Shartnoma to`G`risida umumiy tushunchalar


-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli


Download 180.5 Kb.
bet4/11
Sana30.03.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1308853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
shartnoma tuzish

5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma subyektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan bo‘lsa, u ushbu shartnoma matnida ko‘rsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi.
6-modda. Xalqaro shartnoma obyekti
Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining obyekti bo‘lishi mumkin.
7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar.
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh VA ULARNI KUChGA KIRITISh TARTIBI
8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar esa — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.
Boshqa vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar.
Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi.
Xalqaro shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat bo‘lganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni o‘z ichiga olishi kerak.
Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki ko‘rib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling