O’qitish prinsiplari va metodlari.
Fikrlash protsessi xilma - xil nerv bog'lanishlarining hosil bo'lishiga asoslanadi;
|
o'quvchilarning bilish qobiliyati o'ziga xos bir qancha xususiyatlarga
ega;
O'qitishning birinchi bosqichida o'qituvchining vazifasi o'quvchilarda muayyan qo'zg'atuvchilar (moddalarning o'zi va hodisalar yoki ular to'g'risida
og'zaki aytilgan axborotlar) tomonidan vujudga keltirilgan tuyg'ularni idrok
darajasiga ko'tarishdek o'quvchilar miyasida ularni boshqa, ilgari hosil qilingan
tuyg'u va idroklar bilan bog'lab, umumiy tafakkur protsessiga qo'shib yoborishdan
iboratdir; o'qituvchining o'qitish protsessining ikkinchi bosqichidagi vazifasi,
asosan, o'quvchilarda hosil bo'lgan tasavvur va tushunchalarni anglatishdan,
o'quv materialining yozaki o'zlashtirishining oldini olishdan iboratdir; bilimlarni yaxshi tushuntirish va chuqurlashtirish; o'quvchilarning bilimlaridagi formalizm degan iborani bilimlarning ifodasini ularning mazmunidan ajralib qolishi deb, o'quv materialini aniq tushunmay, mexanik suratda esda qoldirish deb tushunmoq kerak; o'quvchilar bilimining formal bo'lishi maktabda ta'lim-tarbiya
protsessining noto'g'ri qo'yilganligi oqibatidir; tushunchalar hosil qilish protsessida eng asosiy momentlar-idrok etish, tushunib olish, puxtalash va tadbiq etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |