Shavkat Mirziyoyev 2845
Biz odatda boy kishilarni ko'rolmaymiz. Ularni kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilganini esa hisobga olmaymiz. Uyda yotib biror bir natijaga erishib bo'lmaydi buni esingizdan chiqarmang!
Shavkat Mirziyoyev 2843
Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo'lib o'tirish taraqqiyot yo'lidagi eng katta g'ovdir.
Shavkat Mirziyoyev 2720
Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi.
Shavkat Mirziyoyev 2544
Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz.
Shavkat Mirziyoyev 2114
Ҳақиқий аҳволни гапирган одам бизга дўст.
Shavkat Mirziyoyev 1530
Yaxshi yashagan odamni ko'rolmaymiz. Chunki, u odam tuni bilan ishlaydi, farzandlarini, nabiralarini o'ylaydi. Bunisi esa kuni bilan uxlab yaxshi yashamoqchi bo'ladi.
Shavkat Mirziyoyev
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat Mirziyoyev 7137
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Shavkat Mirziyoyev 6404
Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev 4141
Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |