Sharqona tashxis qo`yish uslublari. Qon,savdo,safro, balg`am xiltig`alabasida organizmda bo`ladigan o`zgarishlar
Download 84.48 Kb.
|
6. Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab tomir urishi
SHARQONA TASHXIS QO`YISH USLUBLARI. QON,SAVDO,SAFRO, BALG`AM XILTIG`ALABASIDA ORGANIZMDA BO`LADIGAN O`ZGARISHLAR Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat, bunda engil havo oqimi natijasida rux soviydi. Tomir urishi ikki Harakat va ikki tinishdan iborat, kengayish harakatida kengayish va siqilish orasida tinish, siqilish harakatida siqilish va kengayish orasida tinish. Jolinusning fikricha, tomir urishini aniqlashda bilakni ushlab ko`rish eng yaxshi, bunda bilakni ushlashda 3 qulaylik mavjud: -unga yetishining osonligi -tabibga ko`rish qulay -yurak yaqinida joylashuvi Tomir urishining holatini bildiradigan 9 ta dalil bor: -tomirlarning kengayish miqdoridan olinadi -Harakat qilib turgan tomirning kayfiyatiga ko`ra -har bir harakat ning davomiyligiga ko`ra -tomir tarkibiga ko`ra -buqilish va to`laligiga -ushlab ko`riladigan joyning issiq, sovuqligi -tinch turish vaqti -tomir urishining tekis yoki notekisligiga ko`ra -notekislikda tartib borligidan yoki to`la tartibsizligidan Umuman tekis tomir urishi bu hamisha aytilgan narsalarga nisbatan tekis bo`lgan tomir urishidir. Tomir urishining notekisligi ham ikkiga bo`linadi: -notekis tartiblangan va notekis tartibsizlangan Tartiblanganda ritm saqlangan yoki takrorlanib turadi. a) doimiy tartiblangan b) ba`zida ikki va undan ortiq davr bilan tartiblangan. Tartibsiz tomir urishi esa buning qarama - qarshisi demakdir. Tomir urishining bir qismi notekisligiga kelsak, bunda tomir urishi qaytalanuvchi, uzluksiz tomirlar urishiga bo`linadi. Uziluvchan tomir urishi zarbaning bir qismida xaqiqiy to`xtash bilan o`t adi. Qaytalanuvchi tomir urishida katta tomir urishi bir bo`lakda kichik bo`lib qoladi keyin asta-sekin o`z xoliga tushadi. Uzluksiz tomir urishida esa notekislik asta-sekin davomliko`payib boradi, chegaralar bilinmaydi. Murakkab tomir urishi: g`izoliy tomir urishining bir qismida notekis va sekin bo`lib, keyin to`xtaydi va tezlashadi, «to`lqinsimon» tomir urishi bu tomir bo`laklarining katta va kichikligi yoki ularning ko`t arilishi va kengligidagi notekisligi, «chuvalchangsimon» tomir urishi to`lqinsimonga o`xshash, lekin juda kichik bo`ladi, ketma-ket bo`ladi. «Arrasimon» tomir urishi bu o`zining ko`t arilishi va kengligi, o`zishi va kengligi jihatdan qismlarning notekisligi, qattiqligi bilan ajraladi. «Sichqon dumisimon» tomir urishi bunda notekislik kamayishidan boshlab ko`payib va yana aksincha almashinib turadi. «Shuvoq ildizsimon» tomir urishida kamayish va ko`payish chegaralari bo`ladi, ma`lum kamayish chegarasiga etgancha to`xtovsiz orqaga chekinadi, xuddi shunda ikkita eng oxirgi nuqtalarida sichqon dumi hosil bo`ladi. Tomir urishi zarbasining o`rtasiga to`g`ri keladigan urishi bilan kiyiksimon tomir urishi o`rtasida farq shundan iboratki, kiyiksimon tomir urishida ikkinchi zarba birinchi zarba tamom bo`lmay turib etib kyeladi, unda esa ikkinchi zarba birligi zarba tamom bo`lgandan keyingi tinchlik vaqtida paydo bo`ladi. Download 84.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling