Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Stol yasashning texnologik xaritasi
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot
Stol yasashning texnologik xaritasi.
t/r Ishning ketma-ketligi Ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma Asbob va moslamalar O‘lchov Ish 1 Kichik ko‘rinishdagi stolni yasash uchun kerak bo‘ladigan xom ashyo materiallari va asbob moslamalar tanlab olinadi. Chizg‘ich, go‘niya Qalam, lobzikarra, parmalash dastgohi, qumqog‘oz, 2 Fanerga shablon asosida stolning oyoq qismi nusxa tushirish qog‘ozi yordamida chizib chiqiladi. Shablon, faner Qalam 3 Tasvirda hosil bo‘lgan chiziqlar asosida faner lobzikarra bilan qirqiladi. Faner Lobzikarra 4 Qirqib olingan bo‘laklar bir- biriga biriktiriladi. Birikmalar orasiga yelim surtiladi. Chizg‘ich, go‘niya PVA yelim 27 5 Stolning tepa qismi chizib olinadi. Sirkul, qalam 6 Chiziq asosida qirqib chiqiladi. Lobzikarra 7 Stolning oyoqlari tepa qismiga o‘rnatilishi uchun oyoqlarning o‘lchami asosida teshikchalar ochib chiqiladi. Chizg‘ich, qalam Lobzikarra 8 Stolning barcha qismlari qumqog‘oz yordamida silliqlanadi. Qumqog‘oz 9 Stolning oyoq va tepa qismlari bir- biriga o‘rnatiladi. Yelim yordamida biriktiriladi. Chizg‘ich PVA yelim 10 Stol bo‘yaladi. Lok Mo‘yqalam 28 Amaliy mashg‘ulot Yog‘ochdan turli xil ko‘rinishdagi uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlash mumkin. Biz o‘tgan darslarimizda kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlaridan stol va stulni yasash texnologiyasini o‘rgandik. Buyumni yasashda ishlatiladigan yog‘och turlarini ham farqlay oldik. Sifatli yog‘ochdan tayyorlanadigan buyum chiroyli va mustahkam bo‘ladi. Ayniqsa, tayyorlanadigan buyum bezak sifatida ishlatilsa, yog‘ochning chiroyi tabiiy guli bilan ko‘zga tashlanib turadi. Yog‘och o‘zining tabiiy ko‘rinishi va rangiga ega. Yog‘ochning tabiiy rangini saqlash maqsadida unga rangli bo‘yoq ishlatilmaydi. Faqat loklash bilan kifoyalanadi. Lok yog‘ochning yaltiroqliligini oshiradi. Uni zararli hasharotlar va namdan saqlaydi. Agar yog‘och quriq va toza joyda saqlansa, uzoq muddat xizmat qiladi. Tadbirkorlik va ishlab chiqarishning turlaridan biri mebelsozlikdir. Bugungi kunda mebel ishlab chiqarish kundan kunga rivojlanib bormoqda. Mebellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir qator korxonalar mavjud. Malakali ustalar tomonidan zamon talabiga mos keladigan mebel mahsulotlari har xil ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Siz, aziz o‘quvchilarga yog‘ochdan turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatishdan maqsad tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yo‘naltirish, ana shu kichik ko‘rinishdagi mebel jihozlarini yasash jarayonida iqtidor va qiziqishlaringizni sinovdan o‘tkazishdir. Mebellar kichik ko‘rinishda yoki katta bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biridan farqlanmaydi. Texnologiya darslarida yasaladigan buyumlarning texnologiyasi zavod va fabrikalarda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning kichik maketi hisoblanadi. Agarda sizlarda ushbu uy-ro‘zog‘or buyumlarini tayyorlashga qiziqish va ishtiyoq bo‘lsa, kelajakda tadbirkor bo‘lishingiz uchun yo‘l ko‘rsatilgan bo‘ladi. Har bir kishi qo‘lidan kelganicha uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘zi mustaqil yasashni xohlaydi. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda kerak bo‘ladigan xomashyo materiallari haqida ham ma’lumotlarga ega. Shunday ekan, qo‘limizdan keladigan yoki yasash imkoni mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘zimiz o‘z qo‘limiz bilan tayyorlasak, yanada qadrliroq bo‘ladi. O‘lcham olish, olingan o‘lcham asosida buyumni rejalash, arralash, kesish, qirqish va boshqa ishlarni bajarishda esa sabr va qunt, e’tibor talab etiladi. Duradgorlik ustaxonasida tayyorlanadigan kichik ko‘rinishdagi stullarni 29 yasash texnologiyasi bilan bizlar tanishmiz. Endi o‘sha texnologiyani ozgina murakkablashtirib, detallar sonini va o‘lchamini to‘g‘ri olsak, buni bajarishimiz ham oson bo‘ladi. Sizlar bilan darsda tayyorlamoqchi bo‘lgan buyumimiz shkaf bo‘lib, uni tayyorlashda ijodiy yondashish, e’tibor, aniqlik, Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling