Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-rasm.  Yog‘och g‘arami. 11 2-rasm


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

1-rasm. 
Yog‘och g‘arami.


11
2-rasm.
Taxtalarni taxlash: a – yashiribb – bir-biridan qochirib; 
d – reykalar ustiga.
Yog‘ochlar va ularga ishlov berish, turlarga 
ajratish va xususiyatlarini aniqlash
Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har 
bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan qattiq-yumshoqligi, og‘ir-
yengilligi, zichligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, 
ko‘rinishi, rangi va boshqa belgilari bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan 
daraxtlar ignabargli va yaproqli (bargli) turlarga ajratiladi. Ignabargli 
daraxtlarga qarag‘ay, tilog‘och, archa, kedr kiradi. Bu daraxtlarning 
har biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda 
qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga yaqin, tilog‘ochning 20 
dan ortiq, archaning 45 ga yaqin, kedrning 4 ta, sarvning 20 ga yaqin, 
tisning 10 ga yaqin turi ma’lum.
Qarag‘ay, tilog‘och kabi daraxtlardan asosan turli o‘lchamlardagi 
taxtalar, to‘sinlar, reykalar tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan 
imoratlarning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda boshqa 
turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi.
Ignabargli daraxtlardan yumshoq, yaproqli daraxtlardan qattiq 
va mo‘rt yog‘och olinadi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar 
yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak 
yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bochkalar tayyorlashda foydalaniladi. 
Ignabargli daraxtlardan olingan yog‘ochlar qurilish va duradgorlik 
ishlarida asosiy material hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan 
a)
d)
b)


12
i
borat: ignabargli yog‘ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani 
uchun uzoq vaqt xizmat qiladi, chirimaydi. Ignabargli o‘rmonlar bargli 
o‘rmonlarga qaraganda ko‘p maydonni egallagan. I
gnabargli yog‘ochlar 
bargli yog‘ochlarga qaraganda yengil bo‘lgani uchun bir joydan 
ikkinchi joyga tashish oson. Ignabargli daraxt yog‘ochlari bargli daraxt 
yog‘ochlaridan yumshoq bo‘lgani uchun ularga ishlov berish ham oson 
(3-rasm, a). Ignabargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan 
sifatli xoda tayyorlanadi. Qurilish va duradgorlik ishlarida ignabargli 
daraxt yog‘ochlari bilan bir qatorda bargli daraxt yog‘ochlari ham 
ishlatiladi. Masalan, eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va 
boshqalar. Eman daraxtining zichligi yuqori, puxta va qattiq, chiroyli 
teksturali, nam ta’siriga chidamliligi bilan boshqa yog‘ochlardan ajralib 
turadi (3-rasm, b).
Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik 
xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning 
taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasi da 
doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yog‘och asosiy qurilish materiali 
hisoblanadi. Qurilish inshootlarida yig‘ma temir beton konstruksiyalarning 
ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Shunga 
qaramasdan, selluloza sanoatida ham yog‘och hozirgi vaqtda asosiy 
material hisoblanadi.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling