-falsafiy oqim bo'lib, xilma-xil shakllarga, mazmun va yo'nalishga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, uning 17 ta asosiy suluki (yo'nalishi) mavjud.
Tasavvufda ikkita asosiy g'oyaviy yo'nalish ko'zga yaqqol tashlanadi: bu o'tkinchi dunyo, mol-mulq mansabga ixlos qo'yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g'oyaga tayanganlar tarkidunyochilikni targ'ib etganlar; azro'i azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutula olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi yo'nalish bu dunyo Alloh-taolo tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda visoliga musharraf bo'la olishiga, binobarin, undan qo'rqish asosida emas, Allohni sevish, uning visoliga yetish uchun og'ir, mashaqqatli poklanish yo'lidan borishni tashviq etganlar.
Tasavvufning so'l qanoti diniy-falsafiy ta'limot sifatida aqidaparastlik islomga nisbatan muxolifiyat bo'lib, Yaqin va O'rta Shprqda, ayniqsa O'rta Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida o'z o'rni va mavqeiga egadir. O'rta Osiyo mutafakkirlarini sho'rolar davrida o'sha davrdagi islom aqidalariga qarshi qo'yildi. Ijtimoiy hodisa, ma'naviyatga sinfiy(partiyaviy) munosabat tarixiy jarayonlarga shunday g'ayriilmiy yondoshuvni, ularni mafkura va siyosat talablariga bo'yosundirishni taqozo etardi.
Shu yo'sinda rivojlangan tasavvuf Sharqda, shu jumladan Turkiston musulmonlari orasida tafakkur tarzi va axloq me'yorini belgilaydigan ijtimoiy hodisaga aylangan.

Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling