Shavkat Mirziyoyev


Download 0.68 Mb.
bet1/35
Sana08.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#253842
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
TAYYOR



KIRISH.

“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”

Shavkat Mirziyoyev.

Mustaqillik yillarida yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy - huquqiy mexanizmi yaratildi.

Ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashda pedagog tarbiyachilarning kasbiy mahorati muhim o’rin tutadi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantali marosimdagi ma’ruzasida pedagoglarning saviyasini oshirish, ta’lim-tarbiya tizimini kompleks rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

Bugungi kunda yoshlar juda ilg’or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos va yuqori saviyada tashkil etish uchun o’qituvchi muntazam ravishda har bir mashg’ulotga alohida tayyorgarlik ko’rishi zarur. Shu nuqtai nazardan, xalq ta’limi tizimiga yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, o’quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini izchil oshirib borish maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, egallangan nazariy bilimlarning amaliy yo’nalishilarini ko’paytirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligiga mas’ul bo’lgan oily ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kimyo ta’limi sohasini o’qitish jarayonida kerakli kimyoviy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishi ta’minlanadi. O’rganilayotgan tayyor bilimlar tizimining shakllanishi bir qator avlodlar ijodiy zakovati tufayli yuzaga chiqishi fan va texnikaning bundan keyingi rivojlanishi, tabiat bilan inson o’rtasidagi muloqatning bundan keyingi darajasi jamiyatda sodir bo’lib turgan sotsianal hodisalarini to’g’ri tahlil qilish, yosh avlodning zakovat darajasiga bevosita bog’liq ekanligini anglab yetsinlar. Bunday xislatlarni o’quvchilar tinmay o’qish, bilimlarni mustaqil egallash, egallangan bilimlardan amalda foydalana bilishlarigina o’zlarida tarbiyalash mumkin. O’quvchilarga dasturda ko’zda tutilgan amaliy ko’nikmalarni singdirish, kimyo fanining o’qitishning moddiy ta’minotini yaxshilash, ko’rsatilgan tajribalar, laboratoriya va amaliy ishlarni didaktik maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, nazariy bilimlarni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar qanday qondirilayotgani qanchalik izchillik bilan nazorat qilinsa va baholansa, amaliy ko’nikmalarni egallashga bo’lgan talablarning ajralishini shunday nazorat qilinishi va baholanishi lozim.

Mavzuni o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarga shu mavzuni sir-asrorlaridan chuqur va sistemali bilim berishda innovatsion texnologiyaning metodlari orqali o’quvchilarga bilim, ta’lim-tarbiya berishdir. Olgan bilimlarini o’z hayot faoliyatlarida qo’llash natijasida shakllanayotgan inson mehnatga va hayotga tayyorlana boradi. Bu xil muammoni yechishda nimani o’qitish bilan birga, qanday o’qitish masalasi ham katta ahimiyatga ega. Har qanday fanni o’qitish shu fanning mazmunidan kelib chiqadi, demak fanni o’qitish metodlarini shu fanning ichki imkoniyatlari belgilaydi. Shuningdek o’qitish metodlarini bilish, metodlari va qonuniyatlari haqidagi ta’limot, yani fanning metodologiyasini ham belgilab beradi. Metodologiya yordamida fanga yangiliklar yaratiladi va bilimning keng imkoniyatlari ochiladi. Bizga ma’lumki, ilmiy bilishning to’g’ri metodologik yo’li, har bir fanning tarixini chuqurroq, kengroq, batafsiroq o’rganishdan iborat.

Ta’lim jarayonida ham ko’rgazmalilik qancha samarali qo’llansa o’quvchining tasavvuri aniq namoyon bo’lib, narsa va hodisalar mohiyatini, ular oralig’idagi bog’lanishlarni yaxshi o’zlashtirib, chuqur bilimga ega bo’lib boradi.Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o’zining milliy davlatini kurashga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo’lda odamlarni birlashtirsh va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg’otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzimga o’tishda o’ziga qo’shimcha kuch – quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo’lgan milliy tayanch va suyanch deb biladi.

Shu o’rinda savol tug’iladi. Pedagogik texnologiya atamasining moxiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, “techne” - maxorat, san’at, “logos” tushuncha o’rganish demakdir. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didaktik olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.

Pedagogik texnologiya - ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. G.K.Selevkoning «Zamonaviy ta’lim texnologiyalar»i o’quv qo’llanmasida ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar jamlangan bo’lib, ularning ilmiy-nazariy, metodologik asoslari, tasnifi va amaliyotda qo’llash mexanizmi yoritilgan.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling