Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
O’rta sinflarda vokal ijrochiligini rivojlantirish vazifalari
Download 137.23 Kb.
|
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
O’rta sinflarda vokal ijrochiligini rivojlantirish vazifalari
Ma’naviyat tushunchasi insonni ruhan va mafkuraviy jihatdan barqaror bо’lishini ta’minlaydi. О’zbekiston xalqining asrlab yig’ib, avaylab, avloddan - avlodga eltib kelgan ma’naviy bisotining salmoqli bir qismi uning musiqasi, kuy va qо’shiqlari hisoblanadi. Xalqimiz ayniqsa she’riyat bilan bevosita bog’langan folklor qо’shiqlari, bolalar qо’shiqlari, maqom sikllari, katta va mumtoz ashulalarga nihoyatda boy. O’rta sinf o’quvchilariga musiqa madaniyati fanini o’qitishdan kutilayotgan narsa shuki, o’rta sinf musiqa madaniyati darsliklaridagi mavzular orqali ularning hayoliy, fikriy dunyosini boyitish, o’quvchilar qalbida vatanga insonlarga, mehr-muhabbat ruhini shakillantirishdan iboratdir. Keling avvalo o’rta sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik jihatlariga to’xtalib o’tsak. O’rta sinf tayanch-ta’lim bosqichi boshlanadi. 5-sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Fikrlash bir muncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlandi. Shunga muvofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Ovoz diapazoni (Do1 - Mi2 ) ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. 5-sinf o’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Vokal-xor mashqlari sifatida xalq quyi va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglari xususiyatlarini bolalar xissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirish kerak: 1. Sof unisonga erishishi. 2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi, 3. Notaga qarab qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir. Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Beshinchi sinf bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida 5-sinf o’quvchilar - o’zbek xalq cholg’u orkestri, xor san’ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, saxnaviy musiqa asarlari, raqs san’ati, musiqali drama va komediyalar, opera san’ati, o’zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko’proq ta’limiy funktsiyasini bajarmogi lozim. Shuning uchun musiqa savodiga doir beriladigan har bir yangi atama, tushuncha yoki nazariy element musiqa faoliyatining barcha turlari amaliyotida qo’llanib, o’quvchining musiqiy bilim doirasini boyitib borishi lozim. Bu esa o’ quvchining musiqiy savodxonligi tarkib topishida asosiy ro’l o’ynaydi. Musiqa savodidan o’lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, interval lar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asariami tahlil qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o’quvchilami ovoz diapazoni 1 -ovozlar uchun (Do, - Fa2). II - ovozlar uchun (si - Re2), bu davrda o’quvchilarga qo’shiqlarpi ikki ovozlik qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda, ayrim o’quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o’g’il va qiz bolalar ovozi o ‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo’shiq o’rgatish o’qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo’shiqlar bolalaming ovoz imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ulaming ovozlarini asrab avaylash ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib, ovozlarini charchatmaslik kerak. o’quvchilami ikki ovozga ajratib qo’shiqlami ikki ovozlik qilib, ulaming ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari, asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog’lanadi. Yangi dastur asosida yil mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir -biri bilan bog’lanadi. Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo’shiqlar o’rgatiladi. “Bolalar”, J.Jabborov she’ri, H.Rahimov musiqasi. “Munajjib bobo”, P.Mo’min she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. “Xush keldingiz”, H.G’ulomov she’ri, S.Boboyev musiqasi. “Dono bola”, M.Mirzayev she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. “Go’shtlar”, K,Ganriguliyev she’ri, V.Ahmedov musiqasi. Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi. O’zbek xalq kuylari, “Jonon”, “Norim-norim”, “Gulizorim”, A.Navoiy she’ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. “Sharq taronalari”, U.A’zim she’ri, D.Omonullayeva musiqasi. “Qaydasan”, T.To’la she’ri, Ik.Akbarov musiqasi. “Elizaga”, L.V.Betxoven musiqasi. Oltinchi sinf yil mavzusi: “Mumtoz musiqa” I - chorak: Mumtoz musiqa haqida ma’lumot II - chorak: Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari. III - chorak: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi. IV - chorak: “Evropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv”. Shuningdek, quyidagi so’zlarning izohlari ham tavsiflanadi: Mumtoz musiqa - yetuk, namunaviy degan ma’noni anglatadi. Shashmaqom - o’zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk mukammal asari. Zamoaviy musiqa - hozirgi kunda o’z moxiyatini va qadrini yo’qotmagan musiqa asarlarga aytiladi, Janr - musiqaning turi. Diapazon - ashulachilar ovozini kengligi, xajmi. Yettinchi sinflarda musiqa o’qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi sinflarda olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. Ayniqsa, musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish qo’shiq o’rgatish musiqa savodi kabi dars faoliyatlarini tatbiq etish ishi nixoyasiga yetadi. 7 - sinf o’quvchilari psixologik - fiziologik harakteriga ko’ra diqqat - e’tiborlari turg’un, dunyoqarashi rivojlangan boladi. Ular mustaqil fikr yuritish, hikoya tuzish, musiqaga doir albom referatlar, sinf burchaklari va ko’rgazmali qurollar tayyorlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. O’qituvchi o’quvchilaming bu ijodiy xususiyatlaridan foydalanib, musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko’rgazmali qurollar tayyorlash vazifasini topshirishi mumkin. Shuningdek, mashhur bastakorlarga doir albbomlar tayyorlashni ham topshirishi mumkin. Vokal - xor ishlari qo’shiq o’rgatish jarayonida ularni ovozlarini asrab tarbiyalash ishi murakkablashadi. 7-sinfda esa ovoz shakllanishi notekis bo’ladi, chunki bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi. Ayniqsa o’g’il bolalarda ovoz boylamlari yug’onlashib, ovoz registri bir oktavaga pasayadi. Natijada o’quv va ovoz o’rtasidagi koordinatsiya buzilib, ba’zan bolalar sof intonatsiyada aniq kuylay olmaydilar. Вunday paytda o’qituvchi kuylash uchun qo’lay yo’llami izlashi lozim. Ovozni toliktirmasdan erkin, ravon kuylashga o’rgatishi kerak. Mutatsiya davrida bolalar ovozida kun sayin o’zgarish ro’y beradi. Buni hisobga olib, qo’shiqni ovoz partiyasini ikki ovozga boiish lozim. Yoki ovozlami transportirovka qilib pastki tovushlarga tushirish lozim. Yettinchi sinf o’quvchilarining ovoz diapazoni birinchi ovozlarda (Do, - Mi2) ikkinchi ovozlarda esa- (Si kich-Re2) gacha bo’ladi. Tajribalar mutatsiya davrida ovozlami to’g’ri taqsimlash, ovozlami tekis chiqishi va qiyinchiliklargaduch kelmaslikka olib keladi. Tanlangan qo’shiqlar qahramona, lirik, estrada, o’zbek xalq qo’shiqlaridan bo’lib, o’quvchilarda o’rganishga qiziqish uyg’otishi lozim. Ba’zi bir qo’shiqlami solist yordamida ham o’rgatish mumkin. Ashula aytganda dinamik belgilari, tempi, badiiy ijrosiga erishish zarur. Yettinchi sinflarda musiqa savodinioldingi; bilimlarga tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o’lchovlar, dinamik belgilar, parallel major va minor ladlari kabi mavzularda alohida to’xtab o’tib, musiqali misollar keltirishimiz mumkin. Bu davrda o’g’il bolalar ovozi shartli ravishda erkakcha ovozga qiz bolalar ovozi esa balog’atli xotin-qizlar ovoziga asta-sekin o’ta boshlaydi. O’g’il bolalar tomog’ida ovoz boylamlari yo’g’onlashadi, qizlarda, shishlar paydo bo’lishi mumkin. Natijada diapazon qisqarib, yuqori pardalarda kuylash og’irlashadi. Tez charchash holatlari paydo bo’ladi. Mutatsiya davrida o’g’il va qiz boialarga ashula o’rgatish mas’suliyat talab etiladi. Qo’shiqlami bolalaming ovoz imkoniyatlariga moslashtirib dars davomida, ulaming ovozlarini asrab-avaylab o’rgatish lozim. Ovoz partiyalarini aniq ajratib, ikki ovozda ashula ayttirish, ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Bolalaming intizomida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Emotsional uyg’onishlar, organizmdagi garmonik o’zgarishlar darsga nisbatan qizimqishini pasayishiga sabab bo’ladi. Bu davrda o’qituvchi moxirlik bilan musiqiy asarlar mazmunini hayotimiz bilanbog’liq o’tishi, uning vositasida axloqiy go’zallik tarbiyasini berish dars mazmunini boshqa fanlar bilan borlab olib borishi lozim. Musiqa savoddidan o’lchovlar, ladlar ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asarlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Yangi dastur asosida mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir-biri bilan bog’lanadi. Xulosa sifatida yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan shuni aytishimiz mumkin bo’ladi-ki, ta’limning ushbu bo’g’inida o’quvchilar turli musiqa janrlari bilan tanishganligi va turli xalqlar musiqasi bilan yaqindan tanishganligi sababli ularning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatlari, biror mavzuga doir mushohada qilish ko’nikmalari sezilarli darajada shakillanadi. Maktabda musiqa fani musiqashunoslik va pedagogikada qo’lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Bu printsip o’quvchilarni hozirgi musiqa-pedagogikasida ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Shubhasiz, musiqa pedagogikasida va amaliyotida mavjud barcha bilimlarni bolaga berishning iloji yo’q. Biz o’quvchiga asosan o’zbek musiqasining boy imkoniyatlaridan va umumbashariy musiqa asarlaridan ayrim namunalardan nazariy hamda amaliy bilim-malakalarni berish imkoniyatiga egamiz, xolos. Ana shu ilmiy bilimlar ta’limning mazmunini belgilovchi muhim hujjatlar- musiqa madaniyati fanidan dastur va darsliklarda o’z ifodasini topadi. Albatta, har bir dars o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi- musiqiy ta’lim-tarbiyada asosiy omildir.Dars jarayonida o’quv materialining bolalar bilim va tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’g’ri o’rgatish, asarni bolalar fikriy qobiliyatiga mos tahlil etish va boshqalar- darsning ilmiylik printsipini tashkil etadi.Ilmiylikni sistemaliliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o’quv elementlari hamda keyingi darslarning ham o’zaro mantiqiy bog’lanishisistemalilikning asosini tashkil etadi. Kuylash va tinglash uchun asarlarni bolalar bilim, malakalari aytim mashqlari darajasida xos tanlash va ularni soddadan- murakkabga, ma’lumdan-noma’lumga qarab o’zlashtirishni ta’minlash- sistemalilik demakdir.Darsning har bir elementi, kelgusi mashg’ulotning mantiqiy davomi bo’lib, pedagogik maqsadlarni amalga oshirilishi esa davomiylik demakdir. Darsdagi predmetlar aro aloqa (adabiyot, tasviriy san’at, tarix) mazkur printsiplar asosida darsning unumli, samarali o’tishini ta’minlaydi.Sistemalilik va davomiylik printsiplari, ilmiylik va bilimlarning bolalar uchun tushunarli bo’lishi printsiplari o’zaro uzviy bog’langan. Sistemalilik va davomiylik printsipiga qat’iy amal qilish natijasidagina o’quvchilar musiqa fanidan bilimlarga ega bo’lishlari mumkin. Demak, ilmiylik sistemalilik va davomiylik musiqa ta’limining mazmunini belgilovchi hujjatlarda ham o’qituvchi faoliyatida ham o’z ifodasini topadi. Bu printsipni amalda tadbiq etish ta’lim mazmunini takomillashtiradi, o’quvchilarning musiqiy o’quv faoliyatini aktivlashtiradi. Darsda o’quvchilarning onglilik va aktivligi: Onglilik ta’lim jarayonida o’quvchilarning faollik ko’rsatishi bilan bog’liq, chunki ta’lim jarayonida o’quvchilarni musiqiy bilish faoliyatini aktivlashtirmasdan turib, o’quv materialining ongli o’zlashtirilishiga erishib bo’lmaydi. O’quvchi dars jarayonida ongli -emotsional o’zlashtirgan bilimlardangina amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. Ta’limda onglilik va aktivlik o’zaro uzviy bog’langan didaktik kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik deganda biz o’quvchining ham o’qish, ham musiqiy faoliyatlarini nazarda tutamiz. O’quv faolligi umumiy faollikning ajralmas qismi bo’lib, u musiqiy bilimlarni egallash, bilishga, anglashga qaratilgan faoliyatdir. Demak, bilish faolligi bola faoliyatining mahsuli bo’lib, bilimlarni egallashda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan faoliyat ko’rsatish demakdir.Onglilik va aktivlik-didaktikaning yetakchi printsiplaridan, chunki bilimni o’zlashtirish- o’quvchi amaliy faoliyatining asosiy sifati bo’lgan- bilish jarayoniga bog’liqdir. Musiqa idroki kishi hayoti tajribasini boyitadi, voqelikni badiiy his etib, bilish qobiliyatini o’stiradi, fikrlash xususiyatini rivojlantiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, musiqa san’atlar ichida o’ziga xos xususiyat va imkoniyatlarga ega. Musiqa tinglovchisi ham kuylovchisi, ijrochisi ham bastakor belgilagan sur’at (temp)ga sozlanishi, shu maromda kuylashi shart. Aks holda jaranglayotgan musiqa va uning tinglovchisi orasida uzilish hosil bo’lib, idrok buziladi. Ana shuning o’zi ham musiqa mashg’ulotlarida, ayniqsa onglilik va aktivlik nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Binobarin, o’quv materialini osondan-murakkabga va ma’lumdannoma’lumga o’tish printsipi asosida bolalarning ongli musiqa idrokini, aktivligini rivojlantirish yo’li bilangina ularning musiqa madaniyatini shakllantirish mumkin. Zero, mashhur pedagog-olimlarning «Bolalarni musiqaga qanday qiziqtirmoq kerak?» degan muammoni o’rtaga tashlashi bejiz emas. Darsda musiqa materialini ongli ravishda o’zlashtirishda ilmiylik muhim rol o’ynaydi, chunki u musiqa asarlarining nazariy asoslarini, ifoda vositalarini bilib olishga asosiy mezon hisoblanadi. O’quvchilarning darsda onglilik va aktivligi ayniqsa, aytim malakalarini shakllantirish uchun zarur. Bunda o’qituvchining tushuntirish vositalari maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalar nutq boyligiga mosligi, qo’shiqlar esa ular ovoziga mos tushishi shart. Notalarni o’rganishda esa onglilik va aktivlik musiqaning nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri o’rganish va o’zlashtirishni osonlashtiradi. Bilimlarni qabul qilish va o’zlashtirishda barcha sezgi a’zolarining foaliyatini to’g’ri uyushtirish katta ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko’p ishtirok etsa, bilish shunchalik osonlashadi. Bu qonuniyat ancha ilgari Ya.A.Komeskiy, G.Pestolotsi, K.D.Ushinskiy kabi buyuk pedagoglar tomonidan asoslanib berilgan edi. Ko’rsatmalilik musiqani o’qitishning ham muhim qonuniyati hisoblanadi, chunki bu fanning tabiati ko’rsatmalilikni ko’proq talab etadi. Musiqa pedagogikasi fani namoyandalaridan biri N.L.Grodzenskayaning ta’kidlashicha: «Musiqa tarbiyasida musiqaning o’zi o’ziga ko’rgazmali vositadir. Chunki u ko’z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Masalan, o’qituvchi mashq yoki qo’shiq ohangini chalib, kuylab ko’rsatganda ohang va so’z asosan quloq bilan «ko’rib» qabul etiladi. Musiqa tinglaganda ham asar tahlilida ham ohang ko’rgazma sifatida chalib «ko’rsatiladi». O’qituvchining chalishdagi qo’l harakatlari, dirijerligi, yuz ifodasi, doskaga ilingan qo’shiq plakati, mashq yozuvi ham ko’rgazmali vositadir, ammo u musiqa sadosi ko’rgazmaliliga yordamchi, ikkinchi darajali vositadir. Buni shu bilan isbotlash mumkinki, musiqani ko’zi ojiz kishi idrok etadi; ammo u tasviriy san’atni idrok etolmaydi, tabiat go’zalligini ko’rolmaydi, ularni musiqa tasvirida tasavvur qilishi mumkin. Ammo boshlang’ich sinflarda asar syujetiga xos kartinalar asar badiiy mazmunini konkret tasavvur etib idrok etilishiga yordam beradi. Ayniqsa, doskaga ohangning grafik chiziqlar bilan ifodalanishi, klaviatura orqali musiqa tovushlarini chalib ko’rsatish dastlabki idrok malakalarini shakllanishiga muhim rol o’ynaydi. O’rta sinflarda esa ko’rgazmalilik nota yozuvlari orqali konkret va obsolyut sistemaga o’tadi. Musiqa materialining bolalar bilimi va malakalariga mosligi printsipi: Mazkur printsip asosan dasturdan o’quv materiallarini va bu materiallar asosida dars mazmuni tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobga olinishi shart. Har bir sinf o’quvchilarining bilim va malakasini hisobga olib, darsning yillik taqvimiy rejasini tuzish uchun musiqa darslarining o’quv dasturida o’qituvchi uchun asarlarni tanlash imkoniyati beriladi. Mazkur xususiyat bilan ham musiqa darsi boshqa fan darslaridan farq qiladi. Bunda qo’shiq kuylash, tinglash uchun asarlar, vokal-aytim mashqlari, musiqa savodi materiallari, asarlar tahlili uchun atamalar va bastakorlar ijodiga xos ma’lumot hamda dalillar hayotiy misollar bilan bolalarning bilim, malakalariga mos holda tanlanadi hamda dars rejalari tuziladi. Agar boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini mutaxassis o’qituvchi olib bormagan bo’lsa, tabiiyki dastur o’zlashtirilishi ko’pincha bir tomonlama- u ham bo’lsa, asosan qo’shiq o’rganish bilan kifoyalangandir. Demak, bolalarning bilim darajasi va musiqa malakalari orqada qolgan, shuning natijasida ular 5-sinf o’quv materiallarini o’zlashtirishga qiynaladilar. Bunday holda o’qituvchi boshlang’ich sinf o’quv materiallarining eng asosiy va zaruriy qismlarini o’quv yilining birinchi yarmida «tezlashtirib o’qitish metodlari» bilan o’tib olib, so’ng 5-sinf materiallarini o’tishga boshlaydi. Umuman olganda mazkur didaktik printsip barcha sinflarda darsga tayyorgarlik ko’rish jarayoni va uni sinfda amalga oshirish vaqtida qo’llanilib boriladi. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi printsipi: Mazkur printsipni amalga oshirishning eng asosiy sharti yuqorida bayon etilgan to’rtta printsipga jiddiy amal qilishdan iboratdir. Bilim va malakalarning chuqurligi, mustahkamligi va turg’unligiga erishish uchun ularning hayotiyligini ta’min etish lozim, ya’ni mazkur asar va uning ijro uslubi madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil etish lozim.Ikkinchidan, asarlar tanlashda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: Darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalar majmui uchun musiqa darsi amaliyotidagi takrorlanish va qaytarish xususiyati (qo’shiqni jumlalarga bo’lib qaytarib-qaytarib o’rganish, keyingi darslarda kuylash, musiqa asarlarini qayta tinglash) muhim rol o’ynaydi. Shu bois musiqa darslarida o’quvchilar tomonidan daftar tutishga ham unchalik hojat yo’q, chunki barcha bilimlar asosan dars jarayonida olinadi. Kuylash va tinglash malakalari esa amaliy faoliyat jarayonida shakllanadi. Darsda olingan har bir yangi bilim elementi dars faoliyatida kuylanib o’zlashtiriladi va u keyingi dasrlarda keng qo’llanib doimiy bilim-ko’nikmaga aylanadi. Bu xususiyati bilan ham musiqa darsi boshqa fanlardan farq qiladi.Ta’lim printsiplari o’zaro bog’langan, bir-birini to’ldiradigan didaktik kategoriyalardir. Respublika umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiya Kontseptsiyasi musiqa ta’limi mazmunini yanada takomillashtirish, uni hozirgi davr talablari asosida qayta isloh etish, musiqa ta’lim-tarbiyaning milliy asoslari bilan boyitish, o’quv dastur amallari va darsliklarida ortiqcha, ikkinchi darajali narsalarni chiqarib tashlash, musiqiy o’quv materialining bolalar uchun tushunarli bo’lishini ta’minlash kabi muhim tadbir-yo’nalishlar alohida qayd etib o’tiladi. Shu bois, o’qituvchi umumdidaktik printsiplar bilan bir qatorda musiqa ta’limining o’ziga xos printsiplarini ham yaxshi bilishi va ta’lim jarayonida unga qat’iy amal qilishi lozim.Biz yuqorida maktabda musiqa ta’limining umumdidaktik hamda o’ziga xos printsiplari bilan tanishib, ularning ta’riflari haqida muayyan tushunchalarga ega bo’ldik. Ta’lim printsiplari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, bir-birini to’ldiradigan yahlit bir pedagogik hamda metodik talab bo’lib, ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarni puxta musiqiy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, musiqiy-ijodiy qobiliyatlari, imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi Shu bilan birgalikda «musiqa madaniyati» predmeti o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq metodikasining o’ziga xos printsiplarini ham ilgari suradi. Bular- emotsionallik va onglilikning birligi printsipi, badiiy va texnik birlik printsipi, lad, ritmik hissiyot va shaklni his etish birligi printsiplari. Bu printsiplar o’quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, musiqaga qiziqish, did tarbiyasi va nihoyat musiqa madaniyatini rivojlantirishga yo’naltiriladi. Emotsionallik va onglilikning birligi printsipining muhimligi- musiqa san’atining o’ziga xos xususiyati, uni idrokining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Musiqiy idrokning rivojlanishi ongli emotsional taassurotlarni talab etadi. Musiqa asarlarini ta’sirini anglash, uning mazmunini ochishga yordam beradi.Badiiyligi va texnik birligi printsip- asarning badiiy, ifodali ijrosi muayyan malaka hamda ko’nikmalarni talab etadi. Masalan, qo’shiq o’rgatish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga vokal-xor malakalarini shakllantiradi, kuyni ijro etish uchun bolalar musiqa cholg’u asboblarida ritmik jo’r bo’lish uchun o’quvchilar bu cholg’ularda chalishning oddiy usullarini egallagan bo’lishlari kerak. Download 137.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling