Shartnoma ma’lumot-axborot hujjatlariga
Tarjimayi hol quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi
Download 17.69 Kb.
|
12~4
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILDIRISHNOMA.
- Bildirishnoma
Tarjimayi hol quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol). 2. Tarjimayi hol matni ("Men" olmoshi bilan boshlanadi). Uning tarkibida quyidagilar qayd etiladi: a) familiya, ism va ota ismi; b) tugʻilgan sanasi (yil, kun, oy); v) ijtimoiy kelib chiqishi ; g) mustaqil oilali boʻlsa, faqat ota-onasi haqida qisqacha ma`lumot beriladi (uylanmagan yoki turmushga chiqmagan boʻlsa, aka-ukalari haqida ham ma`lumot berilishi mumkin); d) ma`lumoti yoki ma`lumotiga koʻra mutaxassisligi (qayerda va qachon oʻqigan yoxud oʻqiydi); e) qachon, qayerda, qaysi vazifada ishlagan; yo) oxirgi ish joyi va lavozimi; j) mukofot va ragʻbatlantirishlar; z) jamoat ishlaridagi ishtiroki; i) siyosiy tashkilotlarga a`zoligi; y) oilaviy ahvoli va oila a`zolari; k) turar joyi 3. Hujjat yozilgan sana. 4. Imzo. Tarjimayi hol oddiy qogʻozga, ba`zi oʻrinlarda (oʻqishga, ishga kirishda) maxsus bosma ish qogʻozlariga ruchka bilan yoziladi. BILDIRISHNOMA. Bildirishnoma xodimning yoki quyi tashkilot rahbarining yuqori tashkilot rahbariga biron bir voqyea-hodisa munosabati bilan axborot tarzida yozilgan xatidir. Bildirishnomalar tashkilotda ishlaydigan xodimni mukofotlash yoki jazolash haqidagi taklif, belgilangan rejaning bajarilganligi yoki jarayonning borish tafsiloti mazmunida boʻlishi mumkin. Bu hujjatning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bildirishnoma muallifi yuqori tashkilot yoki uning rahbarini ma’lum voqea-hodisa toʻgʻrisida xabardor yoki ogoh etishi bilan birga bu voqyea-hodisaga oʻz munosabatini ham bildiradi va aniq takliflarini bayon qiladi. Shundan kelib chiqib, bildirishnomani boshda bu nomaning yozilishiga sabab boʻlgan omillar, keyin muallifning unga boʻlgan munosabati va oxirida aniq taklif-mulohazalari bayon etilgan qismlardan iborat deyish toʻgʻri boʻladi. Bildirishnoma yuboriladigan tashkilot va rahbarning lavozimi va ism familiyasi, bildirishnomani yozgan kishi yoki tashkilot va uning rahbarining lavozimi va ism-familiyasi, lozim boʻlganda, bildirishnomaning nima haqda yozilayotganini bildiruvchi sarlavha va yangi qatorda Bildirishnoma degan soʻz, shundan soʻng xat mazmuni va oxirida bildirishnomani tayyorlagan xodim yoki rahbarning imzosi hamda sana yozilgan zaruriy qismlardan iborat boʻladi. Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat toʻgʻrisida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. Bunday hujjatlar matni ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisida, yozilishiga sabab boʻlgan voqea, dalillar berilsa, ikkinchisida, shunga oid xulosa va aniq takliflar bayon qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq sana yoki vaqtda tegishli boʻlsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan koʻrsatilishi lozim. Masalan: 2002-yil 1-oktyabrdagi holatga koʻra kabi. Download 17.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling