Shavkat Rahmon ijodida ko’chimlar Annotatsiya
Download 16.07 Kb.
|
Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar: she’r, ko’chim, metafora, metonimiya, sinekdoxa, simvol, allegoriya.
Shavkat Rahmon ijodida ko’chimlar Annotatsiya Mazkur maqolada XX asr o’zbek she’riyatida munosib mavqega ega millatparvar shoir Shavkat Rahmon ijodi haqida soʻz boradi. Shoir ijodida qoʻllangan badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkor sheʼrlaridan olingan misollar orqali izohlangan. Shoir sheʼrlarini tahlilga tortish orqali sheʼrning badiiy qimmati ochib berishga harakat qilingan. Kalit so’zlar: she’r, ko’chim, metafora, metonimiya, sinekdoxa, simvol, allegoriya. Ijod maydonida qancha ko’p yozuvchi, shoirlar bor, lekin Shavkat Rahmon ular orasida o’zining uslubi, she’rlaridagi poetik obrazlar va badiiy ifoda va tasvir vositalari bilan alohida e’tirifga loyiq. Ularning ba’zilari bilan tanishtirib o’tamiz. Shoirning she’rlaridagi ko’chim (trop) turlari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, allegoriya va simvol kabilarni ko’zdan kechiramiz. ,,Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko’rinmagan, biroq san’atkorona o’tkir nigoh bilan ilg’angan o’xshashlik, aloqadorlik asosidagi ko’chimlar o’quvchini hayratga solidi, unga zavq bag’ishlaydi’’.[1.136]. Har kim asar yaratishi mumkin, har kim o’zini ijodkor sanashi mumkin, biroq barcha asarlar ham san’at asarlari darajasida bo’lavermaydi. Ko’chimlar ham asarning san’at asari sifatida ko’taruvchi vositalaridan sanaladi, desak, adashmaymiz. ,, Badiiy asarda eng ko’p qo’llanuvchi ko’chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko’chishida narsa –hodisalar orasidagi o’xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin o’xshatish deb atash mumkin’’.[1.136] Shavkat Rahmon ko’p she’rlarida metafora ma’no ko’chishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Uning ,,G’amgin she’r’’ she’ridagi parchaga nazar olaylik, Umr ham o’tganday… oftob so’lganday… qayg’uli xarsanglar xayolni ezar, jannatni sog’inib yotgan cho’llarda qashqirlar galasi qonsirab kezar. Bizga satrlardagi ,,qayg’uli xarsang’’ iborasini ajratib olishimiz kerak bo’ladi. O’quvchi dastlab, o’yga tolishi ham mumkin. ,,Axir xarsangning ham qayg’ulisi bo’ladimi?’’-deya. Ne iloj, bu axir shoirimizning tasavvuriy olamiga bog’liq. Katta-katta xarsang toshlar doimo bir joyda turadi, albatta, bu dunyoning qaysidir qonuniga kiradi, biroq shoir bizning xarsangga qarab turib, oddiygina tosh deb emas, balki uning xayolini ezgani uchun, uning g’amgin holatiga sababchi bo’lgani uchun ham ,,qayg’uli xarsang’’ deya atagan bo’lsa ajab emas. Biz esa buni hech ikkilanmay metaforik ma’no ko’chishiga olamiz. O’rmonlar jim, yig’lamas shamol
Ushbu satrlar ,, Tungi manzara’’ she’ridan olingan bo’lib, metaforadagi bir emas ikki holatni ko’rishimiz mumkin. Birinchidan, ,,yig’lamas shamol’’ va ikkinchidan, ,,soy sayramas’’ birikmalari orqali . Qadimdan lirik turning an’anaviy obrazlaridan bo’lgan shamolga Shavkat Rahmondan oldin hech bir ijodkor yig’lamas shamol degan birikmani ishmatmagan bo’lsa kerak. Vaholanki, ikkinchi birikmaga o’tsak, soy hech qachon sayramaydi , balki soy toshdan toshga urilib sharqirab oqadi. Sayrash esa faqat qushlarga xos. Shoir balki bilib, balki bilmay bu jimlik holatida soyning sharqirab oqishini eshitmayapti, ushbu soy umuman, oqmayotgan bo’lishi ham mumkindir, lekin u ,,soy sayramas’’ deya metaforani hosil qilmoqda. ,,Mano ko’chishining keng tarqalgan turlaridan yana biri metanimiyadir. Metonimiya (gr.-o’zgacha nomlash’’, ,, boshqa narsa orqali atash’’) usulida ma’no ko’chganida narsa-hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik asos qilib olinadi. Bu aloqadorlik turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’lib, bunda narsa-hodisa, holat yoki harakat bilan ular egallagan joy, vaqt; harakat bilan u amalga oshiriladigan vosita, narsa va uning egasi, yaratuvchisi; narsa va u yasalgan modda, xomashyo; ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi kabi aloqalarga asoslanadi’’ [1.138]. Metanimiya deyilganda, shoirning birgina ,,Qasam’’ she’riga yuzlanib ko’raylik, Har bir so’z yuz so’zning o’rnini bosar- Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik Har bir so’z yetajak yuzta umrimga, har biri baxy etar ruhimga shodlik. Darhaqiqat, har qanday insonga u yaratgan yoki hayotining bir qismiga aylanib qolgan narsalar qadrlidir. Hattoki, bir san’atkorning: ,,Qo’shiqlarimni xuddi farzadlarimday deb bilaman va ularni yaxshi ko’raman’’-degan so’zlarini eshitganman. Shavkat Rahmon va shu kabi shoir va yozuvchilar ham o’zi yozgan asarlarni hayotining bir bo’lagi, butun umrining mazmuni deya bilishadi. Bundan oydinlashadiki, shoir ,,har bir so’z yetajak yuzta umrimga’’ deb umrini emas, shu umriga aloqador bo’lgan va yuz so’zning o’rnini bosadigan so’zlar ( Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik) ishtirokidagi she’rlarini nazarda tutmoqda deyish mumkin. Hozirlik ko’rarkan buyuk buyuk safarga,
,,Qasam’’ she’ridan olingan yana bir satrlarga nazar solsak, bu she’r o’qilishidanoq shoir umrining oxirgi pallalarida yozilgani bilinadi. Inson uchun o’z umrini samarali o’tkazish , yaxshi amallar qilish va Alloh vasliga erishish kabi buyuk istaklar doimo mahv etib turadi. She’rdagi ,,hozirlik ko’rarkan buyuk safarga’’ degan qatoridan bilamizki, ,,buyuk’’ so’zi bejizga qo’llanilmagan. Safar va Alloh huzuriga hozirlik ko’rishday safar o’rtasida ruhiy holar bilan bog’liq aloqadorlik mavjud. ,,Tropning yana bir turi sinekdoxa bo’lib, u mohiyat e’tibori bilan metonimiyaning bir ko’rinishidir. Sinekdoxaning metonimiya asosida – butun va qism, yakka va umum aloqasi asosida ma’no ko’chishi yuz beradi.’’ [1.140].ko’chimning sinekdoxa turiga shoirning ,,Turkiylar’’ she’ridan misolni ko’rib chiqaylik, Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib, ,,Bizga tik qarama’’-buyurdi yovlar, yovlarga ters qarab yashadi bari. Bu misralarda qism orqali butun aloqasi ifodaalrgan deyish mumkin. Biroq yovlar turklarning boshini kesgan-ku deyish mumkin, biroq yurtda bosh emas, inson qolmasligini inobatga olgan holda, sinekdoxa ma’no ko’chishiga oldik. Ma’no ko’chishining allegoriya nomli ko’rinishi bor. ,, Badiiy adabiyotda allegoriyalar an’anaviy tarzda qo’llanilib, ularning aksariyati turgun holatga kelib ulgurgan:,,tulki’’ ayyorlik, ,,bo’ri’’ vaxshiylik, ,,eshak’’ farosatsizlik, , ,,musicha’’ bezorilik kabi ko’chma ma’nolarda qo’llaniladi’’ [1.141] . Shunga binoan ,,Turkiylar’’ she’rining davomida keladigan satrlarimizdagi ,,eshak’’ ni farosatsiz va ,,to’ng’iz’’ ni esa fahmsiz insonga nisbat orqali allegoriya hosil qilingan deyish mumkin, nazarimizda: Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim: eshshak suvrati bor qay bir qavmda, qay birida to’ngiz kallasin ko’rdim. Simvol(ramz)ni ko’pgina asarlarda ujratamiz , u allegoriyaga yaqin, lekin uni allegoriyadan farqli jihati ham bor. Simvol muayyan kontekst doirasida ham o’z ma’nosida, ham ko’chma ma’noda qollaniladi. ,,Qizil olmaga qasida’’ she’ridagi qizil olmani ham qizil olma sifatida, ham shoirning yori sifatida ham anglash mumkin. Shoir qizil olma dastidan o’ylanib, tunlari uxlolmay qiynalib va shu kabi holatlar tasvir etilgan. Manim, kichik ko’ng’lim,
Eng qizig’i, ,,yor’’ so’zini she’rning eng so’ngida uchratamiz va biz o’ylagan ma’no to’g’ri ekanligiga amin bo’lamiz.Adabiyotimizda qizil olma oila ramzi ekanligi ham bor gap. She’rning oxirgi jumlasini e’tiboringizga havola qilsak: Olmani olmaga otaman to’lib,
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Adabiyotshunoslikka kirish. D.Quronov .Yangi tahrir 2.Shavkat Rahmon she’rlari. Xurshid Davron kutubxonasi. Qo’qon davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi Raximova Mahliyoxon Rasuljon qizi. Download 16.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling