Shartnomaga ilova dastur shartlari
Download 61.32 Kb.
|
wt to Germany (ilova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’lim turi bo’yicha tahsil oluvchilar, hamda bitiruvchi kurs talabalari bu dasturda qatnasha olmaydilar!!! QACHON
- Nemis tilini bilish bo’yicha sertifikat
- NOMZOD BILAN SHARTNOMA TUZILGANDAN SO’NG, QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB QILINADI
- Ish sharotlari qanday
- Turar joy va ovqatlanish
SHARTNOMAGA ILOVA DASTUR SHARTLARI KIMLAR UCHUN: 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim turi bo’yicha tahsil oluvchi barcha OTM talabalari dasturda qatnashishi mumkin (oxirgi kurs bo’lgan talabalardan tashqari) Masofaviy ta’lim turi bo’yicha tahsil oluvchilar, hamda bitiruvchi kurs talabalari bu dasturda qatnasha olmaydilar!!! QACHON: 2023-yil, talabalarning yozgi ta’til vaqtida, QAYERDA: Germaniyada Federativ Respublikasi. QANCHA MUDDAT ISHLASH MUMKIN: 45 kundan 90 kungacha (talabalarning ta’til muddatiga bog’liq). QANDAY VIZA TURI BILAN KETILADI: Shengen visa C-type Nemis tilini bilish bo’yicha sertifikat: talab etilmaydi, ingliz tilini so’zlashuv darajasida bilsa yetarli. Qaysi sohalarda ishlash mumkin: Xizmat ko’rsatish (pochta, oziq-ovqat, zavod) sohasi. Maosh: soatiga kamida € 12 yevrodan. Germaniya mehnat qonunchiligiga ko’ra ish haqi va boshqa barcha mehnat sharoitlari Germaniyada tarif stavkalari va mahalliy Bundeslandlar qonunlariga ko’ra hisoblanadi. Chet ellik talabalarga nisbatan moliyaviy diskriminatsiyaga yo’l qo’yilmaydi va ular huddi shu ish bilan shug’ullanadigan Germaniyaliklar bilan teng miqdorda maosh oladilar. Haftasiga qancha ishlash mumkin: kuniga 7-8 soatdan, haftasiga 5-6 kun (ko’p hollarda 6 kun va qo’shimcha ishlash imkoniyatlari ish beruvchi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi). Ish beruvchi tomonidan boshida 150-300 yevro atrofida avans beriladi, oylik maosh esa har oyning 15-sanasida to’lab beriladi plastik kartaga. NOMZOD BILAN SHARTNOMA TUZILGANDAN SO’NG, QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB QILINADI: 1. Talaba guvohnomasi nusxasi (o’zbek tilida bo’lsa agar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak) 2. Passport yoki ID karta (A4 qog’ozga rangli nusxasi) 3. Xorijga chiqish Passporti (A4 qog’ozga rangli nusxasi) 4. O’qish joyidan ma’lumotnoma (o’zbek tilida bo’lsa agar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak) 5. Ohirgi semestr baholari (o’zbek tilida bo’lsa agar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak) 6. Biz tayyorlab bergan spravkaga Universitetdan imzo va pechat quydirish 7. Universitetdan ma’lumotnoma (confirmation letter) - o’zbek tilida bo’lsa agar nemis tiliga tarjima qilinishi kerak Eslatma: Yuqoridagi hujjatlar ro‘yxatdan o’tish vaqtida 1 marotaba tayyorlanadi, va kelgusi yili vizaga hujjat topshirish vaqtida yana bir marotaba tayyorlashingiz kerak bo’ladi! Ish sharotlari qanday: Dasturning asosiy maqsadi, ta’til vaqtida talabalarga Yevropaga sayohat qilish va daromad topish imkoniyatini berishdir. Shuning uchun nomzod o’ta moslashuvchan bo’lishi, ish beruvchiga yordam berish va yozgi ta’til mobaynida qo’shimcha va ba’zan og’ir jismoniy ishlarni bajarishga tayyorligini namoyish eta olishi kerak. Ko’p hollarda Ishdan tashqari ortiqcha ishlashga (haq to’lanadi) to’g’ri keladi, albatta kelishuv asosida. Olti kunlik ish haftasi odatiy ekanligini unutmang. Bu dasturda, madaniyat va til bilimi almashinuvi birinchi o’rinni egallamaydi. Ish beruvchi sizdan huddi asosiy ishchilaridek ishlashingizni talab qiladi. Albatta, ish kuni yakuniga yetgandan so’ng hamda dam olish kunlaringizda siz Sayohat qilishingiz mumkin. Boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar bilan birgalikda ishlab tajriba almashinish imkoniyatiga egasiz. Turar joy va ovqatlanish: Ko’plab ish beruvchilar turar joy yoki umumiy ovqatlanish imkoniyatini taklif qilishadi va bu harajatlar nomzod maoshidan ushlab qolinadi. Ba’zan siz boshqa talabalar bilan bir xonani bo’lishasiz. Agar sizning ish beruvchingiz siz uchun turar joyga ega bo’lmasa, u sizga turar joy topishga yordam beradi. Download 61.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling