Sharqona tashxis qo`yish uslublari. Qon,savdo,safro, balg`am xiltig`alabasida organizmda bo`ladigan o`zgarishlar


Download 84.48 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi84.48 Kb.
#1253812
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6. Tomir urishi hayotiy ruh idishlarining kengayishi va qisilishidan iborat

Tomir urishining tabiiy turlari: kamayish va ko`payish o`rtasidagi tomir urishi mo``tadil tabiiy tur xisoblanadi, bunga kuchli tomir urishi kirmaydi, uning uchun tabiiy quvvat ortiqcha xisoblanadi. Tabiiy tomir urishi turlari uchun tekis, tartiblangan va yaxshi vazndagi tomir urishi xosdir.
«Arrasimon» tomir urishining sababi: tomirga quyilgan narsani chiriganligi, xomlik va pishganlik jixatdan turlicha bo`lishi va tomir xolatining notekisligidir.
«Sichqondumisimon» tomir urishining sababi: kuchning zaif bo`lishidandir.
«To`lqinsimon» tomir urishida kuchning zaifligi tufayli kuch qizil qon tomirlarining urish bo`laklarini fakat birin-ketin kengaytira oladi, bunda tomir kuchni quruq va qattiq tomirdek qabul qiladi. «To`xtab uruvchi» tomir urishida kuchning toliqishi va dam olishga muxtojlik, birdaniga ta`sirlanish kabi holatlar kuzatiladi.
Erkak va xotinlar hamda turli yoshda tomir urishi
Erkaklarda: ularda xayotiy kuch va extiyojning ko`pligi tufayli tomir urishi katta va kuchli bo`ladi, xotinlarga nisbatan sekin va siyrak bo`ladi, xotinlarda esa aksincha. Bolalarda tomir urishi ularning mizoji ho`l bo`lganligi uchun muloyim va tezroq bo`ladi, chunki ularda issiqlik kuchli bo`ladi, bolalar gavdasida dudli bug` ko`p bo`ladi va gavdani yangilab turadi va salqinlatish va bug`ni chiqarish uchun tez uradi. O`rta yoshli odamlarda hayotiy kuchning zaifligi tufayli tomir urishi xajmi kichik, sun`iy xajmi extiyoji yo`qligi sababli tezlik ham kam bo`ladi. Yoshi ulg`aygan odamlarda tomir urishi siyrak, sekin, kichik, ba`zan tabiiy bo`lmagan yot suyuqlik tufayli yumshoq bo`ladi.
Mizojga ko`ra tomir urishi quyidagicha bo`ladi:
Issiq mizoj – sunishga muxtojlik bo`lib – tomir urishi katta
Sovuq mizoj – tomir urishi kam, sekin, siyrak
Xo`l mizoj – tomir urishi to`lqinsimon va keng bo`ladi.
Faslga ko`ra tomir urishining o`zgarishi:
Baxorda tomir urishi har tomonlama mo``tadil kuchi ortiqcha. Yozda so`nishga ehtiyoj tufayli tez va ketma-ket bo`ladi. Qishda esa tomir urishi siyrak, sekin, zaif bo`ladi, chunki xayotiy rux zaiflashadi. Kuzda esa notekis va zaif bo`ladi chunki araziy mizoj goh issiq, goh sovuqqa almashinib turadi. Kuz buzuvchi fasl bo`lib, issiqlik zaiflashadi va quruqlik kuchlashadi. Fasllar orasida tomir urishi o`rab turgan faslga bog`liq bo`ladi.
Uyqu vaqtida tomir urishi – uyqu vaqti va hazm qilish holatiga qaraladi. Uyqu boshida tomir urishi kichik va zaif, chunki bunda issiqlik Harakat i chuqurga va siqilishga yo`nalgan, bunda xazm qilish uchun ichkariga yo`nalgan bo`ladi. Ovqat uyqu vaqtida o`zlashtirilsa, unda tomir urishi yangitdan kuchayadi, chunki xayotiy kuch ko`payadi va yuzaga chiqadi, o`zining boshlang`ich manbasiga chiqadi.
Uyg`oqlikda tabiiy ravishda uyg`onsa tomir urishi asta sekin ko`payadi, kuchayadi. Agar biror sabab bilan uyg`otilsa tomir urishi tinib, keyin yana kuchayadi, katta, ketma-ket, qaltirash darajasida notekis bo`ladi, keyinchalik mo``tadillashadi.
Jismoniy Harakat da bosimda isssiklikning ko`payishi tufayli tomir urishi katta, kuchli, tez, ketma-ket bo`ladi. Uzoq vaqt davomli ishlaganda «chuvalchangsimon» bo`ladi.
Og`riq o`zining kuchi va boshqaruvchi bo`lishi, uzoq muddatliligi bilan tomir urishini o`zgartiradi. Og`riq boshlanishida tomir urishi katta, tez-tez bo`ladi. Og`riq yana kuchaysa tomir urishi siyraklashadi va o`sishiga olib kyeladi.
Ruxiy holatlar, masalan, g`azablanganda: nafsoniy kuch qo`zg`aladi, tomir urishi katta, tez, ketma-ket, baland bo`ladi, agar g`azabga qo`rquv aralashmasa tomir urishi notekis bo`lmaydi.
Lazzatlanishda: extiyoj ortishi bilan qanoatlanib, tomir urishi sekin va siyrak bo`ladi.
Xursandchilikda: tomir urishi yumshoq va katta, hamda sekin va siyraklashishga moyil bo`ladi.
Qayg`uda: issiqlik kamayadi, chuqurga botadi, tomir urishi kichik, zaif, siyrak, sekinlashgan bo`ladi. Qo`rquvda esa to`satdan tomir urishi tez-tez, qaltiroqli, notekis, tartibsiz bo`lsa, aksincha davomli va sekin bo`ladigan qo`rquvda tomir urishi xuddi g`ashga kabi o`zgaradi.



Download 84.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling