Shartli va shartsiz reflekslarning tormozlanishini tushuntiring. Bolalarning oliy asab faoliyatining voyaga yetgan odamlarnikidan qanday farqi bor?


Shartli reflekslarning kechikishi ham ichki tormozlanish turlariga kiradi. Bunday reflekslar shartli qo’zg’atuvchilarni, shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan


Download 0.83 Mb.
bet3/6
Sana18.09.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1680616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
191-guruh Rustamova Muhayyo Pediatriya va bolalar gigiyenasi (1)

Shartli reflekslarning kechikishi ham ichki tormozlanish turlariga kiradi. Bunday reflekslar shartli qo’zg’atuvchilarni, shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan

  • Shartli reflekslarning kechikishi ham ichki tormozlanish turlariga kiradi. Bunday reflekslar shartli qo’zg’atuvchilarni, shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan
  • Shartli reflekslarning kechikishi ham ichki tormozlanish turlariga kiradi. Bunday reflekslar shartli qo’zg’atuvchilarni, shartsiz qo’zg’atuvchilar bilan mustahkamlanishi vaqt bo’yicha orqada qolsa rivojlanadi. Odatda shartli reflekslarni hosil qilishda shartli qo’zg’atuvchi –signal (masalan qo’ng’iroq) qo’shiladi, 1-5 s. keyin esa ovqat beriladi (shartsiz mustahkamlagich). Refleks hosil bo’lganidan keyin qo’ng’iroq chalinishi bilan ovqat berilmasidan oldin so’lak ajrala boshlaydi. Endi boshqacha yo’l tutamiz: qo’ng’rioqni chalib, ovqat bilan mustahkamlash vaqtini sekin-asta qo’ng’iroqdan keyinga 2-3 daqiqaga orqaga suraveramiz. Bunday holat bir necha marta takrorlanganidan keyin (ayrim patda juda ko’p marta) kech qolgan ovqatlanish bilan mustahkamlangan kechikish rivojlanadi. Qo’ng’iroq chalingani bilan so’lak ajralmaydi, u qo’ng’iroq chalinganidan keyin 2-3 daqiqa o’tgacha ajrala boshlaydi. Shartli qo’zg’atuvchi (qo’ng’iroq) 2-3 daqiqa davomida shartsiz (ovqat) qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanmaganligi uchun mustahkamlanmagan vaqt mobaynida shartli qo’zg’atuvchi tormozlash ahamiyatiga ega bo’ladi.

Kechikish hayvonlarni uni o’rab turuvchi muhitda yaxshiroq chamalash uchun yaxshi sharoit yaratib beradi.

  • Kechikish hayvonlarni uni o’rab turuvchi muhitda yaxshiroq chamalash uchun yaxshi sharoit yaratib beradi.
  • Quyonni anchagina masofada ko’rgan bo’ri unga birdaniga tashlanmaydi. U quyonni yaqinlashishini poylab turadi. Bo’ri quyonni ko’rgan paytdan boshlab toki u yaqinlashib kelguniga qadar, bo’rining katta yarim sharlari po’stlog’ida tormozlanish jarayoni amalga oshadi: harakat va oziqlanish shartli reflekslari tormozlanadi. Agar mana shunday jarayon bajarilmaganida bo’ri juda ko’p marta o’ljasiz qolib, o’lja orqasidan quvib yurardi. Hosil bo’lgan kechikish hodisasi bo’rini o’lja bilan ta’minlaydi.
  • Yosh bolalarda shartli reflekslarni kechishini hosil qilish qator mashqlar va tarbiyalashlardan keyin juda qiyinchilik bilan amalga oshadi. Esga olingan birinchi sinf o’quvchisi uni o’qituvchi ko’rishi uchun chidamasdan qo’lini yuqoriga ko’tarib yana balandroq cho’zishga harakat qiladi. Faqatgina katta maktab yoshiga yetganidagina (unda ham har doim emas) ularda o’zlarini ushlab turish, chidamli, o’z kuchiga ishonish holatlarini kuzatamiz.
  • O’xshash tovushlar, hidlar va boshqa qo’zg’atuvchilar turli-tuman hodisalardan xabar berishi mumkin. Faqatgina ushbu o’xshash qo’zg’atuvchilarni aniq tahlil qilishgina hayvonlarni biologik ma’qul reaksiyalarni ta’min etadi. Qo’zg’alishlarning taxlili turli signallarni farqlash, bo’laklarga bo’lish ya’ni o’xshash ta’sirotchilarni organizmga ta’sirini differensiyasidan iboratdir. Masalan I.P.Pavlov laboratoriyasida 1 daqiqada metranomining 100 marta zarbi oziqa bilan mustahkamlandi va 96 zarbi esa mustahkamlanmagan differensasiya hosil qilish imkoniga ega bo’lindi. Bir necha marta takrorlashlardan keyin itlar metronomning 100 zarbini 96 zarbdan farq qildilar, ularda 100 zarbaga so’lak ajralsa 96 zarbga so’lak ajralmadi. O’xshash shartli o’qzg’atuvchilarni farqlash yoki differensiyalash bitta qo’zg’atuvchini mustaxkamlash va boshqasini esa mustahkamlamaslik yo’li bilan hosil qilinadi. Bu paytda rivojlanuvchi tormozlanish mustahkamlanmagan qo’zg’atuvchilarning reflektor reaksiyasini bostiradi. Differensiyalash ichki shartli tormozlanishning bir turidir.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling