G`ayritabiiy balg`am xiltining ortib ketishiidan yuzaga keladigan alomatlar: Yuzda oqlikning ortiqchaligi, gavdaga tegib sezilganda shalpayganlik, tashnalik, namlik, ovqatni xazm qilish jarayonida nordon kekirish, siydikning rangsizligi, ko`p uxlash, yalqovlik, asablarning bo`shashganligi, tomir urishining yumshoqligi sekinlik va siyrakligi belgilari kuzatiladi.
G`ayritabiiy safro xiltining ortib ketishiidan yuzaga keladigan alomatlar:
Yuz va ko`zning sariq tusliligi, og`izning achchiqligi, tilning g`adir-budir bo`lishi va quruqligi, burun ichining qurishi, salqin shamoldan lazzatlanish, qattiq tashnalik, tomir urishining tezlashishi, sariq yoki ko`k safro qayt qilish, ichning achituvchi ketishii, xuddi igna sanchilayotgandek badan tuklarining tik turishi belgilari namoyon bo`ladi.
G`ayritabiiy savdo xiltining ortib ketishiidan yuzaga keladigan alomatlar:
Terida quruqlik, rangsizlik, qonning qoralik va quyuqligi , ortiqcha vasvasa va o`ychanlik , me`da og`zining achishuvi, yolg`on ishtaha va quyuq, qora yoki qizil rangli siydik ajralishi, qora va syertuk gavda, yomon yaralarning tez-tez chiqib turishi, taloq kasalliklarining avj olishi, qo`rqinchli tushlar ko`rish kabi byelgilar kuzatiladi .
G`ayri tabiiy xiltlarning hosil bo`lish jarayoni quyidagi jadvalda ko`rsatilgan:
Xilt nomi
|
Kelib chiqish o`rni
|
G`ayri tabiiy
qon xilti
|
A)qon tug`yoni-qonning miqdor jixatdan ko`payishi
B)harorat ta`siri+qon - kuygan qon
S)qonda balgam xiltining ko`payishi balgamli qon
D)qonda savdo xiltining ko`payishi savdoli qon
E)qonda safro xiltining ko`payishi safroli qon
|
G`ayri tabiiy
balg`am xilti
|
A)ozroq qonga+balg`am shirin balg`am
B)kuygan safro+balg`am xilti shur balg`am
S)harorat ta`siri+balg`am tursh balg`am
D)savdo+ balg`am tunj balgam (og`iz burishtiruvchi)
E)balg`am suvliligi oshsa tuzsiz balg`am
|
G`ayri tabiiy
savdo xilti
|
A)savdo xiltining qo`yishi kuygan savdo
B)kuygan safrodan hosil bo`lgan savdo safroli qon
S)kuygan qondan hosil bo`lgan savdo qonli savdo
D)kuygan balg`amdan hosil bo`lgan savdo balg`amli savdo
|
G`ayri tabiiy
savdo xilti
|
Safro xiltining qo`yishi natijasi:
A)zangori rangli bo`lishi ko`p qo`yishi sababli
B)kurros rangli bo`lishi kuygan, lekin xali xo`lligi bor
S)etilmagan safro esa ruxning issiqligiga, jigar quvvatining
yetishimovchiligi natijasida paydo bo`ladi
|
Foydalangan adabiyotlar
Ad a b i yo t l a r :
1.Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. I- tom1980 y, Toshkent. Medistina nashriyoti.
2.Abu Ali ibn Sino. Tibbiy risolalar. 1987 y. Toshkent. Medistina nashriyoti. .
3.Abu Bakr Ar-Roziy. Kasalliklar tarixi. 1994 y. Toshkent. Myeros.
5.Intyernet ma`lumotlari
6.Odam anatomiyasi atlas
Do'stlaringiz bilan baham: |