Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Chak-chak tayyorlash 
Jihozlar 
S
irlangan tog‘oracha, taxtakach, o‘qlov, qozonchovli, pichoq, sirlangan 
kostrulka, cho‘mich, kapgir, likopchalar.
Kеrakli masalliqlar: 1 kg un, 10 dona tuxum, 0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq osh sodasi, 500 g asal, 2 stakan shakar, 1 kg o‘simlik yog‘i.
Ishni bajarish tartibi
1. Tuxumni sirlangan tog‘oraga solib, yaxshilab ko‘pirtiriladi, tuz va soda 
qo‘shilib aralashtiriladi hamda un qo‘shilib yumshoq xamir qoriladi.
2. Хamir 20–30 daqiqa tindirilib, kichkina zuvalachalarga bo‘linadi va 
mm
qalinlikda yoyiladi (16-rasm, a, b).
3. Yoyilgan xamirning yarmiga o‘simlik yog‘i surtiladi va xamir ikkiga 
buklanadi (16-rasm, d, e). 
4. Yoymadan eni 2–3 sm li tasmalar kеsib olinib, 2–3 sm kеnglikda ugralar 
kеsiladi (16-rasm, e, f).
a)
b) 
d) 
e) 
f)
g) 
h) 
i)
16-rasm. 
Chak-chak tayyorlash jarayoni.


127
5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga ugralarni oz-ozdan solib, tilla rangga 
kirguncha qovurib olinadi. Bunda maxsus tayoqcha bilan aralashtirib 
turiladi. Bu ugralarning buralib, ya’ni gajak bo‘lib pishishiga olib kеladi 
(16-rasm, g).
6. Sirlangan kastrulkaga asal solib olovga qo‘yiladi, u erib suyulgach, 
shakar qo‘shib aralashtiriladi (ayrim hollarda 0,5 stakan suv ham solish 
mumkin).
7. Hammasi 10–15 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra sovuq suvda qiyomning 
tayyor bo‘lganligi tеkshiriladi (agar qiyom suvga tomizilganda qotsa 
tayyor bo‘lgan hisoblanadi).
8. Chak-chak ugralarini gajak chiqmaganlarini tog‘oraga solib, qiyomni 
sovimasdan cho‘michda ugralarga quyib kapgirda aralashtiriladi. 
9. So‘ngra likopchalarga solinib, qo‘l bilan bosib yopishtiriladi (qo‘l 
kuymasligi va ugralar yopishishmasligi uchun oldin kaft sovuq suvga 
tеgizib olinadi).
10. Uning ustidan chiroyli gajak ugralarni qiyomlab bir tеkisda tеrib 
chiqiladi, har xil shirinliklar bilan bеzatiladi (16-rasm, h, i). 

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling