Shartli belgilar F
Download 7.2 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli belgilar F
- 7-SINF KIMYO KURSINING ASOSIY TUSHUNCHALARINI TAKRORLASH
- Ba’zi kimyoviy elementlarning ko‘rsatkichlari
- Javob: A r =16 I-BOB 7 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH
- 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH
- Ba’zi kimyoviy moddalarning ko‘rsatkichlari
- Valentlik 1) Berilgan kimyoviy formulalardan shu modda tarkibiga kirgan ele- mentlarning valentligini topish.
- 2) Elementlarning valentliklari ma’lum bo‘lsa, ikkita elementdan tashkil topgan moddaning formulasini tuzish.
- Avagadro qonuni. Molyar hajm. Gazning zichligi va nisbiy zichligi
- Ba’zi gaz moddalarning molyar hajmlari
Aziz o‘quvchi! Yodingda tut! Vatan onadek muqaddas. Uning o‘tmishi bilan faxrlana- miz. Negaki, Ar-Roziy, Al-Farg‘oniy, Al-Buxoriy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz dunyoning eng mo‘tabar olimlari bo‘lganlar. Bugungi kundan quvonchimiz cheksiz, chunki biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz. Kelajak qanday bo‘lishi sen va sening tengdoshlaring qo‘lida. Ota–onang, aziz Vataning – kutgan inson bo‘l, yetuk mutaxassis, ijodkor, zabardast bunyodkor bo‘l! Fan olamining jilovdori bo‘l! O‘qi, o‘rgan, amaliyotga tadbiq et! Senga oq yo‘l. Mualliflar Aziz do‘stim! 8-sinf “Kimyo” darsligini o‘qib-o‘rganishingizda men va mening yosh do‘stlarim Sizlarga yaqindan yordam beramiz. Biz quyidagi shartli belgilar asosida faoliyat ko‘rsatamiz! – namunaviy masala va mashqlar – mustaqil yechish uchun masala va mashqlar – savol va topshiriqlar – test savollari – labaratoriya ishlari Shartli belgilar F an va texnika jadal rivojlanayotgan bugungi kunda kimyo fani sirlarini ilmiy asosda o‘rganish nafaqat kimyo, balki biologiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, as- tronomiya kabi fanlarni o‘rganishda ham muhim ahamiyatga egadir. Yangi texnologik jarayonlarga doir bilimlarni egallash ham kimyoviy bilimlarga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Davlat ta’lim standartlarida 8-sinfda kimyo fani o‘qitishda o‘rganilishi ko‘zda tutilgan Davriy qonun, kimyoviy element- lar davriy jadvali, kimyoviy bog‘lanishlar turlari, elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi, azot, olltingugurt, galogenlar guruhchalari elementlari hamda mineral o‘g‘itlar singari mav- zular ketma-ketligi zamonaviy ilmiy tushunchalar asosida qizi- qarli usullarda yoritib berildi. Barcha mavzularni bayon qilishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari e’tiborga olingan holda mustaqil tarzda masala- mashqlarni yechishlari uchun har bir bobda masala yechish- ning namunaviy usullari keltirildi. SO‘Z BOSHI 4 SO‘Z BOSHI Shunindek, nazariy bilimlar tevarak atrofdagi voqea va hodisalar bilan uzviy bog‘langan holda bayon qilindi. Mavzuni atroflicha o‘zlashtirish uchun har bir mavzu- da tegishli savol, topshiriq hamda test topshiriqlari berildi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun galogenlar, oltingu- gurt, azot mavzulari bo‘yicha tajribaviy masalalar yechishga, ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazishga hamda mine- ral o‘g‘itlarni aniqlashga doir amaliy mashg‘ulotlarni bajarish tartibi keng yoritildi. Darslikda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan xorij va o‘zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlari haqidagi muhim ma’lumotlar ham o‘rin olgan. O‘rganilishi rejalashtirilgan nazariy bilimlarni o‘zlashti- rishni osonlashtirish uchun mavzular kimyoviy korxonalar- dagi jarayonlar, tabiiy boyliklarni qayta ishlash va kundalik turmushdagi kimyoviy hodisalar mohiyati bilan uzviy bog‘lab hikoya qilindi. Darslikni tayyorlashda mamlakatimizdagi bir qator yetakchi uslubchi amaliyotchilar, o‘qituvchilar hamda olim- larning takliflari inobatga olindi. Darslikni takomillashtirish borasida har qanday taklif va fikr-mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Darslik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qiluvchi mutaxassislarga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mualliflar AZIZ O‘QUVCHI! Mo‘jizalarga boy kimyo fanini 8-sinfda a’lo darajada o‘zlashtirishingiz uchun 7-sinfda o‘rganilgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, noorganik birikmalarning asosiy sinflari va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik kabi eng muhim mavzularni takrorlab olishingiz zarur. 1-§ Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar Atomlarning o‘lchamlari hamda ularning nisbiy va absolyut massalari to‘g‘risida atroflicha bilimga ega bo‘lish uchun quyidagi eng muhim tu- shunchalarni bilish talab etiladi. Kimyoviy hodisalarda bo‘linmaydigan moddaning eng kichik zarrasi atomlardir. «Atom» so‘zi qadimgi yunon tilida bo‘linmas degan ma’noni anglatadi. Hozirgi vaqtda atom bir qator yanada kichik zarralardan iborat ekanligi isbotlangan. Kimyoviy element – atomlarning muayyan turidir. Masalan, kis- lorod atomlari kislorod elementini bildiradi. Har bir kimyoviy elementning lotincha nomini bosh harfi, zaru- rat bo‘lsa bosh harf bilan keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan kimyoviy elementning belgisi ifodalanadi. Masalan, H (ash)- vodorodning kimyoviy belgisi, uning lotincha Hydrogenium (suv hosil qiluvchi) nomining bosh harfi. Atomlar juda kichik zarrachalar bo‘lib, ma’lum massaga ega. Ma- 7-SINF KIMYO KURSINING ASOSIY TUSHUNCHALARINI TAKRORLASH I-BOB 6 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH salan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000 000001674 g yoki 1,674•10 -24 g. Uglerod atomining absolyut mas- sasi – 19,993•10 –24 g. Atomning nisbiy massasi- 12 C atomining massasini 1 / 12 qismidan necha marta katta ekanligini bildiradigan sondir. 12 C atomining 1 / 12 qismining massasi 1,66057•10 -24 g. 1,66057•10 -24 g=1 a.m.b. Nisbiy atom massa A r bilan ifodalanadi. Indeksdagi «r» nisbiy (rela- tive) degan ma’noni anglatadi. Elementning nisbiy atom massasiga son jihatdan teng qilib grammlar bilan ifodalangan qiymat g-mol deyiladi( yoki mol deyiladi). Bir mol har qanday modda 6,02•10 23 ta zarracha (atom, molekula, ion) tutadi. 6,02•10 23 soni Avogadro doimiysi deyiladi. Ba’zi kimyoviy elementlarning ko‘rsatkichlari 1-jadval Kimyoviy ele- ment nomi Belgisi Haqiqiy massasi (g) Nisbiy atom massa, A r 1 molidagi atomlar soni Vodorod H 1,674•10 -24 1,008 6,02•10 23 Kislorod O 26,67•10 -24 15,999 6,02•10 23 Uglerod C 19,993•10 -24 12,011 6,02•10 23 1-misol. Kislorod atomining absolyut massasi 2,667•10 -23 ga teng. Uning nisbiy atom massasini aniqlang. Yechish. 1 atom massa birligi 1,66057•10 -24 ga teng. A r = ⋅ ⋅ = − − 2 667 10 1 66057 10 16 23 24 , , Javob: A r =16 I-BOB 7 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 2-misol. 0,301•10 23 ta kislorod atomlari necha g bo‘ladi? Yechish.. 1) 6,02•10 23 ta kislorod atomlari 1 mol bo‘lib, 16 g keladi 6,02•10 23 ta kislorod atomlari---------------16 g bo‘lsa 0,301•10 23 ta kislorod atomlari--------------x g bo‘ladi x = ⋅ ⋅ ⋅ = 0 301 10 16 6 02 10 0 8 23 23 , , , Javob: 0,8 g Argon atomining nisbiy atom massasi 39,948 ga teng ekanligini bilgan holda, uning haqiqiy (absolyut) massasini hisoblang. Temir atomining haqiqiy (absolyut) massasi 93,13•10 -27 kg ga teng bo‘lsa, uning nisbiy atom massasi qanday bo‘ladi? Atomning nisbiy massasini absolyut massaga, absolyut massasini nisbiy massaga aylantirish uchun qanday amallarni bajarish kerak? 3 g uglerodda qancha atom bo‘ladi? 0,602 •10 23 ta vodorod atomi necha gramni tashkil qiladi? “A” elementning bitta atomining massasi 4•10 -26 kg ga teng. Bu elementning nisbiy atom massasini hisoblang. Bu elementning nomini aniqlang? Kimyoviy formula Kimyoviy formula – modda tarkibini kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishidir. Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tarkibini bilib olish mumkin. Masalan: H 2 SO 4 – sulfat kislota. H 2 SO 4 – sulfat kislotaning bitta molekulasini va molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, shuningdek, moddaning 1 molini ham bildiradi. 1. 2. 3. 4. 5. 6. • • I-BOB 8 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH Shuningdek, molekulani absolyut va nisbiy massasini ham topish mumkin. Absolyut massasini topish uchun 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomlarining haqiqiy massalari qo‘shiladi. Bunday kichik sonlar ustida amallarni bajarish qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun molekulaning nisbiy massasi /Mr/ va mol miqdori hisoblab topiladi. Mr/H 2 SO 4 /=1·2+32+16·4=98 Bir mol – moddaning nisbiy molekulyar massasiga son jihatidan teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir. Bir mol – / 12 C/ uglerod izotopining 12 gramida nechta atom bo‘lsa, o‘shancha struktura birligi (molekula, atom, ion, elektron) tutgan moddaning miqdoridir. 12 gramm uglerodda 6,02·10 23 ta atom bo‘ladi. Modda miqdori – υ harfi bilan belgilanadi va uning qiymati mollar bilan ifodalanadi. Moddaning molyar massasi – M harfi bilan belgilanib g/mol bilan ifodalanadi. Ba’zi kimyoviy moddalarning ko‘rsatkichlari 2-Jadval Modda Kimyoviy formulasi Molyar massasi Modda miq- dori Molekulalar soni Suv H 2 O 18 g 1 mol 6,02·10 23 Karbonat angidrid CO 2 44 g 1 mol 6,02·10 23 Sulfat kislota H 2 SO 4 98 g 1 mol 6,02·10 23 Valentlik 1) Berilgan kimyoviy formulalardan shu modda tarkibiga kirgan ele- mentlarning valentligini topish. Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atom- larini biriktirib olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi. Valentlikni o‘lchov birligi qilib vodorodning valentligi qabul qi- lingan. • • • • • • • I-BOB 9 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH Vodorod atomining valentligi I (bir) ga teng. Kislorod atomi doimo ikki valentli bo‘ladi. Valentligi noma’lum bo‘lgan elementning valentligi, vodorodli yoki kislorodli, shuningdek, valentligi ma’lum bo‘lgan boshqa bir element bilan hosil qilgan birikmalaridan aniqlanadi. 1-misol. Quyidagi birikmalarning formulalarini daftaringizga ko‘chirib yozing va elementlarning valentligini aniqlang. As 2 O 5 , Cu 2 O, TeO 3 , H 2 Se, Cl 2 O 7 , KH 1) As 2 O 5 — kislorodning valentligi ikki. Kislorod atomlari beshta, har birining valentligi 2, kislorod atomlarining umumiy valentligi (2x5=10) 10 ga teng. Mishyakning ham umumiy valentliklari 10 bo’lishi kerak. Birikmada 2 ta mishyak atomi 10:2=5. Demak: har bir mishyak atomiga 5 ta birlik mos keladi. Birikmada mishyakning valentligi 5 ga teng. Cu 2 O – 2·1=2; 2:2= 1. Mis bir valentli TeO 3 – 2·3=6; 6:1= 6. Tellur olti valentli H 2 Se – 1·2=2; 2:1=2. Selen ikki valentli Cl 2 O 7 – 2·7=14; 14:2=7. Xlor etti valentli KH – 1·1=1; 1:1=1. Kaliy bir valentli 2) Elementlarning valentliklari ma’lum bo‘lsa, ikkita elementdan tashkil topgan moddaning formulasini tuzish. 1-misol: Fosfor besh, kislorod ikki valentlik ekanligidan foydalanib fosfor(V)-oksidining formulasini tuzish. Fosfor va kislorodning belgilarini yozish – PO Elementlarning valentliklarini rim raqami bilan elementning belgisi ustiga yozish – P V O II Valentliklarni ifodalovchi sonlarni ya’ni besh va ikkini eng kichik umumiy bo‘linuvchisini topish, bu o‘nga teng. Formuladagi element atomlar sonini topish uchun umu- miy bo‘linuvchini shu elementning valentligiga bo‘lamiz. • • 2) 3) 4) 5) 6) 1) 2) 3) 4) I-BOB 10 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH Fosfor — 10:5=2; Kislorod — 10:2=5 Demak birikmada fosfor 2 ta, kislorod 5 ta atomni tashkil qilar ekan. Kimyoviy belgilar ostiga topilgan sonlarni indeks qilib yozib qo‘yamiz – P 2 O 5 2-misol. Uglerod (IV)-oksiddagi uglerodning valentligini toping. Yechish: Birikmadagi kislorodning valentligi 2, uglerodniki m. Agar binar birikmaning formulasi va elementlardan birining valentligi (n) ma’lum bo‘lsa, ikkinchi element valentligini (m) m ny x = formula bo‘yicha aniqlash mumkin. Masalan, CO 2 da uglerod valentligi m = ⋅ = 2 2 1 4 ga teng; n=2 — kislorod valentligi, y=2 — kislorod atomlari soni, x=1 — uglerod atomlari soni. Quyidagi vodorodli birikmalardagi elementlarning valentligini aniqlang. RbH, CaH 2 , NH 3 , SiH 4 , BH 3 , H 2 S, KH Quyidagi elementlarning kislorodli birikmalarining formulalarini yozing: Cl(VII), Se(VI), P(V), Pb(IV), B(III), Cd(II), Ag(I) Xrom ikki, uch va olti valentli kislorodli birikmalarini hosil qi- ladi. Xromning ana shu oksidlarining formulalarini yozing. Modda miqdori. Mol 1. Moddaning massasi aniq bo‘lganda, uning modda miqdorini aniq- lash yoki modda miqdori berilganda uning massasini topish. 5) 1. 2. 3. I-BOB 11 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 1-misol: 49 g sulfat kislotadagi modda miqdorini hisoblab toping. Yechish: 1) M/H 2 SO 4 /=98 g/mol. 2) Modda miqdori η ni hisoblash. η = = = m M 49 98 0 5 , Javob: 0,5 mol. 2-misol: 5 mol Mis (II)-oksid necha gramm? Yechish: 1) M/CuO/=64+16=80 g/mol. 2) Modda massasini hisoblash. η η = = ⋅ = ⋅ = m M formuladan m M g : 80 5 400 Javob: 5 mol CuO 400 g. Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblang. ohaktosh, marmar, bo‘r – CaCO 3 malaxit – (CuOH) 2 CO 3 qand, shakar – C 12 H 22 O 11 temir kuporosi – FeSO 4 ·7H 2 O 12,6 g nitrat kislotadagi modda miqdorini hisoblang. 2,5 mol shakar necha gramm bo‘ladi? Bu miqdor shakarda nech- ta molekula va uglerod atomi bo‘ladi? 19,6 g fosfat kislotada nechta kislorod atomi bor? 1 mol sulfat kislotadagi kislorod atomlarining soni necha mol suvdagi kislorod atomlari soniga teng bo‘ladi? Temir(II)-sulfatdagi oltingugurtning massa ulushini hisoblang. Mis(II)-sulfatda misning massa ulushi ko‘pmi, kislorodnikimi? Quyidagi moddalarning qaysi birida temirning massa ulushi ko‘p? FeO; Fe 2 O 3 ; Fe 3 O 4 ; FeCl 3 . 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. I-BOB 12 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 9. Kislorodning vodorodli birikmasi tarkibida 94,12% kislorod va 5,88% vodorod bo‘ladi. Bu moddaning formulasini aniqlang. 10. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib moddalarning formula- larini keltirib chiqaring. A) C – 92,3%; H – 7,7%; B) Mn – 49,6%; O – 50,4%; C) Sn – 77,7%; O – 21,0%; H – 1,3%; D) H – 3,7%; P – 37,8%; O – 58,5%; E) K – 39,67%; Mn – 27,87%; O – 32,46%; Avagadro qonuni. Molyar hajm. Gazning zichligi va nisbiy zichligi Bir xil sharoitdagi turli gazlarning bir xil hajmlaridagi molekula- lar soni bir xil bo‘ladi (Avogadro qonuni). Bug‘ holatidagi moddaning va har qanday gazning 1 moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallaydi va bu hajm bu molyar hajm deb ataladi. Ba’zi gaz moddalarning molyar hajmlari 3-Jadval Modda Mr Molyar massasi Molyar hajmi Molekulyar soni H 2 2 2 g 22,4 l 6,02·10 23 ta CO 2 44 44 g 22,4 l 6,02·10 23 ta Cl 2 71 71 g 22,4 l 6,02·10 23 ta Gazning zichligini topish uchun, ρ = M V m formulasidan; Gazning nisbiy zichligini topish uchun esa D M M = 1 2 formulasidan foydalanamiz. 1-misol: 22 g karbonat angidrid /n.sh.da/ qanday hajmni egallaydi? Yechish: 1) M/CO 2 /=44 g. • • • • I-BOB 13 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 2) 22 g CO 2 ning hajmini hisoblash. 44 g CO 2 22,4 l hajmni egallaydi 22 g CO 2 x l hajmni egallaydi x l = ⋅ = 22 22 4 44 11 2 , , Javob: 22 g CO 2 gazi 11,2 l hajmni egallaydi. 22 g karbonat angidriddagi modda miqdorini topib, har qanday gaz- ning 1 moli n.sh.da 22,4 l hajmni egallashidan foydalanib ham topishimiz mumkin. n mol = = 22 44 0 5 , 1 mol gaz 22,4 l hajmni egallasa, 0,5 mol karbonat angidrid-chi? 11,2 l hajmni egallaydi. 2-misol: 20°C dagi 90 g suv gaz holatga o‘tkazilganda hajmi qancha bo‘ladi. Yechish: Suyuq, qattiq holatdagi moddalar gaz holatga o‘tganda, gaz qonunlariga bo‘ysunadi. Shuning uchun: M/H 2 O/=18 90 g suvning gaz holatdagi hajmini hisoblash. 18g H 2 O /gaz/ 22,4 l hajmni egallaydi. 90g H 2 O /gaz/ x l hajmni egallaydi. x l = ⋅ = 90 22 4 18 112 , Javob: 90 g suvning hajmi 112 l. 3-misol: Tarkibida 71,45% metan va 28,55% uglerod (II)-oksid bo‘lgan 7,84 m 3 aralashmaning massasini aniqlang. Yechish: 1)7,84 m 3 aralashmada qancha metan va uglerod (II)- oksid bor? A) V/CH 4 /=7,84·0,7145=5,6 m 3 B) V/CO/=7,84·0,2855=2,24 m 3 2) M/CH 4 /=16 g/mol, M/CO/=28 g/mol. 1) 2) I-BOB 14 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 3) 5,6 m 3 CH 4 ning massasini topish. 22,4 m 3 CH 4 16 kg bo‘lsa 5,6 m 3 CH 4 x kg bo‘ladi x kg CH = ⋅ = 5 6 16 22 4 4 4 , , 4) 2,24 m 3 CO ning massasini toping. 22,4 m 3 CO 28 kg bo‘lsa 2,24 m 3 CO x kg bo‘ladi x kg = ⋅ = 2 24 28 22 4 2 8 , , , 5) Gazlar aralashmasining umumiy massasi: 4 kg + 2,8 kg=6,8 kg. Javob: Gaz aralashmasining umumiy massasi 6,8 kg. 4-misol: 1 l suvdagi modda miqdorini va molekulalar sonini hisob- lang /suv 20°C da/. Yechish: 1) 1 l suvning massasini toping. Suvning zichligi 1 g/sm 3 ekanligini bilasiz. m/H 2 O/=1000 sm 3 · 1 g/sm 3 =1000 g. 2) 1000 g suvdagi modda miqdorini toping. η = = 1000 18 55 56 , mol 3) 1 l /1000 g yoki 55,56 mol/ suvdagi molekulalar sonini hisoblab topish. 1 mol suvda 6,01·10 23 ta molekula bor. 55,56 mol suvda x ta molekula bor. x ta = ⋅ ⋅ = ⋅ 55 56 6 02 10 1 334 4 10 23 23 , , , Javob: 1 l suv 55,56 mol, 333,9·10 23 yoki 3,339·10 25 ta molekula bor. I-BOB 15 7-SINF KIMYO KURSI MAVZULARINI TAKRORLASH 5-misol: 16 g oltingugurt (IV) oksid n.sh.da qanday hajmni egal- laydi? Yechish: 1) 16 g SO 2 dagi modda miqdorini topish. M/SO 2 /=64 g/mol, η = = 16 64 0 25 , mol 2) 16 g (yoki 0,25 mol) SO 2 qancha hajmni egallaydi. 1 22 4 0 25 2 2 mol SO l hajmni egallaydi mol SO x l hajmni egallaydi , , x l = ⋅ = 0 25 22 4 1 5 6 , , , Javob: 16 g SO 2 5,6 l hajmni egallaydi. Download 7.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling