Shartnoma ma’lumot-axborot hujjatlariga


Bu birikmani yodda saqlang!


Download 17.69 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1620373
1   2   3   4
Bog'liq
12~4

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ilova
Bu birikmani yodda saqlang!



Mening oʻqishimni turizm fakultetiga oʻtkazishingizni soʻrayman





4-mashq. Quyida qavsda berilgan soʻzlarga tegishli kelishik qoʻshimchalarini qoʻshing. Kelishiklarning nomini ayting.
(Soli Akbarov) arizasi kafedra yig‘ilishida koʻrib chiqildi. (Men) ishga qabul qilishini soʻrab (fermer xoʻjaligi raisi) murojaat qildim. (Men) iltimosimni inobatga olsa kerak deb oʻylayman. 1-kurs talabasi Moʻminova Shahnoza (talabalar uyi) joy berishini soʻrab, fakultet kasaba uyushmasi (tashkiloti) murojaat qildi. Moʻminova Shahnoza iqtisodiyot (fakulteti) oʻtkazishini soʻrab, (rektor) ariza yozdi. (Ariza) tegishli hujjatlarni ilova qildi.


5-mashq. Nuqtalar oʻrniga mashqqa ilova qilingan soʻzlardan foydalanib, iltimosingizni (taklifingizni) ariza shaklida izohlang.
Kasalligim tufayli ... soʻrayman. Diplom ishi yuzasidan qoʻshimcha materiallar yig‘ish uchun ... soʻrayman. Moddiy jihatdan qiynalganligim tufayli ... soʻrayman. Maktablardan ... biriga soʻrayman.
Ilova: akademta’til berishingizni, ona tili va adabiyot oʻqituvchisi qilib yubo­ri­­shingizni, yordam berishingizni, biror xoʻjalikka yuborishingizni.
Bu birikmani yodda saqlang!

Tanlovda g‘olib chiqqanligim munosabati bilan







6-mashq. Arizada qoʻllaniluvchi quyidagi birikmalarni yozib oling va yodda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Oʻz ixtiyorimga koʻra, lavozimiga, lavozimidan, ijozat berishingizni soʻray­man, kasalligim tufayli, shuning uchun, munosabati bilan, ilova qilindi, ozod etishingizni soʻrayman, oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman, masalani hal qilishga yordam bering, boshqa shaharga ketishim munosabati bilan, moddiy qiyin­chilik sababli, mehnat ta’tili bering, mehnat ta’tili muddatini choʻzib bering, ilova qilingan hujjatlar asosida.


7-mashq. Bu ariza kim nomiga yozilgan. Oʻylang va ayting. Arizani zaruriy qismlar asosida toʻldiring.
Meni Matematika fakultetidan Informatika fakultetiga oʻtkazishingizni soʻ­ray­man.
H. Abrayev


Topshiriq
Quyidagi mazmunda ariza namunalari yozing:
1. Ishga joylashish toʻg‘risida.
2. Ishdan boʻshash toʻg‘risida.
3. Oʻqishni bir boʻlimdan ikkinchi boʻlimga oʻtkazish toʻg‘risida.
4. Oʻquv (akadem) ta’til berilishi toʻg‘risida.
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling