Sharqiy osiyoda islom dinining tarqalishiga oid tadqiqotlar tahlili
Download 58.54 Kb.
|
Islom dini tarixi
R e j a :
1. Islomni O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari. 2. Tasavvuf. 3. Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon. Islomning O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari.O'rta Osiyo arab istilochilari tomonidan zabt etilishi VII-asr oxiri va VIII- asr boshlarida ummaviylar sulolasi hukmron bo'lgan 661-750-yillarda arablar harbiy yurishining ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi. O'rta osiyo xalqlari hayotiga islom ta'limotining kiritilishi muayyan darajada ijobiy rol o'ynadi. Jumladan, arablar hukmronlik qilgan dastlabki asrlarda ilohiyot, fan, falsafada arab tili hukmron bo'lgan. Ammo keyinchalik mahalliy xalqlarning o'z tillarida ham madaniyat rivojlanib, unga islomning ta'siri kuchli bo'lgan. O'rta Osiyo xalqlari madaniyati, ilohiyot va fanlarning rivojlanishiga islomning ta'siri kuchli bo'lgan. IX-XII Va XIV-XV asrlardagi uyg'onish davrida undan keyingi hayotda jahonga mashhur olim, mutafakkirlar, ilohiyot sohasining yirik namoyondalari yetishib chiqqanlar. XIX asrning 70-yillarida Turkiston boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish darajasidan ancha orqqada edi. Yagona markazlashgan davlat emas edi. Turkiston 3 ta xonlikka: Qo'qon, Buxoro va Xiva xonliklariga bo'lingan edi. Ular o'rtasidagi nizolar mamlakatning iqtisodiy-madaniy hayotning rivojlanishiga katta salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Bu hham o'z navbatida mehnatkashlar ommasi ongining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan edi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni chor Rossiya zabt etgan. Chorizmning Turkistonni ishg'ol etishi qisqi muddatli harbiy siyosiy harakat bo'lmay, qariyb chorak asrni o'z ichiga olgan va Turkiston xalqlari hayotida muayyan iz qoldirgan ziddiyatli tarixiy hodisadir. Istilo Qo'qon xonligining g'arbiy chegarasi hisoblangan. Oqmachit qal'asi (Qizil O'rda)ning 1853 yilda bosib olinishi bilan boshlangan. Chorizmning Turkistondagi istilochilik harakati 1876 yilda shu xonlik markazi - Qo'qonning taslim bo'lishi bilan tugallangan. 1900 yili Turkiston aholisining 4,15 foizi ko'chib kelganlar edi. Ular eng yaxshi yerlarning 2659 ming desyatinasini o'z qo'llariga olganlar. Ushbu o'zgarishlar natijasida o'lkani siyosiy hayotida ham o'zgarishlar yuz bergan, jamiyatning sosial tabaqalanishi keng tus olgan. O'lkada tarih arxeologiya, etnografiyaga oid muzeylar ochilgan. Ilmiy jamiyatlar to'zilgan. 1870 yilda Toshkentda kutubxona (hozirgi A.Navoiy nomidagi kutubxona) ochilgan. Yirik shaharlar – Farg'ona, Xiva, Andijon, Samarqand, Toshkentda bir qancha bosmaxona va litografiyalar ochilgan. Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi shoirlarning she'riy to'plamlari nashr qilina boshlagan. O'zbek tilida gazeta chiqa boshlagan. O'lkada bu paytga kelib mahalliy, diniy maktablar soni ham ortib borgan. 3 ta viloyatda (Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand) jami masjidlar 11964, imomlar 11680, maktablar 4632, undagi o'quvchilar 44783, madrasalar 277, undagi o'quvchilar 7935, eshonlar – 391 ta bo'lgan. Bu shuni ko'rsatadiki, Chorizmning zulmiga qaramasdan islomga, uning qadriyatlariga munosabat xalqda so'nmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda g'oyaviy-siyosiy kurash yanada kuchayib, uchta yo'nalish vujudga kelgan: a) feodal-klerikal, b) jadidliq v) demokratik yo'nalish. Mamlakatda islom mafkurasi hukmronlik qilib turgan paytda ular o'lkaning iqtisodiy, ma'naviy, madaniy jihatdan qoloqligini tugatish, xalq ommasini iqtisodiy va ma'naviy zulmdan ozod etish, uni ma'rifatli qilish yullarini axtardilar. Ma'lumki, ular o'zlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini, ilg'or g'oyalarini badiiy adabiyotda, poeziya janrida ifodaladilar. Bu ma'rifatparvarlar mehnatkashlar ahvolini yaxshilash, ilm-ma'rifat, adolatli tuzum o'rnatish, xalqlar do'stligi g'oyalarini targ'ib etish kabi masalalarga katta e'tibor berganlar. Download 58.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling