Shavkat Mirziyoyev
KIMYO O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILARNI BILIM VA KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Download 0.68 Mb.
|
TAYYOR
2.5. KIMYO O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILARNI BILIM VA KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.
Rivojlantiruvchi ta`limni vazifasi dastlab o`quvchilarda mustaqil bilim egallash ko`nikmalarini shakllantirish, ularda mehnat qilish uchun o`quv malakalarini shakllantirish lozim. Darsda qo`llanilayotgan moddalar, turli xil jihozlar bilan ishlash ko`nikmasini shakllantirish, ular bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilsin. Bo`layotgan kimyoviy hodisalarni kuzata bilish, uning mohiyatini aniqlash, tahlil qilish, taqqoslash, o`z mulohazalarini ayta bilish, darslik, qo`llanmalar ommabop adabiyotlardan foydalanish. Ta`lim jarayonida o`quvchilar yangi bilim o`quv malakalar egallaydilar. Bu juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda o`quvchi bilimlar mohiyatini birinchi marta eshitadi. Bu holda hali bilimlar endi shakllana boshlaydi. Bilimlar mustahkam bo`lmagan sayoz dastlabki o`zlashtirishdir. Biz buni ta`lim jarayonining dastlabki didaktik vazifasi deb bilamiz. Olingan zahira bilimlarni faoliyatga, amaliyotga tadbiq etish orqali ular rivojlanadi, bu esa ta`lim jarayonining uchinchi didaktik vazifasidir. Aynan shu jarayonda bilim, ko`nikma malakalar yoki tayanch bilimlar sayqal topib o`quvchining o`z mulkiga aylanadi. Sayqallanib, shaxsiy mulkka aylangan bilim o`quvchining mustaqil hayot faoliyati davrida – inson uchun yo`lchi yulduzga aylanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning asosiy pedagogik qoidalari: 1) Ta`limni yuqori darajada o`rtacha og`irlikda tashkil etish; 2) O`quv materialini tez va o`quvchiga tushinarli holda o`rgatish; 3) Nazariy bilimlar salmog`ini tezda oshirish; 4) Bilimlarni ongli o`zlashtirish bilan ongli holda faoliyatda qo`llash; O`quvchi olgan bilimlarni faoliyatda ongli holda qo`llasagina undagi bilimlar rivojlanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning psixologik holatlari;
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling