© Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva.
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh
tahririyati, 2017.
Sharipov Sh. va boshq.
Texnologiya. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
7-sinfi uchun darslik: / Mualliflar Sh. Sharipov, O. Qo‘y-
sinov, Q. Abdullayeva. – T.: «Sharq», 2017. – 240 b.
ISBN 978-9943-26-616-2
UO‘K 37.035.3(075.3)
KBK 74.263
UO‘K 37.035.3(075.3)
KBK 74.263
Sh – 26
Sh – 26
ISBN 978-9943-26-616-2
Shartli belgilar
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Amaliy mustaqil ishlar
Jihozlar
Ishni bajarish tartibi
Muammoli topshiriq
Kasb-hunar oud ma’lumotlar
3
KIRISH
Yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini
to‘g‘ri tashkil etish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda umumta’lim
maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fani o‘zining muhim o‘rniga
ega. Bugungi kunda Siz yoshlarga kasb tanlashingizda, barkamol shaxs
bo‘lib yetishishingizda, ijodiy qobiliyatlaringiz rivojlanishida ushbu fan
asosiy ko‘makchi va muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologiya
fani mashg‘ulotlarida va kasb-hunar kollejlariga uyushtiriladigan
sayohatlar davomida S
iz duradgorlik, chilangarlik,
tikuvchilik hamda
pazandachilik sohalariga oid ko‘plab kasb-hunarlar bilan tanishasiz.
Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, sohaning
mohir mutaxassisi bo‘lib yetishasiz.
Hurmatli o‘quvchilar, Sizlar 5- va 6-sinflarda dars jarayonida
bo‘yicha metall, yog‘och
bilan ishlash, pazandachilik va tikuvchilikka
oid birmuncha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz. 7-sinfda esa
«Texnologiya va dizayn» va «Servis xizmati» yo‘nalishlarining turli
mavzulari bo‘yicha murakkabroq ishlarni bajarib,
olgan bilimlaringizni
rivojlantirasiz. Bu bilan egallagan bilimingiz orqali sidqidildan va
ijodkorlik bilan ishlashda, ko‘zlagan maqsadga intilishda va yuksak
samaralarga erishishda har qanday qiyinchilikni yenga olasiz.
Ushbu darslikda bajariladigan ishlarning yo‘l-yo‘riqlari berilgan
bo‘lib,
ularni maktabingiz sharoitiga, o‘z sinfingiz imkoniyatiga
moslab amalga oshirishingiz mumkin. Mazkur darslik ko‘zlagan buyuk
maqsadlaringizga erishishingizda yaqin ko‘makchingiz bo‘ladi.