Shavkat Mirziyoyev


RIVOJLANTIRUVCHI O’QITISH TIZIMIDA UMUMLASHTIRISHNING AHAMIYATI


Download 0.68 Mb.
bet8/35
Sana08.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#253842
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
TAYYOR


2.3. RIVOJLANTIRUVCHI O’QITISH TIZIMIDA UMUMLASHTIRISHNING AHAMIYATI.


Kimyoviy tushunchalar nazariy tafakkur asosida shakllanadi.O’quvchilarni ishlashlari bunda muhim hisoblanadi.Umumlashtirish – bu fikrlash faoliyatining yuqori bosqichi hisoblanadi.Umumlashtirishlar har xil mavzular materiallariga oid kimyoviy masalalar, o’qitishning turli metodlari bo’lishi mumkin, lekin, ular orasida eng muhim umumlashtirish - o’quvchilarning mustaqil ishlashlarida amalga oshiriladigan umumlashtirish hisoblanadi.

Maktab kimyo kursida maxsus umumlashtiruvchi mavzular mavjud.Masalan, 7 - sinfda anorganik moddalarning sinflari orasidagi bog’lanishlarni umumlashtirish, 9 – sinfda anorganik kimyo 10 – sinfda organik kimyo sinflari orasidagi bog’lanishlar umumlashtiriladi.

Kimyo o’qituvchisi o’quvchilarni umumlashtirish ko’nikmasini shakllantirishi zarurdir. Misollar keltiramiz, kimyoviy reaktsiyalarning sinflari, sinflarga ajratishning asosiy belgilari, anorganik moddalar sinflari orasidagi genetik bog’lanishlar, organik moddalar orasidagi genetik bog’lanishlar va har bir mavzuni bilimlarini umumlashtirishlar.

Bulardan tashqari rivojlantiruvchi o’qitishga sharoit yaratuvchi vositalarga o’quv jarayonini faol olib borish, muommoli o’qitish, ko’rgazmalilik asosida dars o’tish, o’quvchilarga differentsial yondashish va boshqalar kiradi. Differentsial yondashish shundan iboratki, har bir o’quvchining o’ziga xos xarakteri, bilim darajasiga qarab turli topshiriqlar, beriladi. Ma’lum mavzu bo’yicha beriladigan savollarning qiyinchilik darajasi ortirib boriladi. O’quvchilar birinchi navbatda qiyinroq savollarga javob berishga harakat qiladi.Javob topish uchun adabiyotlardan foydalanadi. Dars jarayonida o’quvchilarning rivojlantirishning eng muhim zamonaviy vositalari va metodlariga muommali o’qitish, axborot va innovatsion texnologiyalar kiradi. Bular bilan «Kimyo o’qitish metodlari» bo’limida tanishib chiqamiz.




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling