Kurs ishining maqsadi: Maktab dasturiga muvofiq Mikroelementlar va ularning tirik organizmdagi ahamiyati mavzusini o’qitish bo’yicha metodik ishlanmalar bilan tanishib chiqish.
Ishni bajarishda oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:
1. Innovatsion texnologilarni o’rganish.
2. Mikroelementlarning organizmdagi biologik ahamiyatini bilish.
Ishning ilmiy yangiligi: Yangi axborot tеxnologiyalaridan foydalangan holda maktabda kimyo fanidan Mikroelementlar mavzusini o’qitishning tavsiya qilish.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Oliy o’quv yurtlari kimyo texnologiyasi yo’nalishi talabalari uchun ko’proq ma’lumot berish imkoniyatini beradi.Bu esa o’quvchilarda mavzuga oid ximiyaviy jarayonlarni tarixini o’rganish orqali ko’proq eslab qolishga, kimyo fanidan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga yordam bеradi, o’qituvchida vaqtni va mablag’ni tеjagan holda, mavzuga oid ma’lumotlarni ko’proq berish imkoniyatini beradi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 38 sahifadan iborat bo’lib unda mundarija, 2 ta bob, dars ishlanma 1 ta, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar taqriz va kurs ishi bayonomasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |