«Davlat idoralarining xalqimizga xizmati – odamlarni rozi qilishning asoslaridan biri. Qaysi qishloqda, mahallada qaysi xizmatga ehtiyoj borligiga qarab, shunga sharoit yaratish kerak. Qaysi xizmatlarni arzonlashtirish, qaysilarini bepul qilish masalasini tahlil etib, aholiga yengillik va qulaylik yaratish zarur»,
Shavkat Mirziyoyev.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Shavkat Mirziyoyev 3517
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat.
Shavkat Mirziyoyev 3278
Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev 3277
Balandparvoz gaplar, toʻylarni yoʻlda toʻxtatish menga kerak emas. Toʻylarni yoʻlda toʻxtatgandan koʻra, senga oʻxshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni oʻzgartiringlar. Men toʻy masalasini, u bir yilda boʻlmaydi, nima uchun choʻzyapman, muhit paydo boʻlishi kerak oldin. Prezident aytdi deb toʻyni toʻxtatish, bu Prezidentga xiyonat.
Shavkat Mirziyoyev 2851
Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda koʻp joylarda jaholatga qarshi maʼrifat, islom dinini oʻrganish, oʻrgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi boʻlish, boshqa oqimlarga kirish — bu Oʻzbekistonga yarashmaydi!
Shavkat Mirziyoyev
Ijtimoiy-ma’naviy soxaniyani yanada rivojlantirish oilalarimiz maxallalarimizda butun jamiatimizda so’g’lom muxitni mustaxkamkash, yoshlar tarbiyasi , tinch osuda hayotimizning, muqaddas dinimiz pokligni asrash vazifasi bugungi kunda qanday ulkan ahamiyat kasb etayotganini haqida o’ylaymanki ortiqcha gapirishning hojati yo’q
Do'stlaringiz bilan baham: |