Shartnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar Reja
SHartnoma, kontrakt va uning turlari
Download 29.47 Kb.
|
Shartnom1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsulot yetkazib berish shartnomasi
2. SHartnoma, kontrakt va uning turlari
SHartnoma va kontraktlar o’z shakli va mazmuniga ko’ra nixoyatda xilma-xil bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 1. yetkazib berish shartnomasi. Rejatopshiriqlariga muvofiq moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo’lishi uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchikorxonaga maxsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar urnatadilar. Vu munosabatlar mamlaqat xo’jalik xayotida ulqan axamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Maxsulot yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning keliShu vi bo’lib, o’nga ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan maxsulotni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa maxsulotni qabul qilyb olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yichato’lash majburiyatini oladi. Etkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish - texnika maxsulotlarini yetkazib berish haqidagi Nizomga va xalq iste’moli tovarlarini yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak. Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslaxatchilari) oldindan ruxsat belgilarini quyishi kerak. SHartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda ro’yxatga olinadi. Bu shartnoma loyihasi yetkazib beruvchi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishishi xamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, bir kun ichida imzolash va uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak. Bu shartnoma tomonlarning undagi har bir bob, har bir bandi bo’yicha to’la kelishilganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi. Download 29.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling